|
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot
|
bet | 2/4 | Sana | 19.07.2024 | Hajmi | 29,38 Kb. | | #267967 |
Bog'liq 14-Amaliy.Yashil iqtisodiyot.Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot – qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlaydigan va bunday qurilmalarni sotishdan oladigan sof daromadi ulushi sotishdan tushadigan sof daromadning umumiy hajmida hisobot soliq davri yakunlari bo‘yicha kamida 50 foizni tashkil qiladigan yuridik shaxs.
Tashkilotni qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish qurilmalari tayyorlashga ixtisoslashgan tashkilot sifatida identifikatsiyalash – tashkilotlar uchun qonunchilikka muvofiq nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash maqsadida davlat soliq xizmati organi tomonidan tashkilotni uning yil yakunlari bo‘yicha soliq hisoboti bilan birga taqdim etadigan ma’lumotnoma-hisob-kitob asosida aniqlash.
Chiqindilar – ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xom ashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar).
Chiqindilarni utilizatsiya qilish – chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish.
Chiqindilarni qayta ishlash – chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish.
Davlat-xususiy sheriklik – davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
Davlat sherigi – O‘zbekiston Respublikasi bo‘lib, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa organlar (tashkilotlar) yoki ularning birlashmalari uning nomidan ish yuritadi;
Xususiy sherik – O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan tadbirkorlik faoliyati sub’ekti va shunday sub’ektlarning birlashmasi.
|
| |