• Matoli filptrlar xarakteristikasi
  • Tolali filtrlarning ishlash prinsipi




    Download 258 Kb.
    bet1/2
    Sana22.01.2024
    Hajmi258 Kb.
    #143353
      1   2
    Bog'liq
    TOLALI FILTRLARNING ISHLASH PRINSIPI


    TOLALI FILTRLARNING ISHLASH PRINSIPI
    Reja:

    1. Matoli filptrlar haqida umumiy ma`lumotlar
    2. Matoli filptrlar xarakteristikasi
    3. Texnologik gazlarni tozalash uchun kerakli filptrlar
    Matoli filptrlar sanoatda eng kO`p tarkalgan filptrlar qatoriga kiradi. Ularning ishlatilish joylari agressiv gaz taosiriga va yuqori temperaturaga chidamli bO`lgan materiallar (matolar) yaratilish natijasida kengaymoqda.
    Matoli filptrlarda ikki turdagi filptrlash materiallari qO`llaniladi: tukish dastgohlarida tayyorlangan oddiy matolar va tolalarni igna bilan mexanik usulda tukilgan matolar. Bunda mato tolalari oraligi 100 – 200 mkm ga etadi.
    Matolarga quyidagi talablar quyiladi:
    1) filptrlashda yuqori hajmda chang ushlab qolish;
    2) changlangan holatda yuqori havo O`tkazish xususiyatini saqlab qolish;
    3) yuqori mexanik mustahkamlik va kO`p marotaba egilishlardagi ishkalanishga, yuqori temperaturaga va gazlar tarkibidagi ximiyaviy qO`shimchalarni agress taosiriga chidamlilik;
    4) yig`ilgan changdan oson ozod bO`lish;
    5) arzon narx.

    Matoli filptrlar xarakteristikasi


    Toza holdagi filptrlovchi matolarning aerodinamik xususiyatlari havo O`tkazish xossasi – maolum bir bosim O`zgarishi Rt da havo sarfi bilan xarakterlanadi. Bunda bosim O`zgarishi Rt q 49 Pa ga teng bO`ladi. Havo O`tkazish m3 (m2.min) da ifoda etiladi. Son jixatdan u filptrlash tezligiga teng. Changlanmagan matolar qarshiligi Rt havo O`tkazish darajasi 0,3 – 2 m3 (m2.min) bO`lganda 5 – 40 Pa ni tashkil etadi.
    Changlangan sari matoning aerodinamik qarshiligi ortadi, filptr orqali O`tayotgan gaz sarfi esa kamayadi. Mato teskari yO`nalish bo`yicha havo xaydash, mexanik silkitish yoki boshqa usullar yordamida tozalanadi. Bir necha filptrlash-tozalash tsikllaridan keyin matodagi qoldik changlar soni barqarorlashadi; u matoning muvozanatdagi changlanishi q (kg/m2) deb ataluvchi kattalikka va muvozanatdagi changlangan matoning qoldik qarshiligi Rr ga mos keladi. Bu kattaliklarning qiymati filptrlovchi material turiga, chang zarrachalarining O`lchamlari va xossalariga, gazning nisbiy namligiga, changdan ozod qilish usuliga va boshqa faktorlarga bog`liq bO`ladi.
    Hozirda mavjud materiallar kO`rsatib O`tilgan xossalarga tO`liq ega emas. Shu sababli ularni tozalash sharoitlariga qarab mos ravishda tanlanadi. Masalan, paxta-kog`oz matolari yaxshi filptrlash xossalariga ega, narxi arzon, lekin etarli bO`lmagan ximiyaviy va termik chidamlilikka, yuqori yonish va namtortish xususiyatlariga ega. Junli matolar havo O`tkazish darajasi yuqoriligi, yuqori darajada tozalash, changdan oson ozod bO`lish, agressiv gazlarga mustahkamligi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Lekin, shular bilan bir qatorda paxta-kog`oz matolarga qaraganda narxi baland, yuqori temperaturada uzok vaqt ishlaganda tolalari murtlashadi. Gaz temperaturasi 90oS gacha bO`lganda yaxshi ishlaydi.
    Sintetik matolar paxta va jundan tayyorlangan matolarga nisbatan uzlarining yuqori mustahkamligi, yuqori temperaturaga va agressiv taosirlarga chidamliligi, narxi arzonligi uchun ularni O`rnini egallamoqda. Ularning orasida 120–130oS temperaturada foydalaniladigan nitronli matolar ximiyaviy va rangli metallurgiyada keng qO`llaniladi. Lavsonli matolar tsement, ximiya va metallurgiya sanoatida issiq quruq gazlarni tozalashda foydalaniladi. Oynali matolar 150 – 350oS temperaturada ham O`z mustahkamligini yO`qotmaydi.

    Download 258 Kb.
      1   2




    Download 258 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tolali filtrlarning ishlash prinsipi

    Download 258 Kb.