|
RRossiya Federatsiyasiederatsiyasi. Davlat va munitsipal xizmatlari taqdim qiluvchi Ko‘p tarmoqli markaz
|
bet | 11/19 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 14,84 Mb. | | #149898 |
Bog'liq 14-mavzu IAKT va TRRossiya Federatsiyasiederatsiyasi. Davlat va munitsipal xizmatlari taqdim qiluvchi Ko‘p tarmoqli markaz
“Yagona oyna” tamoyili asosida elektron shaklda davlat va kommunal xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilot.
Quyidagi soha xizmatlar taqdim etiladi:
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash; mulkchilik munosabatlari; tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish;
fuqarolik huquqiy maqomini belgilash;
Bundan tashqari, KTM (ko‘p tarmoqli markazlar)
fuqarolarga qulayliklar yaratish uchun notarius, bank xizmatlarini ko‘rsatadi.
Bunda aholi turli to‘lovlar, hujjatlardan nus’ha ko‘chirish, foto va boshqa turdagi xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Singapur — aholi va biznesga elektron xizmatlar taqdim etish bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri hisoblanadi. 2005—2016-yillar davomida Singapur davlat organlari o‘z xizmatlarini elektron shaklda taqdim etishni boshlashdi. 2005—2009-yillar davomida 1600 ta davlat xizmatlari (barcha xizmatlarining 80 foizi) elektron shaklga o‘tkazildi.
Hozir mamlakat «Raqamli hukumat» tizimini qurmoqda. Mazkur tizim doirasida fuqarolar raqamli davlat xizmatlaridan qachon xohlasa va qayerda istasa foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.Tizim barcha idoralarning faoliyati mujassam bo‘lgan hamda fuqaro bilan ikki tomonlama aloqa ta’minlangan yagona raqamli platformada davlat boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini beradi.
Singapur «agile» (tezkor) rejimidagi davlat xizmatlarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratmoqda. Ya’ni, davlat idoralari tezkor ravishda davlat xizmatlarini ishlab chiqarishadi hamda tatbiq etishadi. So‘zsiz, kadrlarni tayyorlash va tadqiqotlar o‘tkazish «Raqamli hukumat» tizimini yaratishdagi muhim jihatlardan biri hisoblanadi.
Singapur Milliy universitetining Tizimli fanlar instituti qoshidagi Elektron hukumatning yetakchilik markazi (NUS
ISS/eGL) salohiyatni mustahkamlash, maslahat va amaliy tadqiqotlarda ko‘mak ko‘rsatadi.
Talab qilingan raqamli davlat xizmatlarini ishlab chiqarishda xizmatlardan foydalanuvchining talablariga hamda dizayn-fikrlashga katta e’tibor beriladi. Bunga esa Elektron hukumatning yetakchilik markazi tinglovchilari o‘qitiladi. Singapurning ecitizen.gov.sg - bu juda ko'p xizmatlar uchun to'lovlarni to'lashni va pasport va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish kabi ba'zi muhim identifikatsiya funktsiyalarini o'z ichiga olgan onlayn tranzaksiya xizmatlari uchun kuchli qidiruv qobiliyatiga ega bo'lgan chinakam integral portaldir
|
| |