• Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo Xalqaro savdo kontseptsiyasi
  • Toshkent amaliy fanlar




    Download 0,63 Mb.
    bet10/17
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #248282
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
    Bog'liq
    KURS ISHI

    Qisqacha xulosalar
    Xalqaro savdo ikki muhim ob`ektiv sabab-tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o`rtasida bir tekis taqsimlanmaganligi hamda mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlarining bir xil rivojlanmaganligiga ko`ra paydo bo`lgan.
    Xalqaro savdoga mahsulotlarni ayirboshlash, xizmatlarni ayirboshlash va yangi ilmiy-texnik ma`lumotlarni ayirboshlash kiritiladi. Bu ayrboshlashlarning barcha ko`rinishi tashqi savdo operatsiyalari - eksport va import operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi.
    Xalqaro savdo nazariyasining klassik ko`rinishlari A. Smitning «Mutloq ustunlik» va D. Rikardoning «Nisbiy ustunlik» nazariyalaridir.
    D.Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi mutlaq ustunlikka ega bo`lmagan mamlakatlar ham tashqi savdodan foyda ko`rishi mumkinligini asoslab beradi.
    Xeksher-Olinning neoklassik kontsepsiyasi «Nisbiy ustunlik» nazariyasini omillar bilan ta`minlanganlik nuqtai nazaridan izohlab berdi.
    Erkin savdo yo`lidagi to`siqlarni bartaraf qilish resurslarni samarali taqsimlanishga yo`l ochib, provardida barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy yutuq olib kelishi savdo nazariyalarida isbotlab berilgan.


    Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo
    Xalqaro savdo kontseptsiyasi

    Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming an’anaviy va eng rivojlangan


