To’g’rilagichning chiqish parametrlari




Download 254,4 Kb.
bet2/6
Sana02.02.2024
Hajmi254,4 Kb.
#150379
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
To‘g‘rilagichlar. Bir fazali to‘g‘rilash sxemalari. Stabilizator (1)

2.1.2. To’g’rilagichning chiqish parametrlari
To’g’rilagichning chiqish parametrlariga quyidagilar kiradi:

  1. to’g’rilangan kuchlanishning o’rtacha qiymati Uo;

  2. to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati Io;

  3. to’g’rilangan kuchlanish asosiy garmonikasi pulsatsiyasining chastotasi ftkp;

  4. to’g’rilangan kuchlanishning pulsatsiya koeffitsienti Kp;

  5. to’g’rilagich kirish kuchlanishi bitta qiymatda bo’lganida Uo chiqish kuchlanishining Io yuklama tokiga bog’liqligi bo’lgan to’g’rilagichning tashqi tafsifi;

  6. ventillarni tanlash uchun Utes teskari kuchlanish,

To’g’rilash sxemalardagi transformatorlar uchun quyidagi parametrlar aniqlanadi:

    1. ikkilamchi cho’lg’am kuchlanishi U2 va toki I2, chunki ularni to’g’rilangan kuchlanish va tokning o’rtacha qiymati (o’zgarmas tashkil etuvchi) bilan taqqoslash qabul qilingan;.

    2. birlamchi cho’lg’am kuchlanishning U1 va tokining I1 ta’sir etuvchi qiymatlari;

    3. ikkilamchi cho’lg’amning to’la quvvati S2;.

    4. birlamchi cho’lg’amning to’la quvvati S1;

    5. transformatorning to’la (gabarit) quvvati Str= (S1S2)2;




    1. transformator ikkilamchi cho’lg’amidan foydalanish koeffitsienti K2=PoS2, bu erda Po to’g’rilagichning quvvati;

    2. transformator birlamchi cho’lg’amidan foydalanish koeffitsienti K1=PoS1;

    3. transformatordan foydalanish koeffitsienti Ktr=PoStr.


Bu koeffitsientlar to’g’rilash sxemasiga bog’liq, chunki bir taktli to’g’rilashda transformatorda majburiy magnitlash hodisasi mavjud bo’lib, u transformatordan foydalanish koefitsientini keskin kamaytiradi.
Bu chiqish parametrlarini ko’rib chiqamiz. To’g’rilash sxemasi bo’yicha to’g’rilagichlar bir fazali va ko’p fazali, bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli) bo’ladi. Shuning uchun to’g’rilash fazalari soni m transformator ikkilamchi cho’lg’ami fazalari soniga mos kelmasligi mumkin. Bu son m=pn munosabatdan aniqlanadi (bu erda n=1,2,3,4,,,6 va h. k-transformatorning ikkilamchi cho’lg’amlari soni, p=1 yoki 2 to’g’rilanadigan yarim davrlar soni). Bir taktli yoki ikki taktli sxemalarni aniqlash shundan kelib chiqadiki, ta’minot kuchlanishni bir davrida transformator ikkilamchi zanjiri faza cho’lg’amidan nechta tok impulslar oqib o’tadi. Bir taktli to’g’rilagichda bir davrda bir fazali cho’lg’am orqali bitta tok impulsi, ikki taktli to’g’rilagichda esa ikki fazali cho’lg’am orqali ikkita tok impulsi oqib o’tadi. Shunday qilib, to’g’rilangan tok pulsatsiyasi chastotasi ta’minot tarmog’i chastotasiga mos tushmaydi va u ft.k.p=mftar bo’ladi.


Download 254,4 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 254,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’g’rilagichning chiqish parametrlari

Download 254,4 Kb.