• Buyuk Britaniyada
  • Saudiya Arabistonida
  • III.3 “Tarbiya” fanini o’qitishda xorij tajribasidan foydalanish




    Download 89,94 Kb.
    bet16/16
    Sana12.12.2023
    Hajmi89,94 Kb.
    #116545
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Reja kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’q-fayllar.org

    III.3 “Tarbiya” fanini o’qitishda xorij tajribasidan foydalanish.
    Tarbiya fani O‘zbekiston ta‘lim tizimi uchun mutlaqo yangi hodisa hisoblanadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda xorij tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda e‘tiboringizga eng muhim xorij tajribalarini taqdim etamiz.
    Buyuk Britaniyada tarbiya jarayoni psixologik qonuniyatlarga asoslanadi. Unda tarbiyalanuvchilarda oliyjanoblik ko‘nikmasini shakllantirishga asosiy e‘tibor qaratiladi. Ayni paytda, ingliz tilining xalqaro tillardan biri ekanligidan foydalanib, tarbiyalanuvchilar dunyoda kasbiy faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
    Germaniyada tarbiya jarayonida asosiy e‘tibor ideal g‘oyalarga qaratiladi. Bunda har bir yosh avlodda ideal g‘oya bo‘lishiga erishish uchun qisqa va aniq tizimga ega tarbiya jarayoniga asoslaniladi. Shu sababli germaniyalik fuqarolar ko‘p hollarda haqgo‘yligi bilan ajralib turadi.
    Fransiya tarbiya jarayonida shaxsning estetik didini rivojlantirishga alohida e‘tibor beriladi. Bunda har bir frantsuz kishisi hamma narsadar estetik go‘zallik izlash ruhi bilan voyaga yetkaziladi. Shu sababli Fransiyaning ta‘lim tizimida ma‘rifatparvarlik g‘oyasi ustuvor hisoblanadi.
    Italiya tarbiya jarayonida avlodlar bilan g‘ururlanish ruhi ustuvor qo‘yiladi. Haqiqatan ham mazkur mamlakatdan yetishib chiqgan Suqrot, Aflotun, Aristotel va Sitseronning insoniyat ta‘limiga qilgan hizmati mashhurdir.
    Saudiya Arabistonida tarbiya jarayonida shaxsning e‘tiqodli bo‘lishiga alohida e‘tibor beriladi. Bunda shaxsda sog‘lom e‘tiqod, diniy bag‘rikenglik va odamlarni tushunuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan yosh avlod voyaga yetkaziladi.
    Diqqat qilinsa, mazkur xorij tajribalaridan Tarbiya fanini o‘qitishda foydalanish muqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada ayniqsa, boshlang‘ich ta‘limda amalga oshiriladigan Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘qituvchi maqbul hisoblagan xorij tajribasidan foydalanish tavsiya etiladi. Tarbiya bo‘yicha Yevropa va Osiyo xalqlari pedagogikasida umumiylik va farqlilik jihatlari mavjud. Bunda insonni tarbiyalash, uni madaniylashtirish va ijtimoiylashtirish jihatidan umumiylikka ega, ayni paytda, jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda xorij tajribasida farqliliklar uchraydi. Misol uchun, AQSHda asosan aqliy ko‘nikmalarni shakllarntirish va rivojlantirishga urg‘u beriladi, Osiyo mamlakatlaridan islom diniga amal qiluvchi davlatlarda aqliy va axloqiy tarbiyaning uyg‘unligiga asosiy e‘tibor qaratiladi. Shu sababli Tarbiya fanini o‘qitishda xorij tajribasidan foydalanish uchun quyidagilarga e‘tibor berish tavsiya etiladi:
    - aqliy, axloqiy, jismoniy, ruhiy va estetik tarbiyalarga doir muayyan mamlakatning tajribasini o‘rganish hamda uning ilg‘or jihatlarini qabul qilish;
    - xorij tajribasidan shaxsni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda foydalanish;
    - O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasiga asosan xorijning tarbiyaviy ishlar tajribasidan foydalanganda ijodiy yondashish;
    - xorij mamlakatlarida o‘ziga xos tajribadan o‘tgan dinlararo bag‘rikenglik, millatlaro totuvlik va elatlar hamda millatlarning qadriyatlarini hurmat qilish ko‘nikmalarini qabul qilish;
    - umuminsoniy g‘oyalar bo‘lgan birodarlik va tinchliksevarlik kompetentsiyalarini shaxsda tarkib toptirishga e‘tibor berish. Kezi kelganda ta‘kidlash lozimki, Tarbiya fanimizning negizini ikki tamoyil tashkil etadi: insonparvarlik va demokratlik. Bu tamoyillar mazkur fan vositasida boshlang‘ich ta‘limdayoq o‘quvchilar ongida singdirilishi va bunda xorijiy mamlakatlarning tajribalarini hisobga olish zaruriyat hisoblanadi. Chunki dunyodagi barcha xalqlar insonparvarlik va demokratlik qadriyatlarini birlamchi biladi hamda tarbiya jarayonida ana shu tamoyillarni ustuvor darajada belgilaydi. Shu jihatdan Tarbiya fani milliylik negizida umuminsoniylik tizimi g‘oyasiga asoslanadi. Bu g‘oyani bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ko‘nikma sifatida qabul qilishi kerak. “Tarbiya” fanini o’qitishda individual uslublar. Tarbiya fanini o‘qitishda individual uslublarning muhim o‘rni bor. Individual uslublar deganda mazkur fan bo‘yicha o‘ziga xos usul, uslub va yondashuvlarga ega o‘qituvchilarning tajribasi nazarda tutiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini individual uslub bilan qurollantirish quyidagicha amalga oshiriladi:
