• UYGA VAZIFA 4-DARS MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH 23
  • I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH



    bet17/265
    Sana14.05.2024
    Hajmi
    #233465
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi 2022 (2)

    I BOB. 
    MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH
    22
    TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
    1. Ma’lumotlar bazasining jadval, maydon va yozuv qismlariga tavsif bering.
    2. Misollar yordamida asosiy ma’lumot turlarini tushuntiring.
    3. Ma’lumotlar bazasini yaratishda qanday kalitlardan foydalaniladi?
    4. “Access” dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish ketma-ketligini tushuntirib bering.
    5. “Kitoblar” jadvaliga “kitob_turi” maydonininng kiritilishi ma’lumotlarni saralashda 
    qanday qulaylik tug‘dirishi mumkin?
    11
    12
    13
    1. Daftaringizga ma’lumotlar bazasidagi “Kutubxona a’zolari” va “Kutubxona xodimlari” 
    nomli jadvallar uchun kerakli maydon nomlarini yozib keling.
    2. Jadvallar uchun tanlangan maydon nomlariga izoh bering. Nima uchun jadvalda shu 
    nomlardagi maydonlar bo‘lishi kerak?
    3. Daftaringizga “Qaydnoma” nomli jadval vazifasi haqidagi fikrlaringizni yozing
    UYGA VAZIFA


    4-DARS
    MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH
    23
    Ma’lumotlar bazasi qandaydir mavzu haqidagi ma’lumotlarni bir nechta jadvalda saqlaydi. 
    Jadvallar esa mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. Bu bog‘langanlik keyinchalik 
    bazadan kerakli ma’lumotlarni osonlik bilan saralashga yordam beradi. Masalan, “Maktab 
    kutubxonasi” nomli ma’lumotlar bazasidagi “Kitoblar”, “Kutubxona a’zolari”, “Kutubxona 
    xodimlari” va “Qaydnoma” kabi jadvallardan kutubxona faoliyati haqida ko‘plab ma’lumot 
    olish mumkin. Bunday ma’lumotlar sirasiga maktabda eng ko‘p o‘qilgan kitob, kutubxonadan 
    foydalanuvchi o‘quvchilar reytingi, haftaning qaysi kunlari kutubxona gavjum bo‘lishi, kitobxon 
    o‘quvchi, kitobxon o‘qituvchi, kutubxona a’zolarining soni, kutubxonadagi kitoblar soni, bir 
    oyda kutubxonaga tashrif buyuruvchi kitobxonlar soni kabi ma’lumotlarni kiritish mumkin.
    Dars davomida “Kutubxona a’zolari”, “Kutubxona xodimlari” va “Qaydnoma” nomli jadvallarga 
    kerakli maydon nomlarini kiritib, ularni ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz. 
    “Kutubxona a’zolari” nomli jadval “id”, “ism”, “familiya”, “otasining_ismi”, “sinfi”, “tavvalud_
    sanasi”, “jinsi”, “telefoni”, “manzili” kabi maydonlardan tashkil topadi. Jadval kutubxona 
    a’zolari haqidagi barcha ma’lumotlarni qamrab olishi uchun yuqoridagi maydon nomlaridan 
    foydalanildi. Bu yerda “id” maydoni o‘zida kutubxona a’zosining kutubxonadagi id-raqami, ya’ni 
    maxsus nomini saqlaydi.
    “Kutubxona xodimlari” nomli jadval “xodim_id”, “ism”, “familiya”, “otasining_ismi”, “lavozimi”, 
    “tavallud_sanasi”, “maoshi”, “jinsi”, “telefoni”, “manzili” kabi maydonlardan tashkil topadi. 
    Jadval o‘zida kutubxonada ishlovchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni jamlaydi. “xodim_id” 
    maydoni kutubxona xodimlarining bazadagi unikal nomi hisoblanadi. 
    “Qaydnoma” nomli jadval “qayd_id”, “sana”, “vaqt”, “kitob_id”, “id”, “xodim_id” kabi 
    maydonlardan tashkil topadi. Jadval “Maktab kutubxonasi” bazasining asosiy jadvali bo‘lib, 
    unda kutubxona a’zolarining kitoblardan foydalanishi haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. “qayd_
    id” qaydnoma tartib raqamini bildiradi. “sana” va “vaqt” kutubxona a’zosi kitob olgan kun va 
    vaqtni ko‘rsatadi. “kitob_id” kutubxonadagi qaysidir kitobning unikal nomi hisoblanadi. Uning 
    yordamida “Kitoblar” jadvalidagi kitob haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. “id” maydoni o‘zida 
    kutubxona a’zolarining id raqamini saqlaydi. “Kutubxona a’zolari” nomli jadval orqali raqam 
    egasi haqida ma’lumot olinadi. “xodim_id” maydoniga kutubxona xodimlarining id raqami 
    kiritiladi. Uning yordamida xodim kimlarga xizmat ko‘rsatganini bilib olish mumkin.

    Download
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   265




    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH