Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Farg’onal filiali
Dasturiy injiniring va Raqamli iqtisodiyot fakulteti 660-21 guruh talabasi
Ma`murjonov Otabek
Mikroiqtisodiyot fanidan tayyorlagan
MAVZU.
Global moliyaviy inqiroz sharotida raqobatlashuvchi firmaning foydasi va daromadlari.
REJA:
1.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi.
2. Inqirozning sabablari
3. Rivojlangan mamlakatlardagi inqirozga sabab bo'lgan holatlar
4. Inqirozga qarshi choralar
5. Inqirozning O'zbekiston iqtisodiyotiga ta'siri
Anotatsiya.
Iqtisodiyot aholi yashashi, yaxshi hayot kechirishi uchun kerakli sohalardan
biri hisoblanib kelmoqda ekan, bu sohaga oid tushunchalarga ega bo'lish har bir insonning ijtimoiy bilishi kerak bo'lgan bilimlariga aylanib kelmoqda. Shunday asosiy masalalardan biri iqtisodiy inqiroz va uning sabablari bo'lsa, dolzarbligi inqirozga qarshi chora tadbirlar ko'rinishini aniqlashdir. Jahon iqtisodiyotida vujudga kelgan har qanday tugun, turli xil xurujlar ko’plab davlatlar qatorida bizning mamlakatni ham chetlab o’tmaydi. Bu holatni oldini olish
uchun qanday choralar ko’rilgan va qanday masalalar oldimizda turganligini bilib olish har bir inson uchun daxldor.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi—2008-yilda bo'lib o'tgan bo'lib, AQSHda banklarning ipoteka kreditlarini qarzni qaytarish qobiliyati bo'lmaganlarga berishi oqibatida boshlanadi.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va global-lashuvining kuchayib borishidir.
Jahon hamjamiyatida yaqin o‘tmishda boshlangan va hozirda ham o‘z o’rniga ega bo’lgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘ladi.
taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi
mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi,
baʼzan esa hammasi kompleks tarzda baravar boʻladi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba
tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini -
o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin .
Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi
bilan farqlanadi. Hozir iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini o’rganar ekanmiz, 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqiroziga to’xtalamiz.
Butun bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga o’zining ta’sirini ko’rsatkan 2008- yilgi inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati
halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan
bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va
qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi.
hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining
barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq.
To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq.
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab
chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi.
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq.
Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan
industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish
bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu
uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar
ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi, inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoit vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning
qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Buavvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turliishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon
bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan iste’mol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelibturadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi.
Hozirgi kunda baʼzi rivojlanayotgan mamlakatlar dollarning oltin-valuta zahirasidagi ulushini kamayt/ira boshladilar va tovarlarni eksport va import qilish hisob-kitoblarini milliyvalutada yoki yevroda amalga oshirmoqda. AQSH tashqi siyosatiga itoat qilmaydigan har qanday “istalmagan” davlatga iqtisodiy sanksiyalar qo‘yishi, jumladan, “istalmagan” davlatlar
uchun dollar bilan operatsiyalarni taqiqlashi mumkin. Shuningdek, ko‘plab mamlakatlar markaziy banklarining davlat raqamli valutalarini yaratish uchun loyihalari tufayli ularning aylanmasi 2021 yil boshida 2 trln.dollarga yetdi va kriptovalyuta bozorining tez o‘sishi oqibatida
allaqachon jamg‘arma sifatida dollarning ishonliligiga putur yetmoqda. Pul muomalasidagi tektonik siljishlar butun dunyo markaziy banklarini kriptovalyutalarning rivojlanish tendensiyasini kuzatishga va blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda davlat raqamli
valyutalarini chiqarishga majbur qilmoqda. Bunday valyutalar to‘lov va hisob -kitob qilishtexnologiyalarini ancha soddalashtiradi va agar kriptovalyutalarning joriy etilishi tufayli boshqa davlatlar dollar bilan to‘lovlardan ommaviy ravishda voz kecha boshlasa, dollar qulashi, bu esakatta ehtimol bilan jahon iqtisodiyotidagi o‘ta og‘ir “Tepki” ga aylanishi mumkin.
