|
Reja: kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’qitish metodikasining nazariy asoslari
|
bet | 1/16 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 89,94 Kb. | | #116545 |
Bog'liq Reja kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’q-fayllar.org
Reja: kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’qitish metodikasining nazariy asoslari
MAVZU: 3-SINF DARSLIGINING TUZULISHI VA MAZMUNI.
REJA:
KIRISH.
I. BOB BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TARBIYA” FANINI O’QITISH METODIKASINING NAZARIY ASOSLARI
I.1 Tarbiya nazariyasining umumiy xususiyatlari.
I.2 “Tarbiya” fanini o’qitish zaruriyati.
II. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TARBIYA TUSHUNCHASINI SHAKLAN TUZUSH TEXNALOGIYASI.
II.1 Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi metodlari.
II.2 3 – sinf darsligini tushunturishda interfaol metodlardan foydalanish.
III. BOSHLANG’ICH SINFLARDA “TARBIYA” FANINI O’QITISH TEXNOLOGIYALARI
III.1 Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” fanini o’qitish didaktikaning asosiy tamoyillari.
III.2 “Tarbiya” fanini o’qitish texnologiyalari.
III.3 “Tarbiya” fanini o’qitishda xorij tajribasidan foydalanish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH.
O’zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar.
Tarbiya fani manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun zaruriyat hisoblanadi. Bu borada o‘zbekpedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim yondashuvlar bayonqilingan. Mazkur o‘rinda namuna sifatida ularning eng muhimlarigae‘tiboringizni tortamiz.
“Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu faoliyat(amal)li shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta‘kidlangan. Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlaritarbiya jarayonida qabul qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda Germaniya edagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. Shu sababli mazkur tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.
Quroni karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni E‘tiqodli, Yaxshilik va Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta‘limi berilgan. Buning natijasida VIII asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e‘tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchishaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat yuritadi.
XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig asarida yoshlarni Adolatli, Qanoatli va Bilimli qilib voyaga yetkazish metodologiyasini asoslab bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi.
Sohibqiron Amir Temur ―Tuzuklar‖ asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash masalasini talqin qilgan va bunda shaxsda murosa (kompramiss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, yetuk shaxs do‘stu dushman bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish tushunarli, lekin dushmanga murosa qilish qanday bo‘ladi? Dushman bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy
yetukligini bildiradi.
Alisher Navoiy ―Hamsa‖ asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab bergan. Misol uchun, Farhod va Shirin‖ dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk Ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi sifatida taqdim etiladi. Ular bunday komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli yetishgan.
Jadid mutafakkiri Mahmudxo‟ja Behbudiy ―Padarkush‖ pedagogik dramasida bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan. Chunki bilim tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi. Keltirilgan manbalardan ma‘lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi.
|
| |