|
Toshkent arxitektura va qurilish universiteti texnologiya fakulteti "falsafa" fanidan
|
bet | 2/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 7,57 Mb. | | #122817 |
Bog'liq Ulkanbaev A (falsafa) Qadimda ota-bobolarimiz farzand ko‘rishlari munosabati bilan daraxt nihollari ekishgan. Momolarimiz oilada qiz bola tug‘ilsa, unib-o‘ssin, bir etak farzandlarni yetaklab yursin deya yaxshi niyat bilan mevali daraxtlar ekishgan. Agar o‘g‘il bola tug‘ilsa, voyaga yetgach unga uy-joy qurish uchun kerak bo‘ladigan tol va teraklar ekishgan. Bu yaxshi udum albatta, yashillik olamini ko‘paytirishga xizmat qilgan. Bir yo‘lovchi keta turib, nuroniy cholning mevali daraxtlar ekayotganini ko‘rib, debdi: — Siz ekayotgan bu nihollar qachon voyaga yetadi-yu, qachon meva beradi, sizga nasib qiladimi, yo‘qmi? — Menga savobi tegsa, bo‘ldi. Kelajakda ularning mevasini farzandlarimiz yeydi, — degan ekan u. Ming afsuski, bugungi kunda ba’zi yoshlarda yetarli ekologik madaniyatning shakllanmagani, ularga ota-onalari tomonidan tabiat muhofazasi yoki ekologik madaniyat to‘g‘risida yetarli tushuncha berilmagani sababli ona tabiatga, yashillik olamiga nisbatan hurmatsizlik, toptash, ezg‘ilash, sindirish yoki ataylab zarar yetkazish holatlari uchraydi. .
Bir savol tug‘iladi. Nahotki, dam olishga kelganlar bu yerga o‘zidan keyin ham odamlarning hordiq chiqarishi, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishga haqqi borligini o‘ylab ko‘rmasa? Ular bizni yedirib, kiyintiradigan, to‘ydiradigan ona tabiatga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgani uchun gunohga botishi va uning uvoli tutishini xayollariga keltirishmasa?
Agar ularda ekologik madaniyat ko‘nikmasi shakllantirilganda, bunday achinarli holatga duch kelmagan bo‘lardik.
Ulug‘ olim Abu Rayhon Beruniy aynan ana shundaylarga «Agar odamlar tabiatga nisbatan loqayd munosabatda bo‘lsalar, uning qonun-qoidalarini qo‘pol ravishda buzsalar, bir kun kelib tabiat ulardan o‘ch oladi, o‘shanda hech qanday kuch uni to‘xtata olmaydi», — deya ta’kidlagan edi.
Ona tabiatni asrash har birimizning burchimizdir.
Tabiat u naqadar go’zal va sokin. Shaharning ser shovqin kunlaridan qochib tabiat qo’yniga ketging kelayveradi. Ayniqsa tabiatning beg’ubor va jozibador har bir fasli o’zgacha tarovatli. U naqadar mehribon. Uning bag’ridan to’lqillanib oqayogan zilol suvi, g’arb pishayotgan mevasi, musaffo osmoni bularning barchasi ona tabiatning bir mo’jizasidir. Biz unga qanchalik mehribon bo’lsak, uning mehri shunchalik tovlanib borayveradi. Shunday ekan biz doim tabiatni asrash bu o’zimizni asrash bilan chambarchas bog’liq ekanligini his qilishimiz lozim.
Tabiat bilan insoniyat bir butun. Insoniyat tabiatning bir bo’lagi. Tabiat bu bizning onamiz. Biz uni xuddi onamiz kabi asrab avaylamog’imiz lozim . Bu har birimizning burchimiz va vazifamizdir. Yoshlarimizning ongiga bu narsalarni singdirish uchun ko’plab tadbirlar seminar treninglar nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan mumtazam tarzda o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu loyihalarda tabiat mavzusi bo’yicha qiziqarli o’yinlar, spektaklar va davra suhbatlari olib borilib, yoshlarga tabiatni asrash va muvoxazaa qilish to’g’risida bir qancha tushunchalar bo’lib o’tdi. mana shunday tadbirlardan yoshlarimiz o’zlariga keraklicha ma’lumotlarni bilib olib yurtimizning kelajagi uchun o’z hissalarini qo’shishga, tabiatni asrab uni yanada gullab yashnatishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Komila Shoyimova
|
| |