I I I BOB.  KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI



bet96/265
Sana14.05.2024
Hajmi
#233465
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi 2022 (2)

I I I BOB. 
KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI
132
PAN
(shaxsiy tarmoq) – HANga 
o‘xshash, lekin undan kichikroq tarmoq. 
Yakka foydalanuvchi uchun yaratilgan 
tarmoq bo‘lib, tarkibiga unga ulangan 
kompyuter, smartfon, printer kabi barcha 
qurilmalar kiradi. HANdan farqli ravishda, 
PANdagi barcha qurilmalar IP-manzil 
yordamida ulanishi shart emas. Tarmo-
qning 
maqsadi alohida qurilmalarga bir-biri bi-
lan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilish imkonini 
berish orqali foydalanuvchi ishini yengillashtirishdan iborat. 
WPAN
(Wireless PAN – simsiz shaxsiy tarmoq) – simsiz qurilmalar: ko‘chma hamda 
cho‘ntak kompyuterlari simsiz ulangan bir necha metr masofani qamrab oluvchi tarmoq. 
WPAN turli maishiy va avtomatlashtiruvchi texnik qurilma, kompyuter, aloqa vositalari 
o‘rtasidagi simsiz tarmoq hisoblanadi. Bunga, shuningdek, Bluetooth klaviatura va 
quloqchinlari, aqlli soat kabi shaxsiy qurilmalar ham kirishi mumkin. Ba’zi qurilmalar Wi-Fi 
tarmog‘i orqali, boshqalari esa Bluetooth yoki USB yordamida ulanishi mumkin. Noutbukka 
simli USB orqali ulangan mobil telefon PANni, bir-biri bilan simsiz texnologiyalardan biri 
bo‘lmish Bluetooth orqali aloqa qiluvchi ikkita smartfon esa WPANni tashkil qiladi.
LAN
(lokal tarmoq) – bir yoki undan ortiq kom-
pyuterlarni bir-biriga ulovchi tarmoq. U bir 
bino yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan 
kompyuterlar orqali o‘zaro axborot almashish 
imkonini beradi. Lokal tarmoq uncha katta 
bo‘lmagan ma’muriy bino yoki maktab 
maydonidagi qurilmalarni o‘z ichiga qamrab olgan 
tarmoq hisoblanadi. Qurilmalarni ulash uchun 
aksariyat LANlar simli, simsiz ulanishlardan yoki 
ikkalasining kombinatsiyasidan foydalanadi. 
Masalan, statsionar kom-
pyuterlar va noutbuklar tarmoqqa kabel orqali, printer va mobil qurilmalar esa simsiz ulanishi 
mumkin. 



Download
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   265




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I I I BOB.  KOMPYUTER TARMOQLARI TUSHUNCHASI VA TURLARI