|
Ish faoliyatidagi halollik va belgilangan me’yorlarga rioyaBog'liq TBC (Uzbek)Ish faoliyatidagi halollik va belgilangan me’yorlarga rioya
qilish
YTTBning muvofiqlik nazorati boshqarmasi (OCCO) Bankda mas’uliyatli boshqaruvga
ko‘maklashish bilan birga Bank faoliyatining barcha jabhalarida eng yuqori standartlarda ish
olib borilishini va barcha jarayonlar ilg‘or xalqaro tajribalarga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi.
Bankning barcha mijozlari uchun ularning ish faoliyatidagi halolligini tekshirishdan maqsad,
Bank loyihalari uchun qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan huquqiy va nufuzga oid risklarga
yo‘l qo‘yilmaslikdan iborat. Bank nuqtai nazariga ko‘ra, loyihani dastlabki baholash va
tasdiqlash bosqichida muammoli jihatlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish Bank faoliyati
nufuziga putur yetkazmaslikning eng samarali vositasidir. OCCO ushbu profilaktika chora-
tadbirlarida muhim ahamiyatga egaligi bilan birga investitsiya qilinganidan keyingi davrda
Bankning nufuziga xavf soladigan risklarni nazorat qilishga yordam beradi.
OCCO, shuningdek, YTTB tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalar doirasidagi
firibgarlik, korrupsiya va lavozimni suiiste’mol qilish bo‘yicha ma’lumotni tekshiruvchi
masʼul hisoblanadi. Agar kimningdir Bank ichida yoki undan tashqarida firibgarlik yoki
korrupsiya holatlari kuzatilayotganligi haqida gumoni bo‘lsa, u muvofiqlik nazorati
boshqarmasi boshligʻiga bu holat haqida yozma tarzda
compliance@ebrd.com
electron
manzili orqali xabar qilishi lozim. Barcha bildirilgan daliliy ma’lumotlar tegishli choralar
ko‘rish uchun OCCO tomonidan ko’rib chiqiladi. Barcha xabarlar, shu jumladan anonym
tarzdagi xabarlar ham tekshirib chiqiladi. Bu turdagi xabarlar istalgan tilda, jumladan Bank
faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatdagi rasmiy tilda tayyorlanishi mumkin. Bunday
ma’lumotlar yaxshi niyatni ko‘zlashi maqsadga muvofiqdir.
Axborotdan erkin foydalanish siyosati (AIP)
2020-yilning 1-yanvarida kuchga kirgan IAP YTTBning strategiyalari, siyosatlari va
amaliyotlarini yaxshiroq tushunish va bilishga ko‘maklashish uchun manfaatdor tomonlarga
ma’lumotlarni ochiqlash bilan birga maslahatlashuvlar tartibini belgilab beradi.
YTTB veb-
saytidan qanday maʼlumotlar olish mumkinligini bilish uchun
Axborotdan foydalanish
siyosati
sahifasiga oʻting.
Muayyan savollaringizni
YTTBning maʼlumot soʻrovi
orqali yuborishingiz mumkin.
|
| |