|
Toshkent amaliy fanlar
|
bet | 12/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #248282 |
Bog'liq KURS ISHITashqi savdo siyosati
1-rasm.
Proteksionizm
Erkin savdo
Proteksionizm — tarif va notarif instrumentlarni qoTlash yo‘li bilan ikki bozorni xorijiy raqobatchilardan himoya qilish davlat siyosatidir. Qaysi siyosat afzal,
degan savol iqtisodchilarning doimo diqqat markazida boTib kelgan. Milliy sanoat
rivojlanishiga imkon beruvchi proteksionizm afzalmi yoki milliy ishlab chiqarish
ustuvorliklarini xalqaro ustuvorliklar bilan qiyosiy taqqoslash imkonini beruvchi
savdo erkinligimi?
Tarixning turli davrlarida tashqi savdo amaliyoti goh u tomonga, goh bu tomonga qayishib kelgan, to‘g‘ri, u hech qachan ekstremal shakllardan birontasini qabul qilmagan. XX asrning 50-60-yillarida xalqaro iqtisodiyot uchun proteksionizmdan tashqi savdoni yanada liberallashtirish tomonga qaytish xos bo‘lgan bo‘lsa, 70-yillarning boshidan teskari tamoyil ko‘zga tashlandi — mamlakatlar o‘z ichki bozorlarini tarif va notarif to‘siqlar yordamida xorijiy raqobatdan himoya qilishni boshladilar.
Bu mamlakatlar bo‘yicha mamlakatimiz eksportining diversifikatsiyalashuv
darajasi nisbatan yuqori bo‘lmoqda. Jumladan, 2013-yil maTumotlariga ko‘ra, faqat
Xitoy (10,8 %), Turkiya (6,3 %), Eron (2,4 %), BAA (1,2 %), Fransiya (1,2 %), mamlakatlariga eksport hajmining mamlakatimiz eksportidagi ulushi 1,0 %dan ko‘proqni tashkil etadi.
Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar
nomenklaturasining kengayishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar
geografiyasining kengayishi eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta’minlaydi,
milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o‘zgarishlarga ta’sirchanligi darajasini
pasaytiradi.
Keyingi vaqtda jahon bozorida narxi keskin tushib ketgan xomashyo resurslarini
eksport qilish amaliyotidan imkon qadar tezroq qutilib, tayyor raqobatbardosh
mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirishimiz kerak.
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘nalish
— mamlakatimizdagi mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan
amaliy choralar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ma’lumki, 2009-yilda mamlakatimizda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Xususan:
• aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta
moliyalash stavkasining 70 %dan ortiq boTmagan stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan
muddatga imtiyozli kreditlar berish;
• tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida
tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan,
qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno, ozod qilish muddatini 2012-yilgacha
uzaytirish;
• banklar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini
qayta ko‘rib chiqish, byudjetga to‘lanadigan toiovlarning penyasidan kechish
Jumladan, birgina 2009-yil mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llabquvvatlash va ularning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar qatorida tijorat banklari tomonidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 233,5 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilganligi, 105,8 mlrd. so‘m miqdorida byudjet oldidagi va yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar qarzlarini to‘lash muddatlarining keyinga surilganligi, barcha turdagi energiya manbalari va asosiy kommunal xizmatlar uchun narxlar o‘sishi o‘rtacha 7,7 %, ya’ni past darajada saqlab qolinganligini ta’kidlash mumkin. Bu esa
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mahsulotni eksport qilish bo‘yicha
yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarga qaramasdan, eksport qiluvchi korxonalarda ishlab chiqarish pasayishining oldini olish imkonini berdi.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib
ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. O ‘zbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek, tayyor
raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi'.
|
| |