To’g’ri javoblar




Download 100.38 Kb.
Sana27.03.2024
Hajmi100.38 Kb.
#178499
Bog'liq
zakovat 20
Yozuv — muayyan-WPS Office, mcq-on-the-international-system-of-units--5eea6a1439140f30f369f0ce.en.uz, 11-маъруза, 30-mavzu, 17-маъруза, 10-tema, Doc1, Kontseptual keste, sun-iy-intellekt-va-uning-insoniyat-faoliyatida-tutgan-o-rni, Reja kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’q-fayllar.org, DANIEL DEFONING 1111, Konussimon Sirtlar11, Malumotlar bazasi Ishchi dasturi, KREATIV FIKRLASH (3)

I.
1. “Terminchi” telegram kanalida ushbu shaxsga “Uylanmasdan ham avlod qoldira olgan odam” deya ta’rif berilgan. Savol: XV asrda tug’ilgan ushbu insonni yozib bering.
2. “Terminchi” telegram kanalida ushbu shaxsga “Bolaligidan kosmonavt bo’lishni orzu qilgan odam” deya ta’rif berilgan. Savol: XIV-XV asrlarda yashagan ushbu insonni yozib bering.
3. “Terminchi” telegram kanalida ushbu insonga “O’zi bilmagan holda “Valentin kuni”ga asos solgan odam” deya tarif berilgan. Savol: XV-XVI asrlarda yashagan ushbu insonni yozib bering.
BLITS
To’g’ri javoblar:
1. Alisher Navoiy
2. Mirzo Ulug’bek
3. Zahiriddin Muhammad Bobur
II.
Bir havaskor shoirning she’ri:
Andijon farzandi, Urgutga kuyov,
Toshkentda yuksalgan eng buyuk sodda.
Sening qazoying ham ma’noga boy-ov,
Borib jon topshirding Ellikqal’ada…
Savol: Ushbu marsiya kimga bag‘ishlab yozilgan?
To’g’ri javob: Muhammad Yusuf
III.
BU ISHning eng qisqasi Avstraliyada bo‘lib, 9 soatga teng ekan. Eng uzoq davom etadigani Shvetsiya va Islandiyada bo‘lib, 20 soatni tashkil qilar ekan. Savol: Qaysi ish ekanligini 2 so‘z bilan yozib yuboring.
To’g’ri javob: Ro‘za tutish
IV.
Izohli lug‘atda keltirilishicha, tilimizdagi ushbu so‘z “taqvimni tuzatish” deb tarjima qilinar ekan. Savol: Bu arabcha so‘zni yozib bering.
To’g’ri javob: Kabisa.
Izoh: Har 4 yilda 29-fevral bo‘ladi. Shu yil kabisa yili deyiladi.
V.
Ushbu yorqin va rang-barang narsa o‘tgan asrning 80-yillarida nevroz va jiddiy psixik kasalliklar sababchisiga aylangan. Shunga qaramay, u narsani ishlab chiqarishni davom ettirishgan. Hatto ayrim firmalar u narsaga yonida kichkina bolg‘acha ham qo‘shib ishlab chiqara boshlashgan. Savol: O‘sha narsani yozib bering.
To’g’ri javob: Kubik – rubik.
VI.
Pochta kabutarlari o‘z uylariga ancha oson qaytib kelishadi. Shundan kelib chiqib, Mark Tarlovskiy o‘zining bir kitobini “Pochta kabutarlari” deb atamoqchi bo‘ladi, ammo kitob nomini bir qurol nomi bilan ataydi. Bu qurol qadimgi avstraliya qabilasi tilidan kelib chiqqan. Savol: Bu qurol nomini yozib bering.
To’g’ri javob: Bumerang.
Izoh: Pochta kabutarlari ham huddi bumerangdek qaytish hususiyatiga ega.
VII.
Amerika topishmog‘ini tinglang: “Qalin palto ichida it qonga bo‘yalib yotibdi”. Savol: Topishmoqning javobini toping.
To’g’ri javob: Hot-dog.
VIII.
Zorro personajining inventarlari orasida siz: shlyapa, yopinchiq, ETIK va ingichka uzun qilichni ko‘rishingiz mumkin. Zorro rolini ijro etgan Antonio Banderas ushbu multfilm qahramoniga ovoz bergan. Bu mult qahramon Sharl Peroning ertagi asosida yaratilgan. Savol: Bu qaysi qahramon?
To’g’ri javob: Etik kiygan mushuk.
Izoh: Etik kiygan mushuk personajining bazi xislatlari Zorroni eslatib yuboradi. Savol matnidagi etik so‘zining urg‘u bilan o‘qilishi sizga yordam berishi kerak edi.
IX.
“Hayot naqadar beshafqat. Ishlaganim sayin umrim kamayib bormoqda, ammo ko‘zyoshlarim oyog‘imga quvvatligidan xursandman. Yolg‘izgina haloskorim bor – Shamol”. Savol: Ushbu gaplar nimaning tilidan aytilgan?
Javob: Sham
X.
Zamonaviy multfilmlarning birida itlar va mushuklar bir boʻlib barcha qush turlariga qarshi kurashishga qaror qilishadi. Ular oʻzlariga shior qilib esa, 1945-yilda nashr qilingan asardagi bir iqtibosni olishadi. Savol: Oʻsha asar muallifi kim?
To’g’ri javob: Jorj Oruell.
Izoh: Asar “Molxona”. Iqtibos esa “Barcha ikki oyoqlilar – dushman”.
XI.
Faoliyatining so’ngini “Milan” klubida o’tkazgan 41 yoshli Zlatan Ibragimovich o’z intervyusida shunday degan: “Men xuddi IKSga o’xshayman. Man charchoq nimaligini bilmayapman, aksincha, kuchimga kuch qo’shilmoqda. Yildan yilga o’zimni yaxshi his qilmoqdaman. O’ylashimcha, 50 yoshimda ham bemalol futbol o’ynay olaman”. Savol: IKSning o;rnidago so’zni toping.
To’g’ri javob: Vino
Izoh: Vino ham yildan yilga sifatliroq va qimmatroq bo’lib boraveradi.
XII.
Sharqda bu predmet kundalik ehtiyojlarda ishlatilgan. Dastlab uning oʻrnida nilufargul yoki palma yaproqlaridan foydalanishgan, soʻngra uni metal, yogʻoch, fil suyagidan ham tayyorlashgan. Bu predmetdan sirli suhbatlarda ham foydalanishgani sizga gʻalati tuyulishi ham mumkin. Savol: Bu qaysi predmet?
To’g’ri javob: Yelpigʻich.
Izoh: Baʼzan suhbatdoshlar yelpigʻich bilan yuzlarini toʻsib olishgan. Yelpigʻichdagi yogʻochlarga matn ham yozilgan. Gapirmasdan oʻqib olishgan.
Download 100.38 Kb.




Download 100.38 Kb.