• Operatsion tizim Vaqt ish tartibi Ochiqlik darajasi
  • Operatsion tizimni tanlash




    Download 439,37 Kb.
    bet63/88
    Sana12.06.2024
    Hajmi439,37 Kb.
    #262851
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88
    Bog'liq
    Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua

    Operatsion tizimni tanlash

    O‘rnatilgan tizimlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda operatsion tizimni tanlash asosiy rol o‘ynaydi. Tizimning yanada rivojlanishi va umuman loyihaning qiymati unga bog‘liqdir. Tajribali o‘rnatilgan tizimlar ishlab chiqaruvchilari faqat operatsion tizimning narxiga e’tibor bermaydilar; loyihaning qiymati, shuningdek, ishlab chiqish vositalarining narxini, rivojlanish uchun sarflangan vaqtni va tizimni qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Barcha holatlar uchun mukammal yechim yo‘q hisoblanadi. Har bir operatsion tizim o‘ziga


    xos tarzda yaxshidir. Albatta OTni tanlashda barcha afzalliklari va kamchiliklarini aniqlashtirib, aniq bir vaziyat asosida amalga oshirilishi kerak [22].
    9.1-jadvalda eng ko‘p ishlatiladigan operatsion tizimlarning parametrlarini taqqoslash keltirilgan.
    9.1-jadval



    Operatsion tizim


    Vaqt ish
    tartibi


    Ochiqlik
    darajasi


    Quvvatlanadigan
    arxitektura

    VxWorks

    qattiq

    ochiq

    Power, ARM, Mips

    Linux

    yumshoq

    ochiq

    Alpha, ARM, Mips

    Windows CE 6.0


    yumshoq

    yadro kodi ega
    bo‘lishli

    ARM, Mips, x86


    QNX

    qattiq

    yadro kodi ega


    bo‘lishli

    Intel x86


    LunxOS

    qattiq

    ochiq



    x86, PowerPC, ARM


    VxWorks. Tizim ishlab chiquvchilar ishonchliligi va xatolarga bardoshliligiga asosiy e’tiborni qaratdilar, shuning uchun ushbu operatsion tizim Amerika Qo‘shma Shtatlarda kosmik elektronika standartiga aylandi. Wind River - ning VxWorks -lari, shuningdek, Yevropa kosmik stansiyalari sun’iy yo‘ldoshlarida va Xalqaro kosmik stansiyalarida ishlatiladi.
    Tizimning kamchiliklari sifatida uning sekin modernizatsiyasini keltirish mumkin. Asosiy e’tibor eski dasturlar va drayverlarga qaratilgan. Yangi apparatni qo‘llab-quvvatlashda muammolarga duch kelinmoqda.
    Bu juda qimmat operatsion tizim hisoblaniladi. Uning tanlovi katta hajmdagi mahsulotlar uchun yoki juda yuqori ishonchliligini talab qiladigan tizimlarda o‘zini oqlay oladi.
    Linux. Ushbu tizimning asosiy ajralib turadigan xususiyati - bu tizimning yadrosi va ko‘pgina amaliy dasturlarning ochiq kodli ekanligidalir. Ushbu operatsion tizim mutlaqo bepul. Rivojlanish ham individual ishlab chiquvchilar
    tomonidan, ham manfaatdor firmalar tomonidan amalga oshiriladi.
    Tizimning afzalliklariga yana ko‘plab kutubxonalar va ochiq kodli dasturlar mavjudli hisoblanadi. Tayyor modullardan foydalanish dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishni sezilarli darajada soddalashtirish va tezlashtirishga imkonini beradi. Tizimning yana bir afzalligi - bu ishlab chiquvchilarning rivojlangan jamoasi.
    Bunda standart yadro konfiguratsiyasida real vaqt tizimi ta’minlanmagan. Tizim faqat foydalanuvchi dasturlarini to‘xtatishi mumkin. Biroq, yadroni sozlashda tizim funksiyalarining bajarilishini to‘xtatishga imkon beradigan parametrni yoqish mumkin. Shuning asosida "yumshoq real vaqt" tizimlari shakllangan. Tez javob berish vaqtini talab qiladigan tizimlar uchun ushbu operatsion tizim mos kelmaydi. Tizimning kamchiliklariga qo‘llab-quvvatlash xizmatining yetishmasligi kiradi. Barcha paydo bo‘lgan muammolar va savollar o‘z-o‘zidan hal qilinishi kerak.

    Download 439,37 Kb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   88




    Download 439,37 Kb.