|
Toshkent arxitektura va qurilish universiteti texnologiya fakulteti "falsafa" fanidan
|
bet | 1/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 7,57 Mb. | | #122817 |
Bog'liq Ulkanbaev A (falsafa)
TOSHKENT ARXITEKTURA VA QURILISH UNIVERSITETI
TEXNOLOGIYA FAKULTETI “FALSAFA” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
GURUH : 41-22 QABUL QILDI: Azimova Charos TOPSHIRDI: Ulkanbaev Abdurauf
.
Mavzu: Ona yurtim tabiati
Reja:
1.Tabiat - Onamiz
2.Ona tabiatni asrash har birimizning burchimz.
3.Yurtimiz tabiatini asray olyapmizmi?
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabyotlar
Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida 1,5 million hayvon va 500 mingga yaqin o‘simlik turlari mavjud ekan. O‘zbekistonda ular 4230 dan ortiq. Shulardan 770 tasida dorivorlik xususiyati bor. Ko‘rinib turibdiki, tabiatning o‘zi ulkan «dorixona»dir. Yer yuzidagi ana shu o‘simliklar yiliga 400 milliard tonna kislorod ishlab chiqaradi. Bu esa insoniyat va jamiki jonzotlarning yashashiga imkoniyat yaratadi. Tabiat insonni yediradi, ichiradi, kiyintiradi. Shu bois unga «ona» so‘zini qo‘shib aytamiz. Insonlarga ma’naviyat va ma’rifat urug‘ini tarqatuvchi Islom dinimizda ham hayvonot olami va bizning sog‘-salomat turmush kechirishimizga xizmat qilayotgan muhitni, havo, yer va suvni iflos qilmaslik haqida pandu nasihat va o‘gitlar bisyor. Ulug‘larmiz ham «Atrof-muhitga mehrli, shafqatli munosabatda bo‘linglar, suvga, o‘zanlarga, serqatnov yo‘llarga, soya-salqin joylarga chiqindi tashlab, la’natga qolishdan qo‘rqinglar», — deya ogohlantirgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko‘ra, o‘limga olib boruvchi ekologik omillardan birinchisi — bu havoning ifloslanishi bo‘lsa, ikkinchisi shovqin ekan. Bu ikki salbiy holatni daf etishda albatta, yashillik olamining o‘rni beqiyos. Ona tabiatning ifloslanishi nafaqat yashillik olamiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki inson salomatligiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Birgina avtotransport vositasining dudbo‘ronidan chiqadigan tutunda yuz xilga yaqin zaharli gazlar mavjud bo‘lib, u biz nafas olayotgan atmosferaning musaffoligiga zarar yetkazadi. Tabiatga zarar yetkazuvchi bunday zavod-fabrika va boshqa omillar ko‘p.
|
| |