• Mundarija
  • KIRISH
  • Toshkent arxitektura-qurilish universiteti menejment fakulteti iqtisodiyot kafedrasi




    Download 14,62 Mb.
    bet1/6
    Sana03.07.2024
    Hajmi14,62 Mb.
    #266480
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Alimurodov Azizbek

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    OLIY TA’LIM, FAN VA INYNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI
    MENEJMENT FAKULTETI
    IQTISODIYOT KAFEDRASI
    Tanishuv amaliyot bo’yicha
    Amaliyot o’tash muddati 12.06.2024 yildan21.06.2024 yilgacha.
    Amaliyot raxbari: Kamissiya azolari:




    50-23KMO` guruh talabasi: Alimurodov Azizbek


    TOSHKENT-2024




    Mundarija


    Kirish……………………………………...…………………

    1. TSC-HK-INVESTMENTSITY Kompaniyasi............................

    1.2“HIGH TOWN SITY” ko`p qavatli binolari qurulish jarayonlari

    1. IT PARK UZBEKISTAN kompleksi…..........................……

    2.1 IT PARK UZBEKISTAN kompleksi qurulish jarayonlari..........
    3. ”EM DER SAL” qurulish firmasi.........................................
    3.1 ”EM DER SAL” qurulish firmasining yunusobot tumanidagi lohisani qurulish jarayonlari..................
    5. Xulosa…………....................................…………………………..…
    6. Foydalangan adbiyotlar............…………….
    7. Ilovalar………............……………………………………


    KIRISH


    O‘zbekistonda qurilish sohasi milliy iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmog‘i sifatida belgilangan bo‘lib, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan jadal islohotlar sababli yuqori o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda.


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unga muvofiq qabul qilingan Davlat dasturlarida mamlakat iqtisodiyotini yanada jadal rivojlantirishda iqtisodiyotning lokomotivi sifatida qurilish sohasiga, xususan yangi bino va inshootlar, yangi ishlab chiqarish ob’ektlari hamda xususiy tadbirkorlik, temir va avtomobil yo‘llari, turar joy binolari qurilishiga alohida urg‘u berilgan.
    Xususan, mazkur bosh strategiya va unga muvofiq qabul qilingan dasturlar doirasida so‘nggi 5 yil mobaynida qurilish tarmog‘ini yanada takomillashtirish, qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruv tizimining samaradorligini ta’minlash va sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
    2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
    Farmonga muvofiq, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida Qurilish vazirligi tashkil etildi.
    Shuningdek, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi negizida Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi, Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilindi.
    O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Kodeksga «noyob va alohida muhim ob’ektlar», «reklama va axborot ob’ektlari», «turar joy ob’ektlari», «urbanizatsiya» va boshqa bir qator asosiy tushunchalar kiritilib, shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari belgilab berildi. Shuningdek, shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazorati va uning shakllari, sub’ektlari haqidagi normalar mustahkamlandi. Mazkur sohadagi qarorlar muhokamasida jamoatchilik nazoratining ishtiroki ta’minlanishi ham belgilab qo‘yildi. Kodeksga yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zarar o‘rni qoplanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi, pudrat ishlari qat’iy shartnoma asosida amalga oshirilishi bo‘yicha normalar kiritildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni qurilish sohasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
    Mazkur Strategiyada 2025 yilga borib O‘zbekistondagi shaharlarning barchasini va shahar posyolkalarining 25 foizini bosh rejalar bilan qamrab olish belgilandi. Bosh rejalarni tasdiqlashda jamoatchilik fikrining inobatga olinishi belgilab qo‘yildi.
    2022 yilning 1 iyuligacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an’anaviy arxitektura va madaniyati, shuningdek joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda hududiy
    «dizayn-kod» ishlab chiqilib, joriy etilishi belgilandi. Shuningdek, Strategiyaning 2025 yilgacha bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlariga:
    O‘zbekistonning geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda, 2025 yilga borib, milliy shaharsozlik normalari va qoidalarini kamida 50 foiz darajasida xalqaro normativ va standartlar bilan uyg‘unlashtirishga erishish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning «hajm» uslubini joriy etish ulushini respublikadagi qurilish ob’ektlari umumiy sonining 50 foizigacha yetkazish;
    «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimi doirasida qo‘shimcha 4 ta elektron platforma yaratilishini, ularning idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
    «Biznes yuritish» xalqaro indeksida (Doing Business Index) «qurilishga ruxsatnomalar olish» (Dealing with Construction Permits) yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini joriy 61,7 balldan 78,2 ballgacha yaxshilash;
    Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalaridan birining xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi OTMlari ro‘yxatiga (TOP– 1000) kirishi kabi yo‘nalishlar ham kiritilgan.
    Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, qurilish industriyasining iqtisodiyot tarkibida tutgan o‘rni va ahamiyati mamlakatning rivojlanish bosqichlariga qarab o‘zgarib turadi. Bu tarmoqning ulushi rivojlanishning dastlabki bosqichlarida (rivojlanayotgan mamlakatlar) o‘sib boradi, mamlakat o‘rtacha daromadli mamlakatlar (yangi sanoatlashgan mamlakatlar) darajasiga yetganida barqarorlashadi va iqtisodiy yetuklik davrida (rivojlangan mamlakatlar) pasayadi.
    O‘zbekistonda bugungi kunda qurilish tarmog‘ida olib borilayotgan ishlar, xizmatlar milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida nafaqat iqtisodiyotning asosiy fondlarini yaratuvchi qismi sifatida, balki mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar hamda turli ijtimoiy sohadagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda o‘zining muhim hissasini qo‘shib kelmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. Buni qurilishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish choralari bo‘yicha islohotlar samarasi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
    Qurilishda sifat va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi Qarori va Vazirlar Mahkamasining «Ob’ektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy reglament hamda ob’ektlarning xavf-xatarlar toifalari tasnifini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
    Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishdagi vazifalari;
    arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, qurilish ob’ektlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash tartibi;
    qurilish ob’ektlarining xavf-xatar toifasi bo‘yicha murakkablik toifalari tasnifi;
    davlat qurilish nazorati turlari, mezonlari hamda ularni amalga oshirish mezonlari, bino va inshootlarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish tartiblari belgilab qo‘yildi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, qurilish pudratchilarining soliq va statistik hisobotlari hamda Qurilish vazirligi ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladigan elektron qurilish va loyihalash bo‘yicha elektron reytingi joriy etildi. Mazkur reyting qurilish pudratchilarining imkoniyatlari va tajribasini aks ettira



    Download 14,62 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 14,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti menejment fakulteti iqtisodiyot kafedrasi

    Download 14,62 Mb.