3-DARS
TARMOQ QURILMALARI
TARMOQ QURILMALARI
165
1. Ish stansiyasi va server o‘rtasidagi farqni qisqacha tavsiflab bering.
2. Modemning vazifasi nima?
3. Svitch va xabning farqi nimada?
4. Router nima va qanday vazifani bajaradi?
5. Tarmoq dasturlarining ikkita funksiyasini sanab o‘ting.
UYGA VAZIFA
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
№
Topshiriqlar
1.
Mahmud ofisdagi kompyuter va boshqa jihozlarni tarmoqqa ulamoqchi. U
printerni uch kishi bilan bo‘lishadi.
Unga svitch,
router va modem kerakligi
aytilgan.
1. Kompyuter tarmog‘ini aniqlang.
2. Yuqoridagi
ssenariyga asoslanib, quyidagi topshiriqlarni bajaring:
a) Mahmud uchun tarmoq yaratishning
ikkita afzalligini yozing;
b) ushbu tarmoqqa ulanishi mumkin bo‘lgan uskuna turlarini sanab o‘ting;
d) javobingizdagi apparat kirish yoki chiqish moslamasimi?
Javobingizni
asoslang;
e) Mahmud boshqalar bilan muloqot qilishi
uchun tarmoqdan qanday
foydalanishi mumkinligini qisqacha tushuntirib bering.
2.
Daftaringizga kompyuterga o‘rnatilgan va ma’lumotlarni
simsiz yuborish hamda
qabul qilish imkonini beruvchi qurilma nomini yozing.
3.
Daftaringizga kompyuterlarni bir-biriga bog‘lovchi hamda qabul qilingan
ma’lumotlarni unga ulangan barcha kompyuterlarga
yuboruvchi qurilma nomini
yozing.
4.
Daftaringizga Internetga ulanish uchun telefon liniyasidan foydalanuvchi
qurilma nomini yozing.
I I I BOB.
TARMOQ TOPOLOGIYASI
166
5.
Aloqa qilish uchun radioto‘lqinlaridan foydalanuvchi tarmoq turini toping:
a) WAN;
b) LAN;
d) GAN;
e) WLAN.
6.
Fayl, printer kabi umumiy resurslarni ta’minlovchi kompyuter qurilmasini ko‘rsating:
a) NIC;
b) server;
d)
ish stantsiyasi;
e) tarmoq xavfsizligi.