• Buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib aytganlaridek, ―Dunyoda ikki turli inson haqiqiy inson sanaladi
  • O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti – Sh. Mirziyoyev. Kirish
  • §-XVIII.7. Comprehensive environmental assessment of the Republic of




    Download 8.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/424
    Sana31.10.2023
    Hajmi8.64 Mb.
    #91744
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   424
    Bog'liq
    EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov (1)
    Axborot xavfsizligi.Nodira, 1212, 1-Topshriq, Kanalizatsiya va oqava suvlarni tozalash. Djalillova A, Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari, Elektrotexnika materiallari, AZIZA OPA ISH REJA TAYYOR, 2 topshiriq Pedagogika.Psixologiya

    §-XVIII.7. Comprehensive environmental assessment of the Republic of 
    Uzbekistan. 
    Glossary of terms. 
    Applications 
    List of references 


    Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
    16 
    Buyuk mutafakkir Yusuf Xos 
    Hojib aytganlaridek, ―Dunyoda ikki 
    turli inson haqiqiy inson sanaladi: 
    ―Biri-o‗rgatuvchi; biri-o‗rganuvchi‖. 
    Men sizlarning har biringizga ana 
    shunday haqiqiy inson bo‗lish baxti 
    nasib etishini tilayman. 
    O‗zbekiston Respublikasi  
    Prezidenti – Sh. Mirziyoyev. 
     
    Kirish 
    Ekologik muammolarni hal etish, fan va texnikaning barcha sohalarida ulkan 
    mehnatni talab qiladi. Barcha ekologik faoliyatning nazariy asosi ekologiya fanidir. 
    Faqat tabiiy, texnogen va ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining ob'ektiv 
    qonuniyatlarini bilish tabiat bilan uyg'unlashishga va ijtimoiy nizolarni hal qilishga 
    imkon beradi. Ilmiy asoslanmagan atrof-muhit chora-tadbirlari foydasiz va ba'zan 
    zararlidir. Ularni ham ekologik, ham iqtisodiy jihatdan, amalga oshirish tabiat va 
    inson salomatligini himoya qilish xayolotini keltirib chiqaradi, holos. 
    Ekologik muammolar universaldir, chunki biosfera davlat chegaralarini tan 
    olmaydi. Insonning umumiy muammolari ham universal vazifalarni keltirib 
    chiqarmoqda
    1
    .  
    Tabiatning ekologik holatini buzilishi–tuproq, havo va suvning tiriklik uchun 
    zararli moddalar bilan ifloslanishi, zaharlanishi, o‗simlik va hayvonlarning
    foydali turlarini kamayib ketishi, tabiiy landshaftlarning tez o‗zgarishi, yangi 
    qishloq va shaharlarning paydo bo‗lishi, aholi sonining ko‗payishi, energiya, suv 
    va oziq-ovqatga bo‗lgan talabning o‗sishi natijasida rivojlanish markazlarining 
    tabiat ichkarisiga o‗zlashtirilmagan joylariga kirib borishi insonning yashash 
    muhitini tubdan o‗zgarishiga sabab bo‗lmoqda. Shu sababli atrof-muhitni
    muhofaza qilish bu bir kichik mintaqaning emas, balki katta bir qit‘aning, 
    undagi xalqlarning, davlatlarning halqaro muammosiga aylanib qolmoqda.
    Dunyoning turli joylarida yuzaga kelgan ekologik ofatlar yil sayin
    ko‗payib bormoqda. Insonlar tabiatga tuzatib bo‗lmaydigan zarar 
    etkazmoqdalar, tabarruk tuproq, zilol suvlar va musaffo havo zaharlanmoqda,
    ifloslanmoqda, o‗simlik turlari va hayvonlar zotining kamayishiga sabab
    bo‗lmoqda, turli kasalliklar kelib chiqmoqda. Agar biz tabiat qo‗ynida tinch 
    va sog‘lom yashashni xohlasak, tabiat qonunlarini o‗rganishimiz, 
    o‗zlashtirishimiz va ular asosida o‗z hayot faoliyatimizni, ish rejalarimizni, 
    dasturlarimizni tuzishimiz kerak bo‗ladi. Aks holda, bizning barcha harakatlarimiz 
    bexuda ketadi. Tabiatning ekologik qonunlarini, organizmlarning bir-birlari va 
    1
    ЭКОЛОГИЯ: Учебник для технических вузов / Л. И. Цветкова, М. И. Алексеев и др.; Под 
    ред. Л. И. Цветковой. - М.: Изд-во АСВ, СПб.: Химиздат, 2001. - 552 с: 


    Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
    17 
    ularning atrof-muhit bilan doimiy munosabatlarini chuqur o‗rganib etgandan 
    keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor bo‗la olamiz. Atrof-muhitni 
    muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning 
    eng muhim ekologik muammosi hisoblanadi va bu muammo 8,3 mlrd. aholi
    hamda ular yashayotgan davlatlar manfaatini o‗z ichiga qamrab oladi. Bu 
    muammo yer yuzidagi jonzotlar, shu jumladan, eng avvalo insonlar salomatligini 
    saqlashni ko‗zda tutadi. Fan-texnikaning rivojlanishi jamiyatga misli
    ko‗rilmagan yutuqlar keltirish bilan bir qatorda, jamiyat bilan tabiat
    o‗rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga, ekologik holatning
    yomonlashishiga, tabiiy resurslarning isrof bo‗lishiga, suv, havo, tuproqning 
    ifloslanishiga, zaharlanishiga, o‗simlik va hayvonlarning kamayib ketishiga, 
    katta-kichik ekotizimlarning, ularning biotik birliklari bo‗lmish biomlarning
    parchalanishiga, buzilishiga olib keldi. Yer yuzining turli mintaqalarida
    vujudga kelgan ekologik muammolar ‖Ekologik tanglik‖, hattoki, ‖Ekologik 
    halokat‖ kabi tushunchalarni keltirib chiqardi. 
    Shu o‗rinda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 21 
    aprel kungi ‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
    boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‗g‘risida‖gi PF-5024 sonli farmoni, shu 
    kungi ‖O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
    davlat qo‗mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‘risida‖gi PQ-
    2915-sonli qarorini ta‘minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori va Vazirlar 
    Mahkamasining 2017 yil 23 Maydagi 310-son qaroriga muvofiq O‗zbekiston 
    Respublikasi ‖Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi 
    to‗g‘risida Nizom‖
    2
    i yuqorida aytib o‗tilgan masalalarni yechim topishida 
    ahamiyati katta ekanligini aytib o‗tishimiz joyizdir. Hozirgi globallashuv sharoitida 
    raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal 
    sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangi yondashuv hamda tamoyillarni 
    ishlab chiqish va ro‗yobga chiqarishni taqazo etmoqda
    3

    Ekologik tanglik va halokatlarning oldini olishda, jamiyat va tabiat
    o‗rtasidagi ekologik ziddiyatlarni hal etishda ekologiya fanining so‗nggi
    yillarda erishgan yutuqlarini amaliyotda qo‗llash katta ahamiyatga ega. Yil
    sayin ‖Ekologiya‖ fani oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‗yilmoqda. Ekologiya
    fanining oldida turgan amaliy vazifalar quyidagilardan iborat: 1) toza muhitda
    hozirgi va kelajak avlodlar sog‘ligini ta‘minlash; 2) tabiiy boyliklardan oqilona
    foydalanish bilan bir qatorda chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish; 3) 
    sun‘iy ekotizimlarning (qishloq xo‗jaligi) doimiy va yuqori hosildorligini 
    ta‘minlash; 4) aholining turli tabaqalariga ekologik ta‘lim va tarbiya berish
    yo‗li bilan tabiat muhofazasini amalga oshirish. Ekologiya fanining butun 
    faoliyati, yutuqlari, yo‗nalishlari yuqorida ta‘kidlangan muammolarni hal qilishga 
    qaratiladi.
    2
    Ekologiya xabarnomasi. № 5 (193) 2017. 
    3
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‖O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
    strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni. ‖O‘zbekiston ovozi‖, 2017 yil, 9 fevral. 


    Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
    18 
    Ekologiya mustaqil fan bo‗lib, uning ob‘ektiv usullari, o‗ziga xos tili,
    amaliy vazifalari bor. Ekologiya tirik tabiatda uchraydigan turlar, tur vakillarining
    populyatsiyasi (guruhi)ni, turlar hosil qiluvchi turli birlashmalar (tsenozlar)ni,
    biotsenozlarni, ekotizimlarni va ularning ko‗payishini, rivojlanishini, hamda
    tarqalishini, ularning o‗zaro va muhit bilan munosabatlariga oid
    qonuniyatlarini o‗rganadi. Ekologiyaning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri
    shundan iboratki, bu fan bepoyon dunyoda yo‗qolsa tiklanmaydigan har xil
    turlarning, tur vakillarining, genetik farqlanuvchi individlarning yashash 
    sharoitlarini, ularni o‗rab turgan va doim o‗zgaruvchan omillari ta‘sirini aniqlaydi. 
    Ekologiya – tabiatdagi oddiylikdan turli murakkab muammolarni, ular o‗rtasidagi 
    bog‘lanishlarni yoritish davomida, olingan bilimlar asosida muhitning ertangi
    kundagi holatini oydinlashtiradi, tabiatni muhofaza qilishga nazariy asos soladi, 
    uning mohiyatini va bu ish bir davlat yoxud millatning emas, balki halqaro, 
    millatlararo muammo ekanligini va bu muammolarni aql bilan bartaraf etish 
    lozimligini tushuntiradi. Zero, ‖Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati xatti-
    harakatda bilinadi‖
    4


    Download 8.64 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   424




    Download 8.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    §-XVIII.7. Comprehensive environmental assessment of the Republic of

    Download 8.64 Mb.
    Pdf ko'rish