3-topshiriq.
,,VENN‘‘ diagrammasi.
1. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” fani bolani ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvurlarni shakllantirish, ijtimoiy pedagogik faoliyatning oʻziga xosliklari va uning gumanistik yoʻnalganligini yoritib berish, turli toifadagi bolalar bilan pedagogik faoliyat olib borishning asosiy metod va shakllarini oʻrganish tamoyillari, unga qoʻyilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari,barkamol avlod tarbiyasida nutqni toʻgʻri shakllantirih yoʻllari va ish samaradorlig, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, va uning tamoyillari, qonuniyatlari,maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarni ijtimoiy faoliyatga oʻrgatish ishiga tayyorlashdan iboratdir. Bolalarning ijtimoiy moslashuvi faninig obyektibu bola. Ushbu fan maqsadi — ilk va maktabgacha yoshdagi bolava sotsium oʻzaro ta’siriga ilmiy pedagogik asos boʻlish, amaliyot ishlar darajasida bu oʻzaro ta’sirini har tomonlama uygʻun boʻlishi uchun ijtimoiy.— pedagogik faoliyatni ilmiy asosini sifat va samaradorligini yuqori koʻtarish. Ushbu maqsadga erishish ilmiy fan sifatida ijtimoiy — pedagogika vazifasi orqali hal etiladi. Bular bilim (tadqiqot) variantlari tavsiya beruvchi, ta’limiy, oʻzaro bogʻlovchi vazifalaridir.
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fani ilk va maktabgacha yoshdagi sogʻlom, anomal bolalarning ijtimoiylashtirish qonuniyatlarini, bir muhitdan ikkinchi muhitga oʻtganda moslashuvchanlikgini, oilada, mahallada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy tarbiya olishi, anomal bolalarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga yordam berish, ularda shaxsni shakllantirish,maktabgacha yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishni oʻrganuvchi fandir.
2. Nazariy vazifa: ijtimoiy pedagogik bilimlarni toʻplab zamonaviy jamiyatda oʻrganayotgan jarayon va xodisalarning toʻliq tasvirini tuzishga intilishda namoyon boʻladi.
Amaliy vazifalarga: - ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliy-pedagogik va psixologik yoʻnalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlar kiradi. Bunday ishlar qatoriga bolalar (yoshlarda) ongida, xatti-harakatida ijobiy fazilatlarning shakllanishiga yaqindan yordam beruvchi, yoʻl – yoʻriq, shakl, vositalarini aniqlash va ularni tadbiq etish, har qanday vaziyatdan mustaqil chiqib ketishning samarali yoʻllarini aniqlash, atrofdagi kishilar bilan muomala qilishni oʻrganish, hayot mazmuni va maqsadini aniklashga doir tavsiyalar berish; ularda jamiyatdagi xuquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish, hamda mustaqillik, oʻziga ishonch xissini shakllantirish;
Insonparvarlik vazifasi - shaxsning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beruvchi ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtirish uchun maqsadlarni ishlab chiqishda oʻz ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insoniyligi bola va pedagog oʻrtasidagi munosabatlarni qattiqqoʻllik bilan emas, oʻzaro tushunish orqali hal qilishga asoslanadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlariga dalda berish, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaning vazifalari kengayib bormokda.. Shunga koʻra bunday vazifalar qatoriga tarbiyaviy, ijtimoiy-xuquqiy, ijtimoiy reabilatatsiya ishlarini koʻrsatish mumkin.
Tarbiyaviy vazifa bolani atrof muhitga qoʻshilish, uning ijtimoiylashuv jarayoni, oʻquv va tarbiya jarayoniga koʻnikishini koʻzda tutadi.
Ijtimoiy - huquqiy vazifa - davlatning bolalarga gʻamxoʻrligi, ularning huquqiy himoyasini bildiradi.
