|
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
|
bet | 7/17 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #248282 |
Bog'liq KURS ISHI2.Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuel’son va V. Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo`yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta`minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o`rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to`ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro foydali savdoni yo`lga qo`yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o`rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi
SHuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan qimmat turadigan mamlakatlarda ilg’or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli bo`ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik gazlamalarni dastlab fakat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori bo`lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So`ngra, bu texnologiyani o`zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko`cha boshladi. Buning natijasida G’arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o`zi ega bo`lgan nisbiy ustunlikni qullay boshladi.
Mahsulotning xayotiylik davri nazariyasi. 60-yillarning o`rtalarida amerikalik iqtisodchi R.Vernon mahsulotning hayotiylik davri nazariyasini olg’a surdi. Ushbu nazariyasida R. Vernon tayyor mahsulotlar jahon savdosining rivojlanishini ularning xayotiy bosqichlari asosida, ya`ni mahsulot bozorda xayotga ega va sotuvchining o`z maqsadlariga erishishini ta`minlashi vaqt davri asosida tushuntirishga harakat qildi.
Mahsulotning xayotiylik davri to`rtta bosqichni o`z ichiga oladi, ya`ni tadbiq etish, o`sish, yetuklik va pasayish.
Birinchi bosqichda mamlakat ichida yuzaga kelgan ehtiyojni hisobga olgan holda yangi mahsulotni ishlab chiqarish yuz beradi. SHuning uchun ushbu bosqichda yangi mahsulotni ishlab chiqarish kam seriyali xarakterga ega bo`ladi, yuqori malakali mutaxassislarni talab etadi hamda yanglik kashf etilgan mamlakatda kontsentratsiyalanadi. Ishlab chiqaruvchi esa deyarli monopol mavqega ega bo`ladi va mahsulotning kichik qismigina tashqi bozorga chiqariladi.
Yetuklik davrida ko`p seriyali ishlab chiqarish oldingi o`ringa chiqadi. Raqobat kurashida esa narx omili birlamchi axamiyat kasb eta boshlaydi. Ushbu bosqichda bozorlarning kengayib borishi va texnologiyaning tarqalishi natijasida yanglik kashf etilgan mamlakat raqobat ustunligiga ega bo`lmay qoladi. Ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo`lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga ko`cha boshlaydi. Standartlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarida arzon ishchi kuchidan samarali foydalanish mumkin.
Mahsulot xayotiylik davri pasayish bosqichiga o`tishi munosabati bilan unga bo`lgan talab qisqaradi. Bu holat ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi. Mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda to`planadi. Mahsulot yaratilgan mamlakat esa sof importirga aylanadi.
Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ko`pchilik tarmoqlar evolyutsiyasini ifodalab beradi, ammo ushbu nazariya xalqaro savdo rivoji tendentsiyalarining universal ta`rifi hisoblanmaydi.
|
| |