|
To‘rtqutbliklar reja: To’rtqutbliklar haqida umumiy tushuncha
|
bet | 1/2 | Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 9,98 Kb. | | #154216 |
Bog'liq To’rtqutbliklar haqida umumiy tushuncha To’rtqutbliklarning sxem-fayllar.org (1)
To’rtqutbliklar haqida umumiy tushuncha To’rtqutbliklarning sxemasi Passiv to’rtqutbliklar va uning tenglamalari
TO‘RTQUTBLIKLAR
REJA:
To’rtqutbliklar haqida umumiy tushuncha
To’rtqutbliklarning sxemasi
Passiv to’rtqutbliklar va uning tenglamalari
To’rtqutbliklar haqida umumiy malumoti
TO’RTQUTIBLIKLARNING SXEMASI
Ikkita kirish va ikkita chiqish qismalariga ega bo’lgan zanjirning qismi
to’rtqutblik deb ataladi. Bunda to’rtqutblikning energiya manbai ulanadigan
qismalari kirish, yuklama ulanadigan qismalari esa chiqish qismalari hisoblanadi.
Elektr sxemalarda to’rtqutblik 1-1' kirish va 2-2' qismalari bo’lgan to’g'ri
to’rtburchak ko’rinishda belgilanadi (1-rasm, a).
Elektr energiyani uzatish liniyasi (1-rasm, b), transformator (1-rasm, v),
rostlanuvchi rezistor (1-rasm, g), to’g'rilagich qurilmasi, ko’prik sxemalari, elektr
filtrlar, kuchaytirgichlar va boshqa ko’pgina qurilmalar to’rtqutblik sifatida
qaralishi mumkin.
Agar to’rtqutblik ichida energiya manbai mavjud bo’lsa, u holda u aktiv, aks holda esa passiv deb ataladi hamda to’g'ri to’rtburchak ichiga mos ravishda A va P harfini yozish bilan farqlanadi. Agar to’rtqutblik faqat chiziqli elementlardan tashkil topgan bo’lsa, u holda u chiziqli to’rtqutblik, tarkibida hech bo’lmaganda bitta nochiziq elementi bo’lgan to’rtqutblik esa nochiziq to’rtqutblik deb ataladi.
Agar to’rtqutblik qismalari o’rni almashtirilganda, ya'ni kirish qismalari yuklamaga, chiqish qismalari energiya manbaiga ulanganda, uning kirish va
chiqish toklari o’zgarmasa, u holda bunday to’rtqutbliklar simmetrik, aks o’olda
esa nosimmetrik deb ataladi. To’rtqutblik elementlarining o’zaro ulanish sxemalariga ko’ra G-simon (2-rasm, a), T-simon (2-rasm, b) va P-simon (2-rasm, v) almashlash sxemali to’rtqutbliklarga bo’linadi.
To’rtqutblikni hisoblash deganda uning umumlashgan parametrlaridan
foydalanib kirish va chiqish tok va kuchlanishlarini topish tushuniladi. Ixtiyoriy
passiv to’rtqutblikda kirish toki 1 I va kuchlanishi 2 U , uning chiqish toki 2 I va
kuchlanishi 1 U quyidagi ikkita asosiy tenglama bilan ifodalanadi:
bu yerda A, B, C, D - to’rtqutblikning kompleks koeffitsiyent (doimiy) lari. Bu
koeffitsiyentlar to’rtqutblik elementlarining ulanish sxemalariga va elementlarning
xarakteriga bog’liq bo’lib, A B -C D =1 munosabat bilan aniqlanadi.
To’rtqutblikning yuqorida keltirilgan asosiy tenglamalari asosida uning turli xil
almashlash sxemalarini hosil qilish mumkin. Bu sxemalar to’rtqutblik umumiy
xossalarini tahlil qilishni osonlashtiradi. Amaliyotda ko’pincha T-simon va Psimon almashlash sxemalardan keng foydalaniladi.
|
| |