Ijtimoiy reabilitatsion vazifa - nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va oʻquv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy ijtimoiy vazifalarni pedagog bajaradi. Shunday ekan, oʻzining pedagogik faoliyatida quyidagilarga oʻz e’tiborini qaratishi lozim:
falokatga uchragan bola(oʻsmir)larga yordam koʻrsatish. Inqirozdan chiqish yoʻllarini topish, qiyin vaqtda qoʻllab-quvvatlash;
bola(oʻsmir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini oʻrganish;
bolani oʻrab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatini tahlil qilish;
ilgʻor pedagogik tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish, oʻzlashtirish, ommalashtirish;
u bola(oʻsmir) faoliyatini oʻz-oʻzini tarbiyalash, oʻz-oʻzini oʻqitish va oʻz hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ;
bola (oʻsmir) muammolarini hal qiluvchi, uning inqirozi, huquqlariga aloqador tashkilot, mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shugʻullanish;
ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini oʻrganishni tashkil qilish, bu borada takliflarni kiritish;
3. Ijtimoiylashuv vositalari Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, Shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari-muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan Shug’ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori Shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo’llaniladi::
-go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go’daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o’yinlar;
-ilk maktab davri-o’quv faoliyati;
- o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
4.Bolalarning ijtimoiy moslashuvi fanining “Ijtimoiy pedagogika” negizida boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi
Falsafa vaijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borligʻi masalalarini oʻrtaga qoʻyadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashining umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning“ ijtimoiy tarbiya falsafasi” boʻlimi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak boʻladi.
Etika vaijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi.Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. Falsafa,ijtimoiy tarbiya nazariya va uslubiyatining boshqa muammolarini oʻrganadi.
Sotsiologiya vaijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar vaijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fanijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini oʻrgana turibijtimoiy bitimlar sohalarining birqator ma’lumotlari: (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya vaijtimoiy pedagogika. Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini oʻrganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy oʻz-oʻzini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini oʻrganuvchi bilim sohasi.Ijtimoiy tarbiya sotsiologiya va psixologiya inson hayotining yosh davrlarga boʻlinishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda u yoki bu yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan oʻrnini belgilaydigan omillar ijtimoiylashuv va tarbiyaning etnik va qonuniyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanadi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini aniqlashda, tarbiya tizimini tashkil qilishda inobatga olish lozim. Shu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasidaijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadida muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va oʻrnini toʻldirish ham mumkin.
5.Jamiyat o’zining qurilishiga ko’ra turli xildagi o’zaro bog’langan va o’zaro ta'sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut – insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va artibga solinganligini o’rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat mе'yorlari va axloq qoidalarini o’zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut dеb nomlash mumkin va bularga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradiOila – ijtimoiylashishning yеtakchi instituti, bu orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum baho va eng yuksak maqsad qilishni o’zlashtiradi, hayotida nima kеrak bo’lsa shu jamiyatdan oladi.O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari.Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini to`laroq anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tushunishning aniq va favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash uchun yuqoriroq o`qtariladi.Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab beradi.Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shuqullanadi. Sotsiologiya- insonning ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir. Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida, shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish imkonini beradi.
Sotsiologiya keyingi 2-3 asr davomida kishilik jamiyatida yuz bergan o`zgarishlarni o`rganish asosida maydonga keldi. Hozirgi ijtimoiy dunyoning eng muhim xususiyatlari orasida sanoatlashuv, urbanizatsiya va siyosiy tizimlarning yangi tiplarini sanab o`tish mumkin.
Sotsiologiya boshqa fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xudq- atvorini o`rganadi. Sotsiologiya antropologiya, tarix, iqtisod va siyosatshunoslik orasidagi aloqalar muhimdir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab jarayon. Bir tomondan har qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga javob bermaydi. Jamiyat o`z tuzilishiga ega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir-biriga ta'sir etadigan davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil etish va boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning rivojlanishi va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi shaxsning shakllanishi uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular ijtimoiylashtirish institutlari nomini olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi.
|