Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalari




Download 254,4 Kb.
bet4/6
Sana02.02.2024
Hajmi254,4 Kb.
#150379
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
To‘g‘rilagichlar. Bir fazali to‘g‘rilash sxemalari. Stabilizator (1)

Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalaridagi boshqarish va himoyalash sxemalari.
Kompyuterlar ikkilamchi elektr ta’minoti manbalari 220V/110V li o’zgaruvchan kuchlanishdan ta’minlanadi. Chiqish kuchlanishlari esa ±5V va ±12 V kuchlanishli kanallarga bo’linadi. Ikkilamchi elektr ta’minoti manbalari barcha kanallari quvvatlari yig’indisi 65 Vtdan to 350 Vtgacha bo’lish mumkin.
Kompyuterlar elektr ta’minoti manbaining tuzilish sxemasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:

  • kirish zanjiri;

  • o’zgartirgich;

  • o’zgartirgichning boshqarish sxemasi;

  • chiqish zanjiri;

  • himoyalash sxemasi;

  • qo’shimcha ta’minot manbai;

  • ventilyator sxemasi.


1-rasm.Kompyuter elektr ta’minoti manbaining tuzilish sxemasi
Ko‘chma radioelektronika, telekommunikatsiya apparaturalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda birlamchi elektr energiyasi sifatida kichik kuchlanishli o‘zgarmas tok manbalari (galvanik elementlar, akkumulyatorlar, termogeneratorlar, quyosh va atom batereyalari) ishlatiladi. Turli xildagi telekommunikatsiya apparaturalarining elektr ta’minoti uchun esa turli nominaldagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kuchlanishlar zarur bo‘ladi. Shuning uchun bir nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishni ikkinchi nominaldagi o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartirish talab qilinadi. Bu vazifani o‘zgartirgichlar bajaradi. O‘zgartirgichlar elektr ta’minot manbai kuchlanishini apparaturalar alohida qismlarini elektr ta’minoti uchun talab qilingan turdagi va nominaldagi kuchlanishlarga o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. O‘zgartirgichlar ikki turga bo‘linadi. O‘zgarmas tok energiyasini o‘zgaruvchan tok energiyasiga o‘zgartirib beruvchi o‘zgartirgichlar invertorlar deyiladi va o‘zgartirish jarayoni invertorlashdan iborat bo‘ladi. Agar o‘zgartirgich chiqishida o‘zgarmas kuchlanish olinishi talab qilinsa, u holda invertordan keyin to‘g‘rilagich va filtr qo‘yiladi. Bunday bir kuchlanishli o‘zgarmas tok energiyasini boshqa kuchlanishli o‘zgarmas tok energiyasiga o‘zgartiruvchi o‘zgartirgich konvertor deyiladi va o‘zgartirish jarayoni konvertorlashdan iborat bo‘ladi.
Kuchlanish o’zgartirgichi quyidagi qismlardan tashkil topgan.

U TKT to’g’rilagichi chiqishidagi ±310 V kuchlanishli o’zgarmas tok energiyasini boshqarish sxemasidan (BS) keladigan signallarga bog’liq ravishda o’z chiqishida 12…15 V va 5…7 V kuchlanishli to’g’ri burchakli impulslar shaklidagi o’zgaruvchan tok energiyasiga o’zgartirib beradi. O’zgartirgichning ishlashi vaqtning istalgan momentida boshqarish sxemasidan keladigan signalga bog’liq bo’ladi.
Quvvat kuchaytirgichi invertor kuch tranzistorlarini kommutatsiyalanishini boshqarilishini, ya’ni tranzistorlarni ochadigan va yopadigan baza toklarini shakllantirishni, shuningdek, invertor tranzistorlarining baza-emitter va baza-kollektor zanjirlarini boshqarish sxemasidan ajratishni ta’minlaydi. O’zgartirgich invertori asosan ikki taktli yoki yarim ko’priksimon sxemalarda yig’iladi. Sxema tranzistorlari navbatma-navbat ochiladi va yopiladi. Invertor har qanday o‘zgartirgichning asosiy qismi hisoblanadi. Invertorlar quyidagi belgilariga qarab sinflarga bo‘linadi:
 o‘zgartiriluvchi kattalik turiga qarab: tok invertorlari va kuchlanish invertorlari;
 ish taktiga qarab: bir taktli va ikki taktli invertorlar;
 kalit elementlari turiga qarab: tranzistorli va tiristorli invertorlar;
 qo‘zg‘atish usuliga qarab: mustaqil va o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli invertorlar; Tranzistorli invertorlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
 tranzistorlarning ulanish sxemalariga qarab: umumiy emitterli va umumiy kollektorli invertorlar;
 teskari aloqa turiga qarab: kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali, tok bo‘yicha teskari aloqali, tok va kuchlanish bo‘yicha teskari aloqali invertorlar;
Tiristorli invertorlar quyidagicha turlanadi:
 tiristorlar kommutatsiyasiga qarab: tarmoq orqali va avtonom;
 yuklamaga nisbatan kommutatsiyalovchi sig‘imning ulanishiga qarab: ketma-ket, ketma-ket parallel va parallel. Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlarning afzalliklari ishonchlilik, yuqori FIK, kichik hajm va ishlatish muddatining uzoqligidir. Yuqori chastotali transformatorning ikkilamchi cho’lg’amlaridan to’g’ri burchakli pasaytirilgan kuchlanish impulslari chiqish to’g’rilagichlariga beriladi.



  1. rasm.Kuchlanish o’zgartirgichining sxemasi.


3-rasm. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli bir taktli o‘zgartirgich (avtogenerator)ning tuzilish sxemasi

4-rasm. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli tranzistorli bir taktli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi

5-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi.

6-rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli ikki taktli o‘zgartirgichning vaqt diagrammalari

Download 254,4 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 254,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterlar elektr ta’minoti manbalari

Download 254,4 Kb.