• Tugun va konturlar
  • Tok va kuchlanish manbalari




    Download 57.45 Kb.
    bet3/5
    Sana15.07.2022
    Hajmi57.45 Kb.
    #24881
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    o\'zgarmas tok elektr zanjirlar
    Кибер ххафсизликdocx
    Tok va kuchlanish manbalari
    Har qanday elektr energiyasi manbai EYUK - E ga va ichki qarshilik r ga egadir. Bu manba qutblaridagi kuchlanish berk zanjir uchun Om qonuniga ko'ra
    UE-Jr
    bundan ko'rinadiki tashqi zanjirda tokning ortishi manba qutblaridagi kuchlanishni kamayishiga olib keladi, chunki E va r o'zgarmasdir. Real tok manbalarida doimo r>0 bo'ladi, lekin u yetarlicha kichik bo'lishi mumkin, shuning uchun ikkita chegaraviy xolni ko'ramiz:
    a) r=0 bu ideal tok manbai bo'lib E U bo'ladi, ya'ni manba qutblaridagi kuchlanish tok kuchiga bog'lik emas, bu xolda manba EYUK manbasi deb yuritiladi.
    b) agar manbaning ichki qarshiligi juda katta r  - bo'lsa bunday manba tok manbai deb ataladi, r va E cheksiz bo'lib ularni nisbati Еr  Jк chekli kattalik bo'ladi va bu tok tashqi yuklama qarshiligiga bog'lik emas.
    2.1-rasmda manba tokning kuchlanishga bog'liklik grafigi ko'rsatilgan. Real manbaga a- rasm mos keladi, bunda tok ortishi bilan (tashqi zanjir qarshiligi kamayishi hisobiga) kuchlanish kamayadi, b va v- shakllar mos xolda EYUK va tok manbalari xoliga mos voltamper xarakteristika bo'lib ularda mos xolda kuchlanish yoki tok kuchi o'zgarmas bo'ladi.
    Tok va kuchlanish manbalari ideal manba bo'lib amalda bo'lishi mumkin emas, chunki ichki qarshilik r doimo chekli qiymatga ega. Shuni unutmaslik kerakki tok manbai bilan EYUK manbaini aralashtirib yubormaslik kerak.


    Tugun va konturlar
    Elektr zanjirlarini hisoblashda tugun va kontur tugunchalari ko'p ishlatiladi. Kontur halqa so'ziga mos bo'lib elektr zanjirida tokning yopiq halqa hosil qilgan yulini bildiradi. Tugun esa elektr zanjirlarida tarmoqlanish nuqtalarini bildiradi, boshqacha aytganda uch va undan ortiq simlarning o'zaro tutashgan joyi tugun deb ataladi. Konturda ikki tugunning oraligi tarmoq deb yuritiladi va tarmoqda elementlar ketma-ket joylashgan bo'ladi.
    Rasm-2.2 da keltirilgan tarmoqlangan zanjirda A va V nuqtalar tugunlar deyiladi. Zanjirda 3 ta kontur mavjud ER1R2r-chap kontur, R2 A R3 B ungdagi va E R1 A R3 B r tashqi kontur, tarmoqlar esa uchta bo'lib A, B tugunlarga nisbatan olinadi. 1-tarmoqda E, r, R, elementlar mavjud 2-tarmoqda R2, 3-tarmoqda R3 qarshiliklar mavjud.
    Zanjirni biror qismidagi kuchlanishni topish uchun shu qism uchlaridagi potensiallar ayirmasi hisoblanadi, masalan 2.2-rasmda R2 qarshilikdagi U2 kuchlanish A va B tugunlar orasidagi potensiallar ayirmasiga teng, UАВА-В yoki Om qonuniga ko'ra R2 qarshilikdagi kuchlanish
    U2A- B I2·R2 (1.4)
    Tarmoqda iste'molchidan tashqari EYUK manbasi ham bo'lishi mumkin, bunda potensiallar farqini hisoblashda EYUK ni yo'nalishi va tarmoqdagi tok yo'nalishini bilish kerak. Potensial doimo tok yo'nalishi bo'yicha kamayib boradi, agar EYUK tok yo'nalishi bilan bir xil bo'lsa EYUK manfiy ishora bilan, aksincha bo’lsa musbat ishora bilan olinadi. Masalan: 2.2 rasmda A va B tugunlar orasidagi potensiallar farqini E R1 tarmoq bo'yicha hisoblash mumkin, ya'ni:
    UАВ А-В  IrIR1-Е. (2.5)
    Bunda tok yo'nalishi konturda soat strelkasi yo'nalishida deb hisobladik.



    Download 57.45 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 57.45 Kb.