Bizning davlatda iqtisodiy inqirozga qarshi fundamental choralar ko’rib kelinmoqda.2008-2012 yilga mo’ljallangan iqtisodiy chora tadbirlarni ko’ramizmi yoki taraqqiyotning“O’zbek moduli” haqida so’z yuritamizmi,balki “Harakatlar strategiyasi” tamoyillarini taxlil qilamizmi iqtisodiyotimizdagi munosabatlarni sezilarli darajada uzoq o’ylangan reja asosidatalofatlarsiz kelayotganini ko’rishimiz mumkin. Mustaqillik davrlaridagi “Shok terapiyasi” kabi
bizga taklif etilgan yo’llar o’rniga biz o’zimizning o’ziga xos yo’limizni belgilab oldik va shurejalar asosida harakat olib bormoqdamiz. Iqtisodiyotning bir maromda o’zgarishi o’z navbatida yagona islohotchi qarashlarini talab qiladi. Bizning belgilab olgan yo’limizda ham davlat boshislohotchi vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bu davlatning
imkoniyatlari cheklanganligi, yoxud iqtisodiyotni yaxshi bilmasligidan emas, balki uzoqqamo’ljallangan iqtisodiy, strategik yo’li borligidandir. Davlatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish shu orqali aholi qatlamlarining ko’p qismini yaxshi hayot kechirish tarziga o’tishini ta’minlash keskin inqirozlarning oldini oluvchi vosita bo’lib kelmoqda deb o’ylashimiz mumkin. Bugungi
kunda turli xil imkoniyatlar yetarli bo’lganligi davlat ruxsatlarining berilishi tashqi
investitsiyalar soni va miqdorini keng ko’lamda oshirib kelmoqda. Iqtisodiy o‘sish vaprognozlash o’z navbatida iqtisodiy bilimlarni talab etar ekan yaxshi kadrlar masalasi hamiqtisodiy inqiroz kutilayotgan davrda uning oldini olishning zarur choralaridan biri ekanliginibilishimiz mumkin. Dunyo milliarderlarining fikricha pul topish va uni ko’paytirish insonning
keng salohiyati va dunyo qarashi bilan birgalikda teran va kreativ g’oyalariga bog’liq ekan.Agarda shu insonlardagi mablag’ni oddiy qatlam aholisiga tenglashtirilganda ham bu mablag’lar
ularning hayotini yaxshilatib qo’ymas edi. Toki ularning iqtisodiyot, inqiroz, jamg’arish, budjet, daromad va xarajat kabi masalalarda bilimlari yetmas ekan ular bu mablag’larni shunchakisarflab yuborishadi. Aslida ayni qo’rqinchili inqiroz va iqtisodiyotning o‘sish mushkulligi ham
ana shunda. Aholi orasida iqtisodiy bilimlarni oshirish va iqtisodiy savodxonligini yaxshilash, daromaddan ko’p qismini foydaga aylantirish masalalarini bilish iqtisodiyotda vujudga keladiganhar qanday holatga qarshi turishning fundamental himoyasi hisoblanadi. Inqirozga avvalo ko’p hollarda pulning qadrsizlanishi va narxlarning keskin oshishi, valutadagi o’zgarishlar asosiy sabablardan biri bo’lib kelmoqda.
Dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lganlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y bergan.
Ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsa-da, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas mulklarga yetarlicha «to‘yingani» oqibatida ularning narxlari keskin tusha boshlagan.
Kreditlarning qimmatlashuvi aholining ipoteka kreditiga talabining pasayishiga va kreditlarni qaytarish bo‘yicha qarzdorlar to‘lovining kamayishiga olib keldi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat mahsulotlari va energiya resurslari narx-larining o‘sishi aholining kreditni qaytarish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlarining cheklanishiga sabab bo‘ladi. 2000-2007 yillar mobaynida jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘rtacha ikki barobarga, benzin narxi esa 3,5 barobarga oshgan. Neft narxi rