|
Tog'jinslarini maydalovchi sharoshkali instrumentlar bilan
|
bet | 5/15 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #119256 |
Bog'liq Tog\' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instTog'jinslarini maydalovchi sharoshkali instrumentlar bilan skvajinalarni burg'ilash.
Sharoshkali burg’ilash uskunasi. Ochiq kon ishlarida turli xildagi tog’
jinslaridan tashkil topgan massivlarda skvajina burg’ilash uchun asosan
sharoshkali burg’ilash uskunasi qo’llaniladi. U diametri 190-320 mm chuqurligi 32
m gacha SNiP bo’yicha 6-16 guruhdagi tog’ jinslarida skvajinalar parmalash uchun
keng qo’llaniladi.
Bu uskunaning qulayligi: yuqori mehnat unumdorligi; skvajina
burg’ilashning avtomizastiyalashganligi. Bularga misol qilib SBSh-250MNR,
SBSh-200MN larni aytish mumkin.
Burg’ilashning zarbli-aylanma usulida tog’ jinsining maydalanishi asosan
burg’ilash koronkasining zarbi va burgi’lash uskunasining aylanma harakati
hisobiga amalga oshiriladi. Burg’ilashning zarbli-aylanma usuli asosan SNiP
bo’yicha VI-XI guruh mustahkam tog’ jinslarida skvajina parmalash uchun
qo’llaniladi.
Zarbli-aylanma usuliga mo’ljallangan burg’ilash uskunalari asosan ochiq
kon ishlarining kichik mehnat unumdorligiga ega bo’lgan karerlarida qo’llaniladi.
Zarbli-aylanma usuliga mo’ljallangan burgilash uskunalari asosan 105-125 mm
diametriga ega bo’lgan skvajinalar burg’ilashda qo’llaniladi.
Bu uskunaning qulayligi: uskunani mehnat unumdorligi burg’ilashning
qiyalik burchagiga bog’liq emasligidir va mustahkamlik darajasi yuqori bo’lgan
tog’ jinslarida skvajina burg’ilash uchun qo’llash hamda qulay transportirovka
qilish mumkunligidadir.(SBU 100g, 125)
Burg’ilashning aylanma zarb usulida tog’ jinsini maydalash asosan kuchli
bosim ostida to’xtovsiz aylanma xarakat ostidagi burg’ilash qurilmasi hisobiga
amalga oshiriladi. Tog’ jinsini maydalash asosan zarb va burg’ilash qurilmasining
aylanma harakati asosida bo’ladi. Skvajina burg’ilanishining aylanma zarb usuli
asosan NKR-100 burg’ilash uskunasida qo’llanilgan. Ushbu uskuna hozirgi kunda
ham foydali qazilmalarni yer osti usulida qazib olish ishlarida keng
qo’llanilmoqda.
Skvajina burg’ilashning termik va kombinastiya usulida tog’ jinsida
burg’ilashning olovli usuli – termik usuliga kiradi. Asosan mehnat unumdorligi
katta bo’lgan ochiq kon ishlarida va tarkibida kvarstdan tashkil topgan tog’
jinslarida skvajinalarni burg’ilash uchun ushbu burg’ilash usuli keng qo’llaniladi.
Burg’ilashning portlatish usulida asosan, tog’ jinslarini ketma-ket
portlatishga asoslangan va mustahkam, juda mustahkam tog’ jinslarida skvajina
burg’ilashga asoslangan. Tog’ jinsining samarali maydalanishi asosan portlovchi
moddaning brizantligi, zichligi va detonastiya xarakteristikasiga bog’liqdir.
|
| |