Texnologik gazlarni tozalash uchun kerakli filptrlar




Download 258 Kb.
bet2/2
Sana22.01.2024
Hajmi258 Kb.
#143353
1   2
Bog'liq
TOLALI FILTRLARNING ISHLASH PRINSIPI

Texnologik gazlarni tozalash uchun kerakli filptrlar


Gazlarni tozalash matoli filptrlar ko`p ishlatiladi. Bulardan engli filptrlar keng miqyosda qo`llaniladi. engli filptrlarda bosim kuchining qarshiligi 60-120 mm suv ustuniga teng. englar qobig` ostidagi trubali tO`siqlarga mahkamlanadi (8.1-rasm). Changli gaz filptrning pastki qismidan kirib engli tO`qimalarda changlardan tozalanib, yuqoriga qarab harakat qiladi. Changlar va mayda zarrachalar filptr tO`siqlarida qoladi. Vaqt O`tishi bilan englarda chang qatlami kO`payib filptr tO`siqlarining qarshiligi ortib ketadi va natijada qurilmaning unumdorligi kamayadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan silkituvchi maxsus moslama yordamida filptr englari zarb bilan silkitilib, englar ustidagi changlar tO`kiladi va shnek orqali tashqariga chiqariladi. Bahzi filptrlar mexanik silkitish bilan birga, ulrning englari tozalanayotgan gazning yO`nalishiga qarama-qarshi yO`nalishda havo bilan puflab tozalanadi. Bunday filptrda englarning diametri 20-25 sm, uzunligi 2,5-4 m bO`lib bir necha sektsiyalardan iborat bO`ladi. engli filptrlarda yuqori temperaturali gaz aralashmalarini tozalash mumkin emas. Agar filptrning englari paxtali gazlamadan bO`lsa, u 650S da, junli gazlamadan bO`lsa 80-900S gacha ishlaydi. engli filptrlarda mayda dispers gaz aralashmalarining tozalanish tempiraturasi 60-700S ga teng.
Kamchiligi: englar tez ishdan chiqadi va teshiklari berkilib qoladi; yuqori temperaturadagi va nam gazlarni tozalash mumkin emas. Yuqori temperaturali (qizigan) gazlarni tozalash uchun filptrning englari jun gazlamalarga kapron tolalaridan qO`shib tayyorlanadi. Bundan tashqari, filptr englari sifatida shisha tolali gazlamalar ham ishlatiladi.
Yuqori temperaturadagi changli gazlarni tozalash uchun g`ovaksimon patronlari metallokeramikadan tayyorlangan filptrlar ishlatiladi.



8.1-rasm. engli filptr:
1,3-gaz kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 2-matodan tayyorlangan englar ; 4-tebrantiruvchi qurilma; 5-englarning pastki qismi maxkamlangan tO`siq; 6-chang tushadigan bunker; 7-chang uzatadigan shnek.

8.2-rasm. Metall – keramikadan tayyorlangan patronli filotr;
1-qobig`; 2- filptr elementlari; 3-patronlarni maxkamlash uchun tO`siq; 4- regeneratsiya uchun qisilgan xavo kiruvchi shtutser; 5-chang tushadigan bunker.

8.2-rasmda metallokeramik materialdan tayyorlangan filptrlovchi elementlar (patronlar) tO`siqqa mahkamlangan. Changli gaz filptrlovchi elementdan O`tib, tozalangan gaz qurilmaning yuqorigi qismidan chiqib ketadi. Changlar filptrlovchi elementlarning ustki yuzasida va teshiklarida ushlanib qoladi. Filptrlovchi elementlarning g`ovaklari tO`lib qolgandan keyin ular qisilgan havo yordamida yoki tozalangan gaz bilan puflab regeneratsiya qilinib, yana qaytadan tozalash tsikli davom ettiriladi.

8.3 rasm. KO`p sektsiyali engli filptr.

1- changli gaz kiradigan shtutser; 2-regeneratsiya qilish uchun tebrantiruvchi qurilma; 3-tozalangan gaz chiqadigan shtutser; 4-sektsiyaning klapani; 5- englar osib qO`yiladigan rama; 6- changni uzatish uchun shnek.


8.3-rasmda kO`p sektsiyali engli filptr kO`rsatilgan har bir sektsiyada bir necha englar bor. Changli gaz sektsiyalarning pastki qismidan englarning ichiga kiradi, filptrlovchi mato orqali O`tib tozalanadi, sO`ngra qurilmaning yuqorigi qismidagi shtutser orqali tashqariga chiqariladi. Chang asta-sekin englarning ichki yuzasiga O`tirib, filptrdagi bosim yO`qolishini kO`paytiradi. Chang qtlamining balandligi tegishli qiymatga etganda, gaz berilishi tO`xtatiladi, tebrantiruvchi qurilma yordamida chang englardan ajralib bunkerga tushadi. SO`ngra englarni regeneratsiya qilish uchun toza xavoning tezkari oqimi yuboriladi. Bu oqim filptr tO`siqdan O`tib, uning filptrlash qobiliyatini tiklaydi. Ushbu filptrning ish rejimi avtomatik boshqariladi.
engli filptrlar odatda bosim qiymati 2,5 kPa gacha ishlaydi. Filptrlarning ayrim turlarida katta bosim yoki vakuum qO`llaniladi. Masalan, G4-5FM filptri 20 kPa gacha bosim bilan, FRU-14, FVS-45, va FVR-30 filptrlari esa siyraklanish rejimida ishlaydi.
Impulg`cli puflanadigan engli filptrning englarini tebrantirish O`rniga qisilgan havo bilan 0,1-0,2s davomida impulpsli puflash ishlatiladi. Qisilgan havoning ortiqcha bosimi 400-800 kPa ga teng. Impulpslarning chastotasi minutiga 5-10 ta. Filptrlovchi material sifatida lavsanli mato qO`llaniladi. Bunday filptrlar NIIOGAZ (Gazlarni tozalash ilmiy-tadqiqot instituti) da ishlab chiqilgan va kimyo, oziq-ovqat, metallurgiya sanoatida xamda qurilish materiallari ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ishlatilgan filptrlarni regeneratsiya qilish, yaoni dastlabki xossalarini tiklash, sektsiyalarning ishini tO`xtatmagan xolda amalga oshiriladi.

Adabiyotlar:




1. Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992 y.
2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997, 112b.
3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995, 320 b.
4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988, 192b.
5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.Ukituvchi, 1994.
6. www.ziyonet.uz
Download 258 Kb.
1   2




Download 258 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik gazlarni tozalash uchun kerakli filptrlar

Download 258 Kb.