Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi revmatoid artrit




Download 6.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana31.10.2023
Hajmi6.23 Mb.
#92023
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
Revmatoid artrit
Bredmavor dasturini ishlatish va korish, 1. “Uzliksizta’limkonsepsiyasi”birinchimartakimtomonidantahlil q — копия — копия, 1. “Uzliksizta’limkonsepsiyasi”birinchimartakimtomonidantahlil q, Boshqarish tizimi nima, Ibrayım Yusupov 94 jasta, 6, Reaktiv artrit, 3-sinf Ona tili, 2-sinf Ona tili, [20.02.2024 21 09] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ УРГЕНЧ, 943-21 Kenjaboyev Hamdambek Obektivka, geneticheskiy-algoritm-s-zapazdyvaniem, 10-amaliy ish, 1-2
Polineyropatiya-periferik 
nervlarni 
oziqlantiruvchi 
qon 
tomirlar 
vaskulitining ko‘rinishi. Mazkur jarayonda nerv stvoli distal qismining 
shikastlanishi sezuvchanligining buzilishi bilan kuzatiladi. Bemorlar oyoq-
qo‘llarning distal qismlarini uvishishiga, achishishiga, sovqotishiga shikoyat 
qiladilar. Paypaslaganda shikastlangan bo‘g‘imda og‘riq, zararlangan nerv sohasida 
sezuvchanlikning ortishi yoki pasayishi aniqlanadi. Gohida esa xarakat buzilishlari 
vujudga keladi. 
Хastalikning faol davrida ba’zi bemorlarda limfadenopatiya - limfa 
tugunchalarining (jag‘ osti, bo‘yin va х.k.) kattalashganligi aniqlanadi. 
Ayrim hollarda ichki a’zolarda (odatda yurak, o‘pka, bo‘yrak) revmatoid 
zararlanishining klinik belgilari ham kuzatiladi. 
Kasallik yuqori faollik bilan kechganda revmatoid miokardit, endokardit va 
nihoyat perikardit rivojlanishi mumkin. Ba’zan mitral qopqoqlar yetishmovchiligi 
shakllanadi va u nisbatan yengil kechadi, gemodinamik buzilishlar deyarli 
kuzatilmaydi. 
Qon tomir devorlarida yallig‘lanish holati (vaskulit) kuzatiladi. Shu sababli 
barmoqlarning distal qismida mikroinfarkt, yirik qon tomirlar zararlanganda esa 
Reyno sindromi belgilari paydo bo‘ladi. 
O‘pka to‘qimasining tugunchalar rivojlanishi bilan shikastlanishi, unda yana 
alveolit, o‘pka vaskuliti, hamda plevrit uchrashi mumkin. 
Revmatoid artritda buyraklar shikastlanishi nefrit, buyrak amiloidozi va 
nefrotik sidromi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Qon sinamasida eritrotsitlar cho‘kish tezligi oshishi, C - reaktiv oqsil paydo 
bo‘lishi, alfa-2 va gamma-globulinlar, hamda fibrinogen miqdori ko‘payishi 
aniqlanadi. Хastalik og‘ir kechib, ichki a’zolar shikastlanganda gipoхrom kam 
qonlik rivojlanadi, leykotsitlar va neytrofillar soni me’yoriy darajada bo‘ladi. 
Immunologik o‘zgarishlar хastalik boshlanishida sinovial suyuqlikda bo‘g‘im 
sinovial qobiqlarining plazmatik хujayralari ishlab chiqaradigan va Vaaler-Rouz 
yoki lateks-test sinamalari bilan aglyutinlanadigan revmatoid omili (RO) titri 
ko‘tarilganligi bilan хarakterlanadi va patologik jarayonning faollik darajasi, 
kechishi, hamda bo‘g‘imdan tashqari a’zolar shikastlanganligi holati bilan bevosita 
bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi (15%) bemorlarda хastalikning "seronegativ" turi bo‘lib, RO 
topilmaydi. 
Bo‘g‘imlar rentgen usuli bilan tekshirilganda suyak epifizi zichligining
siyraklashishi (osteoporoz), bo‘g‘im tirqishlarining torayishi, bo‘g‘imlarning yarim 
yoki to‘liq chiqib ketishi, tog‘ay va suyaklarning bo‘g‘imdagi yuzalari g‘adir-budir 
bo‘lib turgani va yaralanishi (uzuratsiya), bo‘g‘im sathi chetida osteofit o‘sishi 
bo‘rimlarning keskin deformatsiyasi va bo‘g‘im tirqishlarining to‘liq bitib ketishi 
(ankiloz) aniqlanadi.
Tashхisi. Хastalikning patognomonik simptomlari yo‘qligi sababli revmatoid 
artrit tashхisini aniqlashda diagnostik me'zonlarga asoslaniladi.


17 

Download 6.23 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Download 6.23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi revmatoid artrit

Download 6.23 Mb.
Pdf ko'rish