6
int x= a[j - 1];
a[j - 1] = a[j];
a[j] = x; }
O’rinlashtirish va taqqoslashlar soni:
(n* log( n )).
Quiksort – tez saralash algoritmi
Bu algoritm “bo’lib ol va egalik qil” tamoyilining yaqqol misolidir. Bu algotirm
rekursiv bo’lib, o’rtacha
N*log
2
N ta solishtirish natijasida saralaydi. Algoritm berilgan
massivni saralash uchun uni 2 taga bo’lib oladi. Bo’lib olish uchun ixtiyoriy elementni
tanlab undan 2 ta qismga ajratiladi. Lekin o’rtadagi elementni tanlab, massivning teng
yarmidan 2 ga ajratgan ma‟qul. Tanlangan kalit elementga
nisbatan chapdagi va
o’ngdagi har bir element solishtiriladi. Kalit elementdan kichiklar chapga, kattalar o’ng
tomonga o’tkaziladi (6.3-rasm). Endi massivning
har ikkala tomonida xuddi
yuqoridagi amallar takrorlanadi. Ya‟ni bu oraliqlarning o’rtasidagi
elementlar kalit
sifatida olinadi va h.k.
Misol uchun rasmdagi massivni saralash algoritmini ko’rib chiqamiz.
1. Oraliq sifatida
0 dan
n-1 gacha bo’lgan massivning barcha elementlarini olamiz.
2. Oraliq o’rtasidagi kalit elementni tanlaymiz, ya‟ni
key=(
+)/2, i=,
j=.
3-rasm. Quicksort algoritmida o’rinlashtirish
3. Chapdagi i-elementni key bilan solishtiramiz. Agar key kichik bo’lsa, keyingi
qadamga o’tamiz. Aks holda i++ va shu qadamni takrorlaymiz.
4. O’ngdagi j-element bilan key solishtiriladi. Agar key katta bo’lsa, keyingi
qadamga o’tamiz, aks holda j-- va shu qadamni takrorlaymiz.
5. i- va j-elementlarning o’rni almashtiriladi. Agar i<=j bo’lsa, 3-qadamga o’tiladi.
Birinchi o’tishdan keyin tanlangan element o’zining joyiga kelib joylashadi.
6. Endi shu ko’rilayotgan oraliqda key kalitning chap tomonida elementlar mavjud
bo’lsa, ular ustida yuqoridagi amallarni bajarish lozim, ya‟ni ko’riladigan oraliq 0
dan key-1 gacha deb belgilanadi va 2-qadamga o’tiladi. Aks holda keyingi qadamga
o’tiladi.
7. Endi shu ko’rilayotgan oraliqda key kalitning o’ng tomonida elementlar mavjud
bo’lsa, ular ustida yuqoridagi amallarni bajarish lozim, ya‟ni ko’riladigan oraliq