• Tarbiya” fanini o’qitish metodlari.
  • III.1 Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” fanini o’qitish didaktikaning asosiy tamoyillari




    Download 89,94 Kb.
    bet14/16
    Sana12.12.2023
    Hajmi89,94 Kb.
    #116545
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Reja kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’q-fayllar.org

    III.1 Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” fanini o’qitish didaktikaning asosiy tamoyillari.
    Didaktika‖ atamasi grekcha bo‘lib, o‘qitish va o‘rgatish ma‘nolarini anglatadi. Didaktika deganda ta‘lim nazariyasi tushuniladi. Shu jihatdan didaktika pedagogikaning nimaga o‘qitish, nimani o‘qitish va qanday o‘qitish kabi masalalariga javob beradi. Didaktikaning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
    1) didaktik vositalar va tarqatmalar: zaruriy jihozlar kompьyuter vositalari, modellar va maketlar, ko‘rgazmalar va texnik vositalar;
    2) didaktik materiallar: pedagogtomonidan tayyorlanadigan dars materiallari va mustaqil ta‘lim topshiriqlari.
    Didaktikaning asosini qobiliyat tashkil etadi. Bunda bo‘lajak o‘qituvchilarning qobiliyatini rivojlantirish ularni didaktik texnologiyalar bilan qurollantirish nazarda tutiladi. Bu o‘rinda didaktikaning asosiy tamoyillarini taqdim etamiz.
    Eng avvalo didaktika nazariyasi tamoyilini o‘zlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bugungi kunda didaktika nazariyasiga doir quyidagi kontsepsiyalar mavjud:
    1. didaktik qomusiylik konsepsiyasi: bunda pedagogik ta‘lim bo‘yicha to‘liq ilmiy ma‘lumot berish nazarda tutiladi;


    2) didaktik pragmatizm konsepsiyasi: bunda amaliyotga yo‘naltirilgan ta‘lim berishga asoslaniladi;


    3) funksional materializm didaktik konsepsiyasi: bunda fanlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida ta‘lim berishga ustuvor darajada qaraladi;
    4) o‘qitishning manfaatli didaktik konsepsiyasi: bunda ta‘lim oluvchilarning xoxish istaklarini hisobga olgan holda ta‘lim beriladi.
    Didaktika nazariyasiga oid bu konsepsiyalar asosida o‘qitish jarayoni tashkil etiladi. Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri amaliyotdir. Bu tamoyil quyidagilarni qamrab oladi:
    1) dars maqsadini belgilash;
    2) darsda eng ilg‘or innovatsion texnologiyalarni qo‘llash;
    3) ta‘lim oluvchilarning bilim va ko‘nikmasini rivojlantirishga e‘tibor berish;
    4) ta‘lim oluvchilarning bilim va tarbiya darajasini baholab borish.
    Bularning barchasi o‘qitishning maqsadli tashkil etish va unda ko‘zlangan samaraga erishishning asosi hisoblanadi. Shu sababli Tarbiya fanini o‟qitish didaktikasini ishlab chiqish zaruriyat bo‘lib turibdi. Mazkur masalada bizning yondashuvimiz quyidagicha:
    Tarbiya fanini o‘qitishda tarbiyalanuvchining huquqlarini ustuvor bilish; -mazkur fanni o‘qitishda eng ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalarga tayanish; -har chorak so‘ngida fanning o‘qitish natijalarini monitoring qilib borish. Bunday yondashuv asosida
    Tarbiya fanini o‘qitish didaktikasini maqsadli shakllantirish imkoniyati mavjud. Mazkur asoslar asosida
    Tarbiya fanini o‘qitishning yangilangan didaktikasini ishlab chiqish imkoniyati bor. Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 oktyabrdagi 235- sonli Qarori bilan tasdiqlangan
    Tarbiya fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari‖ga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur Malaka talablarining
    Tarbiya fanini o‘rganish bosqichlariga e‘tibor bering: Standart darajasi Ta’lim bosqichi Darajaning nomlanishi A2 Umumiy o‘rta ta‘lim 4-sinf bitiruvchisi Tarbiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi E‘tibor berilsa,
    Tarbiya fanini o‘rganishda boshlang‘ich sinflar tayanch daraja hisoblanadi. Shu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mazkur fanni o‘zlashtirishda quyidagi malakalarga ega bo‘lishi kerak: -mas‘uliyat va majburiyatga amal qiladi; -hislarini anglaydi va nazorat qila oladi; -mustaqil sog‘lom fikrlaydi;
    -pul topish va sarflash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
    -liderlik sifatini namoyon etadi;
    -kreativ sifatlarini namoyon qila oladi va h.k. Aynan mana shu malaka talablari asosida
    Tarbiya fanini o‘qitishning didaktik asoslarini ishlab chiqish mumkin. Buning natijasida ushbu fanning didaktik asoslari zamon talablari va fanning vazifalarini amalga oshirishga tayanch bo‘ladi.
    Tarbiya” fanini o’qitish metodlari.
    Hozirgi zamon O‘zbekiston boshlang‘ich ta‘limida Tarbiya fanini o‘qitish metodlarini aniq belgilab olish zaruriyat bo‘lib turibdi. Mazkur masalada bizning fikrimizcha, quyidagi o‘qitish metodlari muhim o‘rin tutadi:
    1)o‘qitishning innovatsion metodlariga tayanish;
    2)Tarbiya fanini o‘qitishda eng oson va eng qulay metodlarga tayanish;
    3) mazkur fanni o‘qitish jarayonida modellashtirishga asosiy e‘tiborni qaratish. Bu metodlar quyidagi mazmunlarga ega:
    a) o‟qitishning innovatsion metodlari: axborot-kommunikatsion vositalarga tayangan metodlar majmui;
    b) eng oson va qulay metodlar: maktab sharoitiga mos tushuvchi va o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga oluvchi metodlar majmui (tushuntirish, o‘qitish, o‘rgatish, o‘zlashtirish, yo‘naltirish va h.k.);
    v) “Tarbiya” fanini o‟qitish jarayonida modellashtirish: bunda har bir dars maxsus reja va maxsus metodlar hamda texnologiyalardan foydalangan holda yangicha uslubda o‘tkazilishi nazarda tutiladi. Bunday yondashuv asosida mazkur fanning o‘qitish metodlarini oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘zlashtirish kutilgan samarani beradi. Shu sababli bu borada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ustozlar bilan ishlash masalasiga alohida e‘tibor berish lozim. Bugungi kunda Tarbiya fanini o‘qitishning metodlarini tanlashda quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi: -butun hayot davomida tarbiya olish;
    -tarbiya bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni o‘zlashtirish;
    -dunyoqarash va axloq uyg‘unligiga erishish;
    -tarbiyalanuvchining ma‘naviy, hissiy, iroda va aql tuyg‘ularini rivojlantirish. Bunday yondashuv boshlang‘ich ta‘limda
    Tarbiya fanini o‘qitishning o‘ziga xos tamoyillarini tanlashga va samarali metodlarga asoslanishga yo‘l ochadi. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari boshlang‘ich ta‘limda
    Tarbiya fanini o‘qitish metodlari butunlay yangicha asosda bo‘lishini anglab olishi lozim. Shu jihatdan ta‘kidlangan metodlarni negizida quyidagi yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi:
    -o‘qitish va tarbiyaning qadriyatlarga asoslanishi;
    -tarbiyalanuvchining iroda va aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish;
    -tarbiyalanuvchida mustaqil fikr va ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish. Bu omillar
    ―Boshlang‘ich ta‘limda
    Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi‖ o‘quv fanining asoslarini tashkil etadi. Chunki bu fan aynan tarbiya masalasida milliy tajribaning ustuvorligiga ahamiyat beradi va o‘qitishning halqaro tajribalaridan ijodiy foydalanadi. Hozirgi zamon jahon Pedagogikasida tarbiya yo‘nalishi ko‘p hollarda elektron-modulli tizimga o‘tmoqda. Bu tizim shaxs tarbiyasida zamonaviylik va amaliylikni ilk rejaga qo‘yadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tarbiya masalasida milliy va jahon xalqlari tajribasini uyg‘un o‘zlashtirishi taqozo etiladi.

    Download 89,94 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 89,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III.1 Boshlang’ich sinflarda “Tarbiya” fanini o’qitish didaktikaning asosiy tamoyillari

    Download 89,94 Kb.