TBC Bank (Oʻzbekiston)
Mamlakat:
Oʻzbekiston
Loyiha raqami:
50345
Faoliyat sohasi:
Depozitar kredit (banklar)
Bildirishnoma turi:
XUSUSIY
Ekologik toifasi:
FI
Tasdiqlanish muddati sanasi:
2021-yil, 2-dekabr
Qaysi bosqichdaligi:
Imzolangan
Loyihaning qisqacha mazmuni
chop etilgan sana (ingliz tilida):
2021-yil, 26 oktabr
Loyiha mazmuni
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan birga Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan
“TBC BANK” aksiyadorlik tijorat bankining (Oʻzbekiston) 20% gacha boʻlgan
aksiyalarini sotib olish uchun dastlabki 9,4 million AQSH dollari (6,9 million yevro)
hajmidagi
majburiyatni ichiga olgan, jami 26,6 million AQSH dollari (19 million yevro)
ha
jmida aksiyadorlik kapitaliga qilinadigan investitsiya. “TBC BANK”
aksiyadorlik
tijorat banki (Oʻzbekiston) Gruziyadagi eng yirik banklar
guruhi sanaluvchi TBC Bank
Georgia AJʼning bosh kompaniyasi
hisoblangan, Buyuk Britaniyada roʻyxatdan oʻtgan
TBC Bank
Group PLC kompaniyasining shuʼba kompaniyasidir.
Loyiha maqsadi
Bu investitsiya mablagʻlari Oʻzbekistonda yaqinda tashkil qilingan xorijiy xususiy
bankning amaliyotlarini kengaytirishiga koʻmaklashish uchun sarflanadi.
Oʻzbekistondagi “TBC BANK” aksiyadorlik tijorat banki (ATB)
mamlakatda faoliyati
yetarlicha xizmat koʻrsatilmayotgan chakana savdo, mayda va kichik
korxonalarga
samarali mahsulot va xizmatlarni taklif qiluvchi moliya bozoridagi
yangi avlod banki
hisoblanadi.