• Arifmetik-mantiqiy qurilmalar.
  • Suruluvchi vergulli ma’lumotlar ustida amallar




    Download 439,37 Kb.
    bet53/88
    Sana12.06.2024
    Hajmi439,37 Kb.
    #262851
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88
    Bog'liq
    Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

    Suruluvchi vergulli ma’lumotlar ustida amallar. SVli protsessorlarda son ma’lumotlarning ikki turi - SVli va QVli turi qo‘llaniladi. QVli ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar ko‘rib chiqamiz. Ko‘paytgichlar QVli ma’lumotlarning natijasi aniq beriladigan ko‘paytirishdan farqli o‘laroq, SVli ma’lumotlarni ko‘paytirish amali natija aniqligining yo‘qotilishiga olib keladi. Buning sababi, ko‘paytirish natijasi taqdim etiladigan “kengaytirilgan so‘z” formatida mantissa uzunligiga (2n-1) bit emas, kamroq bit ajratilgan. Shunga qaramasdan, ta’minlanadigan aniqlik SRIB ning ko‘pchilik algoritmlari realizatsiyasi uchun yetarli. Aks holda ma’lumotni ikkilik aniqlikda ishlash imkoniyati mavjud.
    Arifmetik-mantiqiy qurilmalar. SVli protsessorlarda AMQ arxitekturasi QVli protsessordagilardan ancha murakkab. AMQda SVli ma’lumotlar ustida
    barcha arifmetik amallar bajariladi (ko‘paytirishdan tashqari), SVli shaklda taqdim etilgan ma’lumotlarni QVliga va aksincha o‘zgartirish, shuningdek ayrim maxsus amal (teskari kattalikni baholash, kvadrat o‘zakning o‘rtacha qiymatini baholash, ayirishli qo‘shishlar) lari bajariladi. SVli protsessorlar AMQsi mantiqiy amallar va SVli ma’lumotlar ustida bit-manipulyatsiya amallarining bajarilishini qo‘llamaydi. Ushbu amallar faqat QVli ma’lumotlar bilan bajarilishi mumkin.
    Suruvchilar. SVli protsessorlar arxitekturasida SVli ma’lumotlarga ishlov berish uchun suruvchilar ko‘zda tutilgan. Ular natija mantissasini normallashtirilgan ko‘rinishda taqdim etish uchun o‘ngga/chapga surishni amalga oshiradi. Bunday suruvchilar ishi foydalanuvchidan yashirilgan. So‘zuvchi nuqtalar ma’lumotlarini yaxlitlash. SVli protsessorlarda arifmetik amallar natijalari “kengaytirilgan so‘z” yoki “so‘z” formatida taqdim etish uchun avtomatik ravishda yaxlitlanadi. Standartga binoan yaxlitlashning quyidagi to‘rtta rejimi foydalaniladi:
    • eng yaqin juft songacha;


    • nol yo‘nalish bo‘yicha;


    • “-∞” yo‘nalishi bo‘yicha;


    • “+∞” yo‘nalishi bo‘yicha.





    Download 439,37 Kb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   88




    Download 439,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suruluvchi vergulli ma’lumotlar ustida amallar

    Download 439,37 Kb.