    ko6rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y
    berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80%i
    tashqi savdoning ulushiga to‘g‘ri keladi.
    Dunyoda mavjud boigan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning
    roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha, “dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko'rinadi.
    Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan
    ajralgan holda sogiom iqtisodiyotni hosil qila olgani yo‘q.
    Xalqaro savdoda xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo boiadigan
    turli davlatlarning tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir shakli boiib, ular o’rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bogiiqlikni namoyon qiladi.
    Mamlakatlar iqtisodiyotida ITI ta’siri ostida ro‘y berayotgan tuzilmaviy
    o‘zgarishlar (sanoat ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi) milliy xo‘jaliklaming o‘zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro savdoning faollashuviga imkon yaratmoqda. Xalqaro savdo ishlab chiqarishga nisbatan tezroq o‘smoqda, Tashqi savdo aylanmasini tahlil qilish shuni ко ‘rsatadiki, jahonda ishlab chiqarish 10%ga ko‘paygan holda jahon savdosi 16%ga o‘smoqda.
    Tashqi savdo deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq toianadigan olib kirishi, ya’ni import va haq toianadigan olib chiqish, ya’ni eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi.
    Dunyodagi barcha mamlakatlaming haq to‘lanadigan tovar aylanmasi yigindisi
    xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo tushunchasi torroq ma’noda
    ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar
    aylanmasining yig‘indisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar aylanmasining
    yig‘indisi va h.
    Jahonning barcha davlatlari oldida tashqi savdo bo‘yicha milliy
    siyosat muammosi yotib, 200 yillar mobaynida bu mavzuda qizgcin
    tortishuvlar bo6 lib turibdi. Erkin savdo yoki proteksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo‘lsa shu holda saqlash oldingi asrlaming xarakteri edi Bizning
    davrimizda bu ikki yo‘nalish o‘zaro bog‘liqdir. Ammo ko‘p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo tamoyilining bosh vazifasini bajaradi.
    Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo‘lib Adam
    Smit o‘z ta’rifini bergan edi. Adam Smit “ayirboshlash har bir mamlakat
    uchun foydali boiib, har bir mamlakat bunda mutlaq ustunlikka ega boiishi”ni ta’kidlagan edi. Adam Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi boigan va erkin savdo siyosatining har qanday shakli uchun asos bo‘lib kelgan.
    David Rikardo “Siyosiy iqtisod va soliq solishning boshlanishi”
    (1817) asarida boshi berk ko‘chadan klassik nazariyani keltirib chiqardi.
    U xalqaro ixtisoslashuv mezonlarini ajratgan holda, davlatlar uchun qanday holatlarda davlatlararo ayirboshlash manfaatli ekanini ko‘rsatib berdi. Har bir davlat uchun ustunlik qilgan yoki kuchsizligi nisbatan kamroq bo‘lgan sohaga ixtisoslashish manfaat keltiradi degan fikmi berdi. Uning qarashlar kontseptsiyasi taqqoslanishi nazariyasi yoki prinsipida o‘z aksini topdi. D. Rikardo o‘z ta’limotida xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun mumkin va manfaatliligini, ayirboshlash barcha uchun foydali bo’lgan narx zonalarini aniqlab bergan bo‘lsa, Djon Styuart Mill’
    o‘zining “Siyosiy iqtisod asoslari” (1848) nomli asarida qanday narxda ayrboshlashni amalga oshirilishi foydali ekanligini ko‘rsatgan edi. Styuart Millning ta’limoti bo6yicha ayirboshlash narhi talab va taklif qonuniga ko‘ra, har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini qoplaydigan daraja bilan belgilanadi. Djon Styuart Millning muhim xizmatlaridan bin uning xalqaro narh qonuni yoki “xalqaro narx nazariyasi”dir. Xalqaro narh qonunida ta’kidlanishicha, shunday narh mavjudki, u davlatlar orasidagi tovar ayirboshlashni optimallashtiradi. Bu bozor narhi boiib, u talab va taklifga bogiiqdir. Klassik siyosiy iqtisodchilaming nazariyasini rivojlantirib Gotfrid Xaberler o‘z qarashlar kontseptsiyasini nafaqat mehnatga, balki ishlab chiqarishning barcha omillariga e’tibomi qaratgan edi.
    Xalqaro savdo oqimi niraa bilan aniqlanishi va uning tarkibini Eli Xeksher va Bertil Olinlar o‘zlarining zamonaviy qarashlarida aks ettirdilar. Ular nisbiy ustunlik tushunchasini izohlab u yoki bu davlatning maium bir tovarlarga ixtisoslashishini ularning ishlab chiqarish omillariga egalik darajasiga bogiiqdir deyishgan edi. E.Xeksher va B.Olin “narxlaming ishlab chiqarish omillariga tenglashtirish” nazariyasini ilgari surdilar.
