|
TA'LIM XIZMATINI KO'RSATISH NARXI, TO'LASH MUDDATI VA TARTIBI
|
bet | 2/4 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 28,09 Kb. | | #122783 |
Bog'liq shartnomaTA'LIM XIZMATINI KO'RSATISH NARXI, TO'LASH MUDDATI VA TARTIBI
"Ta'lim muassasasi"da o'qish davrida ta'lim xizmatini ko'rsatish narxi Respublikada belgilangan Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga bog'liq holda hisoblanadi. O'qitishning kunduzgi ta'lim shaklida ta'lim xizmati ko'rsatish narxining "stipendiyali" va "stipendiyasiz" shakllari mavjud bo'lib, ta'lim oluvchiga ushbu imkoniyatni tanlash uchun o'quv yili boshida rektor nomiga yozma ariza bilan murojaat etadi.
Ushbu kontrakt bo'yicha ta'lim oluvchini bir yillik o'qitish uchun to'lov 8 219 893 so'mni (Stipendiyasiz) tashkil etadi va quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Semestrlarga bo'lib to'langanda quyidagi muddatlarda:
kuzgi semestr (birinchi yarim yillik): talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15 sentabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun 1 oktabrgacha;
bahorgi semestr (ikkinchi yarim yillik): barcha talabalar uchun 1 martgacha (oyma-oy to'langan hollarda ham).
Choraklarga bo'lib to'langanda quyidagi muddatlarda:
belgilangan to'lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 15
1
18.09.2023
sentabrgacha yoki Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun 1 oktabrgacha;
belgilangan to'lov miqdorining kamida 50 foizini 1 yanvargacha, 75 foizini 1 aprelgacha va 100 foizini 1 iyulgacha.
Ushbu kontraktning 2.2. bandida ko'zda tutilgan to'lov muddatlarini o'zgartirish, talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun - Davlat komissiyasining qarori asosida, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar uchun - "Ta'lim oluvchi"ning asosli sabablari ko'rsatilgan holdagi yozma murojaatiga ko'ra "Ta'lim muassasasi" kengashining qarori asosida qabul qilinadi va bir semestr uchun amal qiladi.
TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
Ta'lim muassasasi majburiyatlari:
O'qitish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirgandan so'ng, "Ta'lim oluvchi"ni buyruq asosida talabalikka qabul qilish.
Ta'lim oluvchiga o'qishi uchun O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va "Ta'lim muassasasi" Ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarga muvofiq sharoitlarni yaratib berish.
Ta'lim oluvchining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari hamda ta'lim muassasasi Ustaviga muvofiq professor-o'qituvchilar tomonidan o'zlarining funksional vazifalarini to'laqonli bajarishini ta'minlash.
Ta'lim oluvchini tahsil olayotgan ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) bo'yicha tasdiqlangan o'quv rejasi va dasturlariga muvofiq davlat ta'lim standarti talablari darajasida tayyorlash.
O'quv yili boshlanishida ta'lim oluvchini yangi o'quv yili uchun belgilangan to'lov miqdori to'g'risida o'quv jarayoni boshlanishidan oldin xabardor qilish.
Respublikada belgilangan Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori yoki tariflar o'zgarishi natijasida o'qitish uchun belgilangan to'lov miqdori o'zgargan taqdirda ta'lim oluvchiga ta'limning qolgan muddati uchun to'lov miqdori haqida xabar berish.
Ta'lim oluvchining majburiyatlari:
Kontraktning 2.2. bandida belgilangan to'lov summasini shu bandda ko'rsatilgan muddatlarda to'lab borish.
Respublikada belgilangan Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori yoki tariflar o'zgarishi natijasida o'qitish uchun belgilangan to'lov miqdori o'zgargan taqdirda, o'qishning qolgan muddati uchun ta'lim muassasasiga haq to'lash bo'yicha bir oy muddat ichida kontraktga qo'shimcha bitim rasmiylashtirish va to'lov farqini to'lash.
Ta'lim oluvchi o'qitish uchun belgilangan to'lov miqdorini to'laganlik to'g'risidagi bank tasdiqnomasi va kontraktning bir nusxasini o'z vaqtida hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ta'lim muassasasiga topshirish.
Tahsil olayotgan ta'lim yo'nalishining (mutaxassisligining) tegishli malaka tavsifnomasiga muvofiq kelajakda mustaqil faoliyat yuritishga zarur bo'lgan barcha bilimlarni egallash, dars va mashg'ulotlarga to'liq qatnashish.
Ta'lim muassasasi va talabalar turar joyining ichki nizomlariga qa'tiy rioya qilish, professor- o'qituvchilar va xodimlarga hurmat bilan qarash, "Ta'lim muassasasi" obro'siga putur yetkazadigan harakatlar qilmaslik, moddiy bazasini asrash, ziyon keltirmaslik, ziyon keltirganda o'rnini qoplash.
TOMONLARNING HUQUQLARI
Ta'lim muassasasi huquqlari:
O'quv jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish, "Ta'lim oluvchi"ning oraliq va yakuniy nazoratlarni topshirish, qayta topshirish tartibi hamda vaqtlarini belgilash.
O'zbekiston Respublikasi qonunlari, "Ta'lim muassasasi" nizomi hamda mahalliy normativ-huquqiy
hujjatlarga muvofiq "Ta'lim oluvchi"ga rag'batlantiruvchi yoki intizomiy choralarni qo'llash.
Agar "Ta'lim oluvchi" o'quv yili semestrlarida yakuniy nazoratlarni topshirish, qayta topshirish
2
18.09.2023
natijalariga ko'ra akademik qarzdor bo'lib qolsa uni kursdan-kursga qoldirish huquqiga ega.
"Ta'lim muassasasi" "Ta'lim oluvchi"ning qobiliyati, darslarga sababsiz qatnashmaslik, intizomni buzish, "Ta'lim muassasasi"ning ichki tartib qoidalariga amal qilmaganda, respublikaning normativ- huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sabablarga ko'ra hamda o'qitish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmaganda "Ta'lim oluvchi"ni talabalar safidan chetlashtirish huquqiga ega.
|
| |