    -o‘qitishning eng oson, maqbul va samarali uslublari bilan tanishtirish;
    -pedagogik va malakaviy amaliyot jarayonida ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi bilan tanishtirish;
    -talabada mavjud bo‘lgan uslubni rivojlantirish; -talabani o‘zi ustida ishlashga ko‘niktirish. Bunday yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini individual uslubini shakllantirish imkoniyati mavjud. Tarbiya fanini o‘qitishda individual uslublarni o‘zlashtirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: -ilg‘or va tajribali o‘qituvchilarning o‘qitish uslublarini o‘rganib borish va ularning mashg‘ulotlarida ishtirok etish;
    -pedagogik adabiyotlar orqali mashhur o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganib borish; -malakaviy va pedagogik amaliyotlar davrida umumta‘lim maktablari o‘qituvchilarining mashg‘ulotlarida ishtirok etish; -individual uslublar bo‘yicha izlanishlar olib borish. -Bunday yondashuv bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘qitishning individual uslublari bo‘yicha ko‘nikmani shakllantiradi.
    -o‘qitishning individual uslubida mutaxassisning psixologik mahorati ham aks etadi. Shu ma‘noda har bir talaba o‘zining ruhiy tajribalari asosida individual uslub bo‘yicha izlanishlar olib borishi kutilgan samarani beradi. Buning uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
    -izlanish jarayonida ruhiy ko‘tarinkilikka amal qilish; -o‘zi yoqtirgan individual uslubni o‘rganishga harakat qilish; -boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik imkoniyatlari bo‘yicha ma‘lumotga ega bo‘lish; -imkonqadar ijtimoiy psixologiya qoidalarini o‘rganish. Bunday yondashuv o‘qitishning individual uslublarini o‘zlashtirishda qo‘l keladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, har bir mohir pedagog aynan individual izlanish tufayli o‘zining o‘qitish uslubiga ega bo‘ladi. Pedagog olimlarning fikricha, individual uslubga ega bo‘lish uchun 3 yil yetarli muddat hisoblanadi. Shu ma‘noda Tarbiya fanini o‘qitishda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining individual uslubga ega bo‘lishidan jamiyat manfaatdor hisoblanadi. O‘qitishning individual uslubi ta‘lim va tarbiya jarayonida bir xillikni oldini oladi hamda o‘qitish jarayonida turli xillikni tarkib toptiradi. O‘qitishning turli uslublar, yondashuvlar va yo‘nalishlarga ega bo‘lishi ta‘lim va tarbiyaning samaradorligiga olib keladi. Shu sababli Tarbiya fanini o‘qitishda individual uslublarning o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari individual uslublarni o‘zlashtirishi, bu borada alohida izlanishlar olib borishi va Ustozlar maslahatidan oqilona foydalanishi tavsiya etiladi. Kuzatishlar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda o‘zining individual uslubiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ko‘p. Ayni paytda, axborot-kommunikatsion vositalar asosida ularning uslublarini targ‘ib qilish, pedagogik turkumdagi o‘quv adabiyotlarida bunday o‘ziga xos uslublarni tahlilini berish va ana shunday uslubga ega o‘qituvchilarning oliy ta‘lim muassasasi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Chirchiq shahri va viloyatning tumanlarida O‘qish va matematik savodxonlik sinfi, Pedagoglar sinfi‖, Kelajak o‘qituvchisi‖ kabi amaliy tizimlar tashkil etilgan. Buning natijasida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning institut bilan hamkorligi talab darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Natijada Toshkent viloyatining maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan individual uslubiga ega o‘qituvchilarning tajribalarini targ‘ibot qilish imkoniyatlariga ega bo‘linmoqda. Shunday qilib, Tarbiya fanini o‘qitishda noan‘anaviy shakllarning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘qitishning noan‘anaviy shakllarini o‘zlashtirishi taqozo etiladi
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

