4-DARS
MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH
27
Jadvalda maydon va yozuvlar bilan ishlash
Ba’zan
jadvalga maydonlar kiritilib, ularga
kerakli
ma’lumotlar joylab qo‘yilganidan
keyin ayrim
maydonlarni o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Keraksiz maydonlarni o‘chirish quydagicha
amalga oshiriladi:
1) jadvaldagi keraksiz maydon aniqlanadi.
Deylik, “Kutubxona a’zolari” jadvalidagi “telefoni”
nomli maydon bo‘sh
turibdi
(1)
(aksariyat
o‘quvchilar shaxsiy telefon raqamini oshkor qilishni istamaydi). Demak, shu maydon
jadvaldan o‘chirilishi lozim;
2) “telefoni” nomli maydonni o‘chirish
uchun
kursor maydon nomi ustiga olib kelinadi. Shunda u
pastga ko‘rsatkich ko‘rinishiga o‘zgaradi.
Shu holatda
sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosiladi va butun
maydon belgilanadi
(2);
3) maydon belgilanganidan keyin kursor joyini o‘zgartirma-
gan holda, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi.
Natijada, ishchi maydonda kontekst menyu paydo bo‘ladi
(3);
4) kontekst menyudan “Удалить поле”
bandi tanlanadi
(4);
5) jadvaldagi maydon o‘chirilayotganligi haqidagi
ogohlantiruvchi kichik oyna paydo bo‘ladi
(5);
6) amalni tasdiqlash uchun “Да”
tugmachasi ustiga
bosiladi
(6);
7) mana shunday ketma-ketlikda jadvaldagi keraksiz maydonni o‘chirish mumkin
3
4
2
1
5
6
I BOB.
MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH
28
Jadvaldagi ortiqcha yozuv (qator)larni o‘chirish ham xuddi maydonlarni o‘chirish kabi
amalga oshiriladi. Bazadagi har bir jadvalga e’tiborli bo‘ling. Undagi
maydonlar tuzilishi va
ma’lumotlarning tartibli saqlanishi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratishi lozim.
1. MS Access dasturida jadvallar qanday rejimlar yordamida yaratiladi?
2. “Коструктор” rejimi bilan jadval rejimining qanday farqi bor?
3. Jadvalga maydon kiritish bo‘yicha qanday ma’lumot turlaridan foydalanishni
o‘rgandingiz?
4. Jadval ma’lumotlarini tahrirlash jarayonini tushuntirib bering.
5. Jadval ortiqcha ustunlari qanday o‘chirilishini tushuntiring.
1. Maktab kutubxonasi bazasidagi “Qaydnoma” nomli jadvalni ma’lumotlar
bilan
to‘ldiring.
2. “Kutubxona xodimlari” nomli jadvalga kerakli ma’lumotlarni kiriting.
3. Jadvallarni bir-biriga qanday bog‘lash haqida izoh bering.
4. MS Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratishga yordam beruvchi Internet
materiallari bilan tanishing.
Download