    1948 yilda amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolper o‘z nazariyalarini kiritib Xeksher-Olin taiimotining isbotini yanada mukammallashtirib, ishlab chiqarish omillaridan biri, texnika asosan bir mukammal raqobat va tovarlaming to‘la harakatchanligi mavjud boiganda xalqaro ayirboshlash ishlab chiqarish omillarining davlatlar orasidagi narxini tenglashtiradi degan edi.
    Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari o‘z tarixiga ega, albatta.
    Mamlakatlarning nima sababdan o‘zaro oldi-sotdi qilishi masalasi XVII asming boshlaridanoq iqtisodchi olimlami qiziqtirib kelgan. Endigina vujudga kelgan iqtisodiy ta’limot maktablari tashki savdoni rivojlantirishga o‘z e’tiborlarini qaratishgan.
    Adam Smitning tashqi savdo siyosati bir qancha farazlarga asoslangan.
    U quyidagilami aksioma sifatida qabul qiladi:
    • Mehnat yagona ishlab chiqarish omili;
    • To4iq bandlikka erishilgan, ya’ni barcha mavjud resurslardan
    tovar ishlab chiqarishda foydalaniladi;
    • Xalqaro savdoda ikki mamlakat ishtirok etadi, bu mamlakatlar
    ikki xil tovar bilan o‘zaro savdo olib boradi;
    • Ishlab chiqarish xarajatlari doimiy, ulaming kamayishi tovarga
    bo6lgan talabni ko‘paytiradi;
    • Bir tovarning narxi ikkinchi tovami ishlab chiqarishga sarflangan
    mehnat bilan ifodalangan;
    • Tovami bir mamlakatdan ikkinchisiga tashish bo‘yicha transport
    xarajatlari nolga teng;
    • Tashqi savdo cheklashlar va reglamentatsiyalardan xoli. Adam
    Smit qarashiariga muvofiq ravishda:
    • Hukumat tashqi savdoga aralashmasligi, ochiq bozorlar rejimi va
    erkin savdoni qo4 llab-quwatlashi kerak;
    • Millatlar, xususiy shaxslar ham o‘zlari ustunlikka ega boigan
    tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va bu tovarlami ishlab
    chiqarilishida boshqa mamlakatlar ustunlikka ega boigan tovarlaiga
    ayirboshlash asosida savdo qilishi kerak;
    • Tashki savdo bozorni mamlakat sarhadlaridan tashqariga kengaytirish
    orqali mehnat samaradorligini rivojlantirishni rag‘batlantiradi;
    • Eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil sanaladi, zero u
    mamlakat ichkarisida sotish imkoniyati bo‘lmagan ortiqcha tovarlami
    sotish imkoniyatini beradi;
    • Eksportga subsidiyalar ajratilishi aholi uchun ortiqcha soliq
    hisoblanadi va ichki narxlaming ortishiga olib keladi, shuning uchun bu subsidiyalar bekor qilinishi kerak.
    Adam Smit nazariyasiga ko‘ra, ishlab chiqarish omillari mamlakat
    ichkarisida to‘liq harakatchan, ya’ni ular yuqori mutlaq ustunlikka ega
    bo‘ladigan hududlarga bemalol ko‘chib o‘ta oladi. Ertami - kechmi, ishlab chiqarish omillarining ko‘chib o4ishi natijasida bir hududning boshqasidan ustunligi yo‘qolib boradi va omillardan keladigan foyda barobarlashib boradi. Demak, o‘zaro savdo to‘xtab qolishi kerakdek tuyuladi. Biroq David Rikardo mutlaq ustunliklar nazariyasini rivojlantirdi va ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro savdo ulaming hech biri ma’lum bir tovami ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo’lmagandaham foydali bo’lishini ko'rsatib berdi. Mutlaq ustunlik nazariyasidagi kabi ma’lum bir farazlardan kelib chiqib, nisbiy ustunlik nazariyasi muqobil narx yoki boshqacha qilib aytganda o‘mini qoplash xarajatlari (narxi) tushunchasidan foydalaniladi.
    Muqobil narx ikki tovarning ulami ishlab chiqarishga sarflangan ish vaqti orqali ifodalangan narxlarini solishtirishni aks ettiradi (1 birlik tovar ishlab chiqarishga 2 soatlik mehnat sarflangan). О‘mini qoplash xarajatlari ma’no jihatidan muqobil narxga deyarli mos keladi, farqi shundaki, bunda mehnat sarfiga teskari miqdorlar - vaqt birligida ishlab chiqarilgan tovar birliklari solishtiriladi (1 soat vaqt birligida 1/5 birlik tovar ishlab chiqarilgan).
    Turli ta’riflardan foydalanish ham bir xil, ham turli natijalarga olib kelishi mumkin. Agar birinchi va ikkinchi tovarlarga har ikki mamlakatda talab bir xil bo Isa, har bir ta’rifdan foydalanish natijasi bir xil bo‘ladi: Yaponiyada kapitalning umumiy miqdorining mehnatning umumiy miqdoriga nisbati 0 ‘zbekistondagiga nisbatan kamroq bolgani bois Yaponiya har ikki ta’rif bo‘yicha kapital serob mamlakat hisoblanishi mumkin. Agar Oszbekistonga nisbatan Yaponiyada kapitalga
    talab ortib bordi deb faraz qilsak, bu mamlakatda kapital taklifi nisbatan ko‘p bolishidan qat’iy nazar, Yaponiyada kapitalning nisbiy narxi O‘zbekistonga nisbatan yuqori boiadi. Bu vaziyatda Yaponiya ikkinchi ta’rifga ko‘ra, mutlaq miqdor bo‘yicha kapital serob, ammo nisbiy narxlarga asoslangan birinchi ta’rifga ko‘ra esa mehnat serob mamlakat hisoblanadi, chunki bu mamlakatda mehnat narxi nisbatan arzon boiadi. Shunga o‘xshash ziddiyatlarga duch kelmaslik uchun u yoki bu mamlakatda omillar serobligini aniqlashda birinchi ta’rifdan foydalangan ma’qulroq.



    Download 0,63 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




    Download 0,63 Mb.