    1. O‘zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni. // www. Ziyonet.uz


    2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6-iyundagi 422-sonli ―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ―Tarbiya fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarito‘g‘risida‖gi Qarori. // www. Ziyonet.uz
    3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6-iyundagi 422-sonli Qarori bilan tasdiqlangan ―Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari o‘quvchilari uchun ―Tarbiya‖ fani Konsepsiyasi‖. . //www. Ziyonet.uz
    4. Abdujalilova SH. Abdurauf Fitratning ―Tarbiya‖ fani talqini. –Toshkent, 2020. 26– 36 b.
    5. Tarbiya kitobi. 1-4-sinflar uchun darslik. –Toshkent, 2020. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. T.,2004
    6.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, ―O‘zbekiston‖ NMIU, 2017. 29 b.
    7.Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. ―O‘zbekiston NMIU, 2017. – 47 b.
    8.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. ―O‘zbekiston NMIU, 2017. – 485 b.
    9.Mirziyoyev Sh.M. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy g‘oyamizning asosiy poydevoridir. –Toshkent, 2021
    10.Karimjonov A.va boshq. Ta‘lim muassasalarida me‘yoriy hujjatlar yuritish. –Chirchiq.,2020.-320 b.

    1 Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 8-Том. –Т., 2004. 270 –бет



    2 Бордовская Н., Реян А. Педагогика. –Санкт-Петербург, 2001. –С.32



    3 Авесто. – Тошкент, 2001.



    4 Қаранг: З.Фрейд. Менинг Зардўштим. – Тошкент, 2006



    5 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – Тошкент, 2021.



    6 Шерматов Ш. Ижро интизоми – жойлардаги ислохотлар самарадорлигининг асосий омили. // “Янги Ўзбекистон” газетаси 2021 йил 19 июнь сони



    7 Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент, 2009



    8 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – Тошкент, 2021.





    http://fayllar.org
    Download 89,94 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 89,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III.3 “Tarbiya” fanini o’qitishda xorij tajribasidan foydalanish

    Download 89,94 Kb.