|
Topshiriqlar
|
bet | 1/4 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 29,38 Kb. | | #267967 |
Bog'liq 14-Amaliy.Yashil iqtisodiyot.
14-AMALIY MASHG‘ULOT. O‘ZBEKISTONDA IQLIM O‘ZGARISHLARI OQIBATLARIGA MOSLASHISH VA TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH YO‘LLARI.
Mashg‘ulotning maqsadi: Mavzu bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish
TOPSHIRIQLAR
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zaruriyatini asoslang.
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasining maqsadi, tamoyillari va vazifalarini sharhlang.
Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi qanday tamoyillarga asoslanadi?
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish startegiyasining amalga oshirish bosqichlari va ustuvor yo‘nalishlarini sharhlang.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish startegiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari nimalardan iborat?
Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda?
Mamlakatimizda energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iborat?
O‘zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanishning maqsadli ko‘rsatkichlarini tavsiflab bering.
Asosiy tushunchalar
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmasi – qayta tiklanadigan manbalardan elektr, issiqlik energiyasi yoki biogaz ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnologik uskunalar to‘plami.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari – o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan tabiiy jarayonlar hisobidan uzluksiz qayta tiklanadigan va quyidagilarni o‘z ichiga oladigan energiya manbalari: quyosh nuri energiyasi, shamol energiyasi, suvning gidrodinamik energiyasi, geotermal energiya - tuproq, yerosti suvlari, daryolar, suv havzalari issiqligi, shuningdek, birlamchi energiya resurslarining antropogen manbalari - biomassa, biogaz hamda elektr va (yoki) issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan organik chiqindilardan boshqa yoqilg‘i.
|
| |