• 3. M. Porter nazariyasi. “Texnologik uzilish” nazariyasi
  • Miqyos ta`siri nazariyasi




    Download 0,63 Mb.
    bet8/17
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #248282
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    KURS ISHI

    Miqyos ta`siri nazariyasi. 80-yillarning boshlarida P. Kryugman, K. Lankaster va ayrim boshqa iqtisodchilar klassik nazariyaga muqobil ravishda, miqyos ta`siriga asoslangan xalqaro savdo nazariyasini taklif etdilar. “Mikroiqtisodiyot” kursidan yaxshi ma`lum bo`lgan miqyos ta`siri tushunchasining mohiyati shundan iboratki, aniq bir yaratilgan texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishda mahsulot chiqarish xajmi o`sgan sari uzoq muddatli o`rtacha xarajatlar qisqaradi, ya`ni ommaviy ishlab chiqarish natijasida iqtisodi qilish holati yuzaga keladi.
    Mazkur nazariya mualliflarining nuqtai nazariga ko`ra ko`pgina mamlakatlar (xususan sanoati rivojlangan) asosiy ishlab chiqarish omillari bilan bir biriga yaqin bo`lgan nisbatda ta`minlanganlar. Ushbu sharoitda ular uchun miqyos ta`siriga ega tarmoqlarga ixtisoslashgan holda o`zaro savdo aloqalarini yo`lga qo`yish manfaatli hisoblanadi.
    Bunday ixtisoslashish ishlab chiqarish xajmining oshishiga, mahsulotni eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishga va natijada uning narxi past bo`lishiga imkon beradi. Ommaviy ishlab chiqarish ta`siri amalga oshishi uchun etarli darajada keng bozor talab etiladi.
    Xalqaro savdo esa bunda xal qiluvchi rolni o`ynaydi. CHunki u mahsulot sotiluvchi bozorlarni kengayishiga imkon yaratadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, xalqaro savdo yagona integratsiyalashgan bozorni vujudga keltiradi va bu esa o`z navbatida aloxida olingan mamlkat bozoridan ko`ra iste`molchilarga ko`proq miqdordagi mahsulotni arzonroq narxda taklif qilish imkoniyatini tug’diradi. Biroq shular bilan bir qatorda miqyos ta`sirining amalga oshirilishi sof raqobat muhitining buzulishiga olib kelishi mumkin.


    3. M. Porter nazariyasi. “Texnologik uzilish” nazariyasi

    1991 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Porter o`zining “Mamlakatlarning raqobat ustunliklari” deb nomlangan tadqiqotini nashr qildi. Ushbu tadqiqotda xalqaro savdo muammolariga umuman yangicha yondashuv ishlab chiqilgan. Bu yondashuvning shartlaridan biri: “Xalqaro bozorda mamlakatlar emas, firmalar raqobatlashadi. Bu jarayonda mamlakatning o`rnini aniqlab olish uchun firma raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday ishlab turishini tushunish talab etiladi” degan tezisdir. Tashqi bozordagi muvaffaqiyat to`g’ri tanlangan raqobat strategiyasiga bog’liq bo`ladi.



    Download 0,63 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 0,63 Mb.