|
Burg'ilash usulining zarbli kanatli texnologiyasi
|
bet | 8/15 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #119256 |
Bog'liq Tog\' jinslarini maydalovchi qattiq qotishmali instBurg'ilash usulining zarbli kanatli texnologiyasi
Olmosli burg‘ilash texnologiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Yumshoq va o‘rta qattiqlikdagi jinslardan tashkil topgan quduqlar qattiq qotishmali koronkalar bilan burg‘ilanadi, qattiq va mustahkam jinslar esa birqatlamli va impregnirlangan koronkalar bilan burg‘ilanadi. Quduqlarni burg‘ilash snaryadning kichik aylanish chastotalarida boshlanadi. Burg‘ilash snaryadi quduqqa olmosli koronka matritsasiga shikast yetkazmaslik maqsadida ehtiyotkorlik bilan tushiriladi.
Olmosli burg‘ilashning texnologik rejimi parametrlari tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlariga, koronka turi, quduq chuqurligi va yo‘nalishiga qarab tanlanadi. Yangi koronkalar bilan burg‘ilash boshida past rejim parametrlarida olib boriladi. Koronkalarni prirabotka qilish vaqti ularning turlari va jinslar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Zaboyda hosil bo‘lgan kern kernuzg‘ich ichiga kirgach, burg‘ilash rejimi belgilangan jinslar uchun mos ravishda olib boriladi.
Burg‘ilash jarayonida olmosli koronkalar yeyilib, uning tashqi diametri kichrayadi. Burg‘ilash ishlari koronkani to‘la yeyilib tugashigacha olib borilmaydi, koronkaning burg‘ilash tezligi 1–2 sm/minutgacha kamayganda burg‘ilash snaryadi ko‘tariladi va koronka boshqasiga almashtiriladi. Kolonkaviy quvur kern bilan to‘lganda ham burg‘ilash snaryadi ko‘tariladi. Yuqoriga ko‘tarilgan koronka ko‘zdan kechiriladi va kolonkaviy quvurdan kern chiqarib olinadi. Olmosli koronkalar kuyidagi hollardan ishdan olinadi: 1) mexanik jarohat sezilganda; 2) koronka ishchi yuzasida ariqchalar kuzatilganda; 3) olmoslar ochilib qolganda; 4) diametr bo‘ylab yeyilish yuzaga kelganda.
Olmosli koronkalar bilan burg‘ilash rejim parametrlariga koronkaga beriladigan og‘irlik kuchi, snaryadning aylanish chastotasi va zaboyga yuboriladigan yuvish suyuqligi miqdori kiradi.
Jinslarga beriladigan og‘irlik kuchi jinslarning qattiqligi va koronka turiga mos ravishda tanlanadi.
Olmosli koronkaga beriladigan og‘irlik kuchi amaliyotda quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Rol = Rsol · S;
|
| |