• I I I BOB. KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI 138 AMALIY MASHG‘ULOT № Topshiriqlar 1-topshiriq.
  • 2-topshiriq.
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik



    bet101/265
    Sana14.05.2024
    Hajmi
    #233465
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi 2022 (2)

    TAYANCH TUSHUNCHALAR


    19-DARS
    KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
    KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
    137
    Intranetga
    ulanish uchun foydalanuvchilarga login va parollar taqdim etiladi va ular ma’lum 
    cheklovlar bilan cheklanadi.
    VPN
    (Virtual Private Network – xususiy virtual tarmoq) – yuqori tezlikka ega internet orqali 
    ulanish mumkin bo‘lgan himoyalangan kompyuterlar tarmog‘i. 
    Korxonaning dunyoning turli burchaklarida joylashgan ofislarini virtual tarzda yagona tar-
    moqqa birlashtirish uchun VPNdan foydalaniladi. 
    Virtual xususiy tarmoq deb atalishiga sabab, bunda ikkita lokal tarmoq bir-biri bilan Internet 
    (virtual muhit) orqali aloqa qiladi.
    VPN orqali bir ofis xodimi dunyoning boshqa bir burchagidagi ikkinchi ofis tarmog‘iga kirishi, 
    birorta kompyuterga ulanishi, u yerdagi videokameralarni kuzatishi mumkin. VPNda shunday 
    dasturiy ta’minot va texnik vositalar mavjudki, bir-biridan uzoqlarda joylashgan ikkita ofis 
    xuddi lokal tarmoqdagidek ishlay oladi. 
    Virtual xususiy tarmoqda ma’lumot almashish uchun himoyalangan kanaldan foydalaniladi. 
    Ya’ni Internet orqali uzatilayotgan ma’lumot yot foydalanuvchi tomonidan yashirin yoki 
    ruxsatsiz kuzatilmasligi uchun shifrlanadi.


    I I I BOB. 
    KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
    138
    AMALIY MASHG‘ULOT

    Topshiriqlar
    1-topshiriq.
    1.
    PAN – __________.
    a) butun mamlakat kabi katta hududda ishlaydigan tarmoq;
    b) barcha qurilmalarni ulaydigan bitta odam uchun qurilgan tarmoq;
    d) odatda, bitta uyni qoplaydigan juda kichik tarmoq;
    e) uy, maktab yoki ofis kabi kichik maydonda ishlaydigan tarmoq.
    2.
    Ethernet ___________.
    a) ikkita tarmoq tugunlari aloqa qilish usulini belgilaydigan qoidalar to‘plami;
    b) ma’lumotlar uzatish protokolining bir turi. U kompyuter, kalit va marshrutizatorlarni 
    birlashtirish uchun ishlatiladigan kabel va ulanish turlarini belgilaydi;
    d) kompyuter yoki tarmoqni Internetga ulaydi;
    e) kompyuterlarni tarmoqdan olib tashlashi, foydalanuvchilarga kirishni cheklashi 
    mumkin.
    3.
    “Internet – kompyuter tarmog‘ining namunasi”. Jumla to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? 
    Fikringizni asoslang.
    2-topshiriq.
    4.
    Kichik guruhlarda bajaring.
    Deylik, siz bir qurilmadan boshqa qurilmaga ma’lumotlar uzatish jarayonlariga duch 
    keldingiz. Jadval 2-ustuniga ma’lumot uzatish jarayonlari, 3-ustuniga esa ushbu 
    jarayonlarni amalga oshirish uchun qaysi tarmoqdan foydalanganingizni yozing 
    (tarmoq soni bitta yoki bir nechta bo‘lishi mumkin). 

    Download
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   265




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik