I I I BOB.  KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI



bet98/265
Sana14.05.2024
Hajmi
#233465
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi 2022 (2)

I I I BOB. 
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
134
Afzalliklari
Kamchiliklari
– tarmoqqa ulangan qurilmalar dasturiy 
ta’minot (va litsenziyalar), fayl va apparatlar bilan 
hamkorlikda oson ishlashi mumkin;
– fayllar va boshqa ma’lumotlarni tarmoq ichida 
tezlik bilan almashish mumkin, ularni Internetdan 
yuklash yoki elektron pochta orqali yuborish talab 
etilmaydi;
– tarmoqlar markazlashtirilgan tarzda 
boshqarilishi mumkin. Bunday holat o‘zgarishlarni 
amalga oshirish, foydalanuvchilarni kuzatish, 
dasturiy ta’minotni yangilash, apparat va dasturiy 
ta’minot bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish 
hamda resurslarni saqlashni osonlashtiradi.
– tarmoq yaratish uchun dastlabki 
o‘rnatish xarajatlari maktab yoki ofis 
sharoitida katta bo‘lishi mumkin, 
chunki kompyuterlar soni uchun yetarli 
resurslarga ega ekanligiga ishonch 
hosil qilish kerak;
– maxfiylik va ma’lumotlar buzilishi 
xavfi mavjud. Tarmoq administratori har 
bir foydalanuvchi tomonidan yaratilgan 
barcha fayllarga kirish huquqiga ega 
bo‘lishi mumkin;
– agar tarmoq to‘g‘ri himoyalanmagan 
bo‘lsa, bitta virusli kompyuter butun 
tarmoqqa zarar yetkazishi mumkin.
MAN
(Metropolitan Area Network – kengaytirilgan 
tarmoq) – katta tezlikda (100 Mbit/s) katta 
radiusga (bir necha o‘n km) axborot uzatish 
imkoniyatiga ega kengaytirilgan tarmoq. U bir-
biridan uzoq masofalarda joylashgan, lekin birorta 
yaxlit hududga mansub abonentlar orasida aloqani 
amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Qurilmalar 
o‘rtasidagi aloqalar uchun kabellar qo‘llaniladi. 
Tarmoq o‘z ichiga bir nechta oddiy lokal tarmoqni 
birlashtirishi mumkin. Undan turli shahar yoki 
davlat boshqaruv xizmatlari foydalanadi. Bunga 
avtomobillar tizimi yoki turli ijtimoiy tizimlarni 
boshqarishni misol keltirish mumkin. 
WMAN
(Wireless Metropolitan Area Networks – 
simsiz kengaytirilgan tarmoq) – bir-biridan uzoq 
masofalarda joylashgan, lekin birorta yaxlit hududga 
mansub abonentlar orasida aloqani amalga oshirish 
uchun xizmat qiluvchi simsiz kengaytirilgan tarmoq 
(taxminan bitta shahar doirasidagi hududga 
xizmat qiluvchi tarmoq). Radiokanal orqali keng 



Download
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   265




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I I I BOB.  KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI