• I I I BOB. TARMOQ QURILMALARI 162
  • Tarmoq dasturiy ta’minotining asosiy vazifalari
  • Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik



    bet120/265
    Sana14.05.2024
    Hajmi
    #233465
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi 2022 (2)

    Tarmoq dasturlari
    Kompyuter tarmoqlarini loyihalashtirish, tashkil qilish va foydalanishni qo‘llab-quvvvatlashga 
    qaratilgan qator dasturlar tarmoq dasturiy ta’minotiga kiradi. Odatda, operatsion tizimlarda 
    tarmoq bilan ishlovchi tarmoq dasturiy ta’minoti alohida o‘rnatilgan bo‘ladi. U tarmoq admi-
    nistratorlariga tarmoqning ichki ishlash mexanizmini tushunish imkonini beradi hamda 
    tarmoqni boshqarish va nazorat qilishda yordam beradi. Shuningdek, shaxsiy kompyuter, 
    noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qurilmalarga o‘zaro bir-biriga hamda boshqa 
    tarmoqlarga ulanish imkoniyatini beradi. 
    Tarmoq dasturiy ta’minoti va tarmoq dasturlari o‘rtasidagi farqni tushunish muhim 


    I I I BOB. 
    TARMOQ QURILMALARI
    162
    ahamiyatga ega. Tarmoq dasturiy ta’minotidan, asosan, tarmoq administratorlari foydalanadi, 
    tarmoq dasturlari esa tarmoq ichida ishlaydigan foydalanuvchilarga turli amaliy vazifalarni hal 
    etish imkonini beradi.
    Agar tashkil etilayotgan tarmoqda server mavjud bo‘lsa, unga server operatsion tizimini 
    o‘rnatish lozim. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda, turli server operatsion tizimlari ichidan birini 
    tanlash mumkin. Qurilmalarni boshqarishga mo‘ljallangan dastur tarmoq administratoriga 
    tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar ishini nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi.
    Tarmoq dasturiy ta’minotining asosiy vazifalari:
    – kompyuter tarmoqlarini tashkil etish va ishga tushirish;
    – tarmoqdan foydalanuvchilarni qo‘shish yoki chiqarish; 
    – tarmoq administratoriga ma’lumotlarning tarqalib ketishi, ruxsatsiz foydalanilishi va tar-
    moqqa bo‘ladigan hujumlardan himoya qilishda yordam beradi;
    – tarmoq administratoriga ma’lumotlarni saqlash joylarini tashkil qilish, foydalanuvchilarga 
    esa ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi.

    Download
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   265




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent 2021 Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 11-sinfi uchun darslik