• Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari
  • III.2 “Tarbiya” fanini o’qitish texnologiyalari




    Download 89,94 Kb.
    bet15/16
    Sana12.12.2023
    Hajmi89,94 Kb.
    #116545
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Reja kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’q-fayllar.org

    III.2 “Tarbiya” fanini o’qitish texnologiyalari.
    Boshlang‘ich ta‘limda Tarbiya fanini o‘qitishning eng ilg‘or texnologiyalariga asoslanish lozim. Shu ma‘noda bunday texnologiyalarning eng muhimlarini diqqatingizga taqdim etamiz.
    1.O‟qitishning elektron-modulli texnologiyasi. Bu texnologiya an‘anaviy va noan‘anaviy dars shakllarida kompьyuter asosida o‘qitishga tayanadi. Unga ko‘ra, kompьyuterda maxsus dastur vositasida o‘qituvchi tomonidan dars materiallari to‘liq tayyorlanadi va ta‘lim oluvchilarning imkoniyatlariga qarab taqdim etib boriladi. Bu texnologiyada dars materiallarini yangi ma‘lumotlar asosida yangilab borish va multimediyali axborotlarni berish imkoniyatlari mavjud.
    2.O‟qitishning masofaviy ta‟lim texnologiyasi. Bu texnologiyaga ko‘ra, Tarbiya fani onlayn tarzida o‘qitiladi. Unda ta‘lim oluvchilar bevosita virtual aloqaga kirishadi. Ayni paytda, mazkur texnologiyada mustaqil ta‘lim topshiriqlari ko‘p bo‘lishi taqozo etiladi. Ta‘lim oluvchilar aynan mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarishi bilan fanni o‘zlashtiradi.
    3.Ustoz-shogird texnologiyasi. Bu texnologiyaga ko‘ra, har bir o‘quvchi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga biriktiriladi. Bunda har bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchisining tarbiyalanish jarayonini kuzatib boradi va bu ishlarni Tarbiya fani o‘qituvchisi muvofiqlashtiradi. Mavjud ta‘limga oid me‘yoriy hujjatlar asosida o‘quvchisining tarbiyalanganlik darajasi yuqori bo‘lgan o‘qituvchilar Maktab rahbariyati tomonidan moddiy rag‘batlantirib boriladi. Mazkur texnologiya boshlang‘ich ta‘limda Tarbiya fanini o‘qitishda eng muhim yondashuvlardan hisoblanadi.
    Hozirgi zamon oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘qitishning ana shu innovatsion texnologiyalari amalga kiritilmoqda. Shu sababli Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyalari tanlanayotganligida ana shunday zamonaviy ta‘lim va tarbiya texnologiyalarini tanlashga e‘tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bugungi tarbiya jarayoni rivolanayotgan texnik vositalarga asoslanishi bilan muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda texnik vositalarga asoslangan texnologiyalar asosida mazkur fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga diqqat qilish kerak:
    -o‘quvchilarga kompyuter, mobil aloqa vositasi o‘qishning va tarbiya olishning tayanchi ekanligini tushuntirish;
    -o‘quvchilarning texnik vositalardan bilim olish yo‘lida foydalanishga o‘rgatish;
    -texnik vositalarning imkoniyatlarini baholashda ularning axborot manbaiga e‘tibor berish madaniyatini shakllantirish. Buning natijasida texnik vositalarga asoslangan texnologiyalardan Tarbiya fanini o‘qitishda oqilona foydalanish malakasiga ega bo‘linadi. E‘tibor berilsa, fani didaktikasi butunlay yangicha yondashuvlar, tamoyillar va texnologiyalarga asoslanadi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, mazkur fanning didaktikasi o‘ziga xos tarzda va pedagogik tajribalarning ilg‘or yondashuvlari asosida ishlab chiqilishi kerak. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining Tarbiya fani didaktikasi bo‘yicha tushuncha, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi
    Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari
    O’qitishning noan’anaviy shakllari xususiyatlari. Jamiyatning rivojlanishida o‘qitishning noan‘anaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etish jarayoni kechmoqda. Noan‟anaviy shakl deganda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar va masofaviy ta‘limning shakllari tushuniladi. Bunday ta‘limning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: -o‘quv materiallarining erkin tanlanishi va ularning amaliyot bilan bog‘liqligi; -ta‘lim oluvchilarning erkin munosabatda bo‘lishi;
    -ta‘lim oluvchi va ta‘lim beruvchilarning faolligi;
    -ta‘lim va tarbiyada amaliy samaraga erishishning mavjudligi. Shu sababli bugungi kunda o‘qitishning noan‘anaviy shakllariga alohida e‘tibor berilmoqda. Misol uchun, ana shunday shakllardan biri auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlardir. Bunday mashg‘ulotlarning quyidagi turlari o‘qitish jarayonida maqsadga erishish imkonini beradi:
    -Tarbiya fani bo‘yicha maxsus kurslar, to‘garaklar va klublar tashkil qilish;
    -muzeylar va sayohat maskanlarida tarbiya masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etish;
    -jamiyatimizning eng mashhur kishilari bilan suhbatlar va uchrashuvlar tashkil qilish;
    -tarbiya jarayonida muvaffaqiyatga erishayotganlarni axborotkommunikatsion vositalari orqali namuna sifatida ko‘rsatib borish. O‘qitishning bunday noa‘anaviy shakllari ta‘limning amaliy jihatini kuchaytiradi. Mazkur fanning noan‘anaviy o‘qitish shakllaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e‘tibor berish kerak:
    -har bir mavzuni imkon qadar auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar vositasida amaliy jihatdan mustahkamlash;
    -mavzular bo‘yicha ta‘lim oluvchilarning og‘zaki va yozma tashabbuslarini hisobga olgan holda muntazam yangi ma‘lumotlar bilan boyitib borish;
    -mavzular bo‘yicha mutaxassislarning takliflari va ularning ishtirokidagi mashg‘ulotlarni kengaytirib borish;
    -mazkur fanning amaliy mashg‘ulotlarini noan‘anaviy shakllarda o‘tkazish. Bunday yondashuv Tarbiya fanini noan‘anaviy shakllarda o‘qitish vositalari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, o‘qitishning noan‘anaviy shakllari amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatga ega. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida mazkur fanni noan‘anaviy o‘qitish shakllariga asosan ta‘lim berish asoslari bo‘yicha bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga yetarli darajada nazariy bilim va ko‘nikma berish taqozo etiladi. Bizning yondashuvimizga ko‘ra, o‘qitishning elektron-modulli tizimi sharoitida noan‘anaviy mashg‘ulotlar shakllarini amaliy mashg‘ulotlar vositasida tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman, amaliy mashg‘ulotlarni noan‘anaviy shaklda, ya‘ni auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar vositasida amalga oshirish samarali hisoblanadi. Shu jihatdan Tarbiya fanini noan‘anaviy shakllarga asosan talabalarga tushuntirish, ularning mazkur fan bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirish va tarbiya ishi jarayoniga tayyorlash amaliy jihatdan kutilgan samarani beradi.

    Download 89,94 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 89,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III.2 “Tarbiya” fanini o’qitish texnologiyalari

    Download 89,94 Kb.