|
Signallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari, signallarning vaqt va chastota sohalarida ifodalanishi
|
bet | 12/88 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 439,37 Kb. | | #262851 |
Bog'liq Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmuaSignallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari, signallarning vaqt va chastota sohalarida ifodalanishi
Datchik – bu fizik parametrni mutanosib elektr signaliga aylantiruvchi qurilmadir. Datchiklarga misollar: mikrofon, termometr, tezlik o‘lchagich, og‘irlik, bosim o‘lchagichlar. Signallarni qayta ishlashda asosan datchiklardan qabul qilingan kirish signal ma’lumotlari ma’lum bosqichlardan o‘tkaziladi [3, 5].
SRIB tizimining asosiy elementlari (1.1-rasm): D - analog signal sensori;
AF - past chastotali analog filtr; ARO‘ - analog-raqamli o‘zgartirgich;
DSP - signal protsessori (Digital Signal Processing); RAO‘- raqamli-analog o‘zgartirgich;
IQ - ijro qiluvchi qurilma.
1.1-rasm. Raqamli signalni qayta ishlash tizimining tuzilishi
Alohida qurilmalarning vazifalarini ko‘rib chiqamiz [1, 2, 6].
Analog filtr – bu analog signal pulslarini tekislovchi va signalda foydali ma’lumotli chastotalarni ajratuvchi reaktiv elementlardan (L - induktivlik, C-sig‘im, R-rezistor) iborat elektr sxema.
ARO‘, RAO‘ – bu signallarni diskretlash va kvantlash qurilmalari bo‘lib, ular signallarni analogdan raqamliga va aksincha raqamlidan analog ko‘rinishga o‘zgartiruvchidir.
DSP (Digital Signal Processing) – bu raqamli signallarni qayta ishlash algoritmlari asosida raqamli ishlov beruvchi signal protsessori.
Signal xususiyatlari. Signallar bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli yoki uch o‘lchamli bo‘lishi mumkin. Matematik jihatdan bunday signallar mos ravishda bir, ikki va uch o‘zgaruvchili funksiyalar bilan tasvirlanadi.
Tabiatda juda ko‘p signallar davriy bo‘lib, ularning qiymatlari davrga teng oraliqlarda takrorlanadi (1.1-jadval).
Signal energiyasi – bu shovqinli muhitda raqamli signallarning foydali qismlarini ajratib olish uchun muhim xususiyatidir. Signalning foydali komponent qismlari tasodifiy shovqinli qismiga nisbatan ko‘proq energiyaga ega bo‘ladi. Raqamli signal energiyasi berilgan segmentdagi signal qiymatlari kvadratlari yig‘indisi sifatida hosil bo‘ladi (1.1) [7]:
N 1
E X 2 ( t)
k 1
(1.1)
1.1-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Signallarni qayta ishlash qurilmalarining asosiy elementlari va vazifalari, signallarning vaqt va chastota sohalarida ifodalanishi
|