OT modulli arxitekturasi. Tizimni strukturalashtirishning yana bir yondashuvi uni modullarga bo‘lishni o‘z ichiga oladi, ular bir-birining ustiga qatlam asosida yotqiziladi (9.4-rasm).
Har bir modul boshqa modullar tomonidan chaqirilishi mumkin bo‘lgan funksiyalar to‘plamini taqdim etadi. Muayyan qatlamda joylashgan kod faqat pastki qatlamlardan kodni chaqiradi. Ba’zi RV operatsion tizimlarda ko‘p qatlamlari apparat ta’minoti tomonidan buyruqlar beriladi (protsessor rejimlari iyerarxiyasidan foydalanish orqali) [29, 31, 32].
Foydalanuvchi ish tartibi Yadro ish tartibi
9.4-rasm. Operatsion tizimlarning modulli tuzilishi
Qatlamli OTni tashkil qilishning afzalliklaridan biri shundaki, har bir qatlamning kodi faqat asosiy qatlamlarning kerakli interfeyslariga (va ma’lumotlar tuzilmalariga) kirish huquqini oladi; shunday qilib, cheksiz quvvatga ega kod miqdori kamayadi.
Bundan tashqari, ushbu tuzilma OTni xatoliklarni bartaraf qilish paytida eng past qatlamdan boshlashga va butun tizim to‘g‘ri ishlamaguniga qadar birma-bir qatlam qo‘shishga imkon beradi. Qatlamli tuzilish tizimning kengayishini ham osonlashtiradi: qolgan qismlarga ta’sir qilmasdan istalgan darajani to‘liq almashtirish imkoni mavjud.
To‘liq monolitik yechimlardan farqli o‘laroq, bunday arxitekturadagi foydalanuvchi jarayonlari yadrodan ajratilgan va cheklangan tizim so‘rovlari to‘plami orqali uning funksiyalariga kirish huquqiga ega. Shu bilan birga, ko‘plab xizmatlar yadro kontekstida ishlaydi - masalan, protokollarni, fayl tizimlarini, qurilmalar drayverlarini amalga oshirish. Modulli tuzilishga ega operatsion
tizimlarga Linux yadrosi va uning hosilalari (shu jumladan, Android) asosidagi OT, shuningdek Windows, FreeBSD, RTEMS va boshqalarga misol keltirish mumkin.
“Mijoz-server” arxitekturasi (mikroyadro). Operatsion tizimni shakllantirishdagi uchinchi yondashuv - bu “mijoz-server” modeli [31, 35]. Uning g‘oyasi OTni bir nechta jarayonlarga ajratish bo‘lib, ularning har biri bitta xizmat to‘plamini amalga oshiradi: masalan, xotira taqsimoti, jarayon yaratish yoki jarayonni rejalashtirish (9.5-rasm).
Fayllar serveri
Displey serveri
tibi
9.5-rasm. Mikroyadroga asoslangan operatsion tizim tuzilishi
Har bir server foydalanuvchi rejimida ishlaydi, biron bir mijoz unga xizmat ko‘rsatish uchun murojaat qilganligini tekshiradi. Boshqa bir OT komponentasi yoki dastur bo‘lishi mumkin bo‘lgan mijoz serverga xabar yuborish orqali xizmatni bajarilishini so‘raydi. Operatsion tizimning yadrosi (yoki mikroyadro) xabarni serverga yetkazib beradi; u so‘ralgan harakatlarni amalga oshiradi, shundan so‘ng yadro natijalarni mijozga boshqa xabar shaklida qaytaradi.
Mijoz-server yondashuvi kichik, o‘zini o‘zi ta’minlaydigan tarkibiy qismlardan tashkil topgan OTga olib keladi. Barcha serverlar alohida foydalanuvchi rejimi jarayonlari sifatida ishlaganligi sababli, ulardan bittasi ishdan chiqishi (va
ehtimol qayta ishga tushirilishi) OTning qolgan qismini ishdan chiqarmaydi. Bundan tashqari, turli xil serverlar ko‘p protsessorli kompyuterning turli xil protsessorlarida yoki hattoki har xil kompyuterlarda ishlashlari mumkin, bu esa operatsion tizimni taqsimlangan hisoblash muhitlariga moslashtiradi.
OTlar bozorida turli xil mikroyadrolar va mikroyadroli operatsion tizimlar keng tarqalgan (QNX, INTEGRITY RTOS, Genode, L4 yadrosi).
|