|
Videoishlov berish tizimlari
|
bet | 83/88 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 439,37 Kb. | | #262851 |
Bog'liq Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmuaVideoishlov berish tizimlari. Bugungi kunda videodan foydalanish keng tarqaldi, shuning uchun iste’molchilar tasvirning turli sifatlarini ta’minlovchi
qurilmalarning barcha turlari video bilan ta’minlanishini istaydilar. Texnikaning mobil telefonlar, portativ musiqali pleyerlar yoki videopleyerlar kabi turlarida bitta signal protsessor videoma’lumotlarga ishlov berishning barcha vazifalarini bajara oladi va qat’iy narx doirasiga kiritiladi. Lekin agar gap yuqori sifatli video ilovalar, masalan yuqori aniqlikdagi televileniye yoki videokonferensiyalarni amalga oshirish to‘g‘risida bo‘lsa, ma’lumotlarga ishlov berishga qo‘yiladigan talablar bugun bozorlarda taqdim etilgan har qanday yagona qurilma imkoniyatlaridan yuqori. Ushbu holda bir nechta raqamli signal protsessorlardan, ularning dasturlanadigan mantiqiy integral sxemalariga (DMIS) ega kombinatsiyalaridan (birikmalaridan) qurilgan tizimlar, shuningdek, ko‘p yaderli signal protsessorlar yuqori sifatga ega bo‘ladigan (xaddan tashqari murakkab va qimmat) videoni amalga oshirishlari mumkin. Vazifalarni protsessorlar, ishlab chiqaruvchi-firmalar o‘rtasidagi qanday taqsimlanishi to‘g‘risidagi oqilona qarorni qabul qilish uchun faqatgina qurilmalar resurslarinigina hisobga olib qolmasdan signallarga raqamli ishlov berish algoritmlarini ham tahlil qilish kerak.
Texas Instruments kompaniyasini signal protsessorlariga misollar keltiring.
C2000 platformasi haqida ma’lumot bering.
TI firmasining ikki yaderli signal protsessorlari vazifasini bayon qiling.
DaVinci protsessorlari oilasida nechta guruhni ajratish mumkin?
Analog Devices signal protsessor modellariga misol keltiring.
Ko‘p signal protsessorlari ishlov berish tezligi nazorat yoki boshqaruv obe’ktlari tomonidan beriladigan real vaqt tizimida ishlaydi. Ish jarayonida obe’kt ishiga aralashishning va ishlayotgan ishlov beruvchi dasturga o‘zgartirish kiritishg imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun SP uchun dasturlarni tayyorlash va sozlash jarayonida foydalanuvchilar ko‘p vaqtni sarflashlari kerak bo‘ladi. Signal protsessorlarida dasturlash bir muncha unumli bo‘lgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va sozlash vositalarini talab etadi [4, 9].
|
| |