Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash




Download 89,94 Kb.
bet9/16
Sana12.12.2023
Hajmi89,94 Kb.
#116545
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Reja kirish. I. Bob boshlang‘ich sinflarda “tarbiya” fanini o’q-fayllar.org
Yozuv — muayyan-WPS Office, mcq-on-the-international-system-of-units--5eea6a1439140f30f369f0ce.en.uz, 11-маъруза, 30-mavzu, 17-маъруза, 10-tema, Doc1, Kontseptual keste, sun-iy-intellekt-va-uning-insoniyat-faoliyatida-tutgan-o-rni, DANIEL DEFONING 1111, Konussimon Sirtlar11, Malumotlar bazasi Ishchi dasturi, zakovat 20, KREATIV FIKRLASH (3)
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning samarasi o’quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlariga tayyorgarligi bilan baholanadi. O’zbekistonning hozirgi ta’lim tizimida boshlang’ich sinfni bitiruvchilar ta’limning quyidagi turlariga tayyorlanadi:
  • o’rta umumta’lim maktablariga;


  • Prezident maktablariga;


  • ijod maktablariga;


  • ixtisoslashtirilgan maktablariga.


Bu ta’lim turlariga boshlang’ich sinf o’quvchilarini tayyorlash jarayonida aynan ularning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganligi muhim o’rin tutadi. Shu sababli bu qadriyatlar asosida tarbiyalanganlik darajasini baholashning quyidagi indikatorlarini belgilash mumkin:


  • boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy qadriyatlarni bilishi;


  • mazkur toifa o’quvchilarning umuminsoniy qadriyatlardan xabardorligi;


  • o’quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish ko’nikmasiga egaligi;


  • o’quvchilarning o’z millati va o’zga millatlarni hurmat qilishi.


Bu indikatorlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini belgilab beradi. Shu sababli boshlang’ich sinf Sinf rahbarlarining vazifalari kengayadi va yaqinda qabul qilinishi kutilayotgan “O’qituvchi maqomi” to’g’risidagi Qonuni asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini o’rganib borish Sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilanmoqda.


Pedagogik adabiyotlarda “indikator” tushunchasi ta’lim va tarbiyaning sifat ko’rsatkichini belgilovchi atama sifatida ishlatiladi. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishida aynan indikatorlarga, ya’ni ushbu ruhda tarbiyalanganlik darajasining sifat ko’rsatkichiga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagilarga asoslanish lozim:
  • o’quvchi ongi va yurish-turishida xalqimiz tabiatiga xos bo’lgan milliylik, urf-odat va odoblar majmuining shaklanayotganligi;


  • o’quvchi axloqida va axloqiy munosabatlarida xalqimizning madaniyatida mavjud bo’lgan o’zgalarni hurmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustuvor qo’ymaslik va o’zgalarga doimo yordamga tayyor turish kabi umuminsoniy yondashuvlar shakllanayotganligi;


  • o’quvchining xatti-harakati va jamoaga moslashuvida jamoaning tartib-intizomiga va umumiy harakatlariga moslik shakllanayotganligi;


  • o’quvchining dunyoqarashida o’zlikni anglash va indeal maqsad-muddaolarga intilish xislatlari shakllanayotganligi.


Bularning barchasi boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishini indikatorlar asosida amalga oshirish imkoniyatlarini beradi. Shu sababli bu asoslar aynan oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalar tomonidan o’zlashtirilishi shart.


Umuman milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilarining dunyoqarashi, axloqi va amaliy ko’nikmalarini shakllantirish jamiyatning eng muhim ehtiyojlaridan biri hisoblanadi.


Download 89,94 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 89,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash

Download 89,94 Kb.