• 4-modda.
  • Topshirdi




    Download 59,88 Kb.
    bet3/3
    Sana12.02.2024
    Hajmi59,88 Kb.
    #155282
    1   2   3
    Bog'liq
    Otajonov Sarvar Pul va banklar

    1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 6-mayda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘RQ-33-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 5, 216-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 4, 340-modda) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
    “Moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin.
    Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Moliyaviy iste’mol kreditining naqd pulda berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
    2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
    3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
    4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



    1. Inflatsiya uning oqibatlari, uni oldini olish choralari



    Inflatsiya (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish), pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar miqdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.

    Inflyatsiyaga qarshi siyosat - narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.


    Inflyatsiyaga qarshi siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin.
    Inflyatsiyaga qarshi siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi:
    -yalpi talabni tartibga solish;
    -yalpi taklifni tartibga solish.
    Keyingi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va ishsizlikni kamaytiradi.
    Ammo bunday inflyatsiyaga qarshi siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan.
    Inflyatsiyaga qarshi siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik, keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi.
    Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
    Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlarning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi. Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli, u qisqa muddatda samara berishi zarur.
    Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan inflyatsiyaga qarshi siyosatining yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi. Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish sur’ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi.
    Inflyatsiyaga qarshi siyosatining monetar usullarga muqobil bo’lgan variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishi ni muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko’zda tutadi.
    Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumat tomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi.



    Download 59,88 Kb.
    1   2   3




    Download 59,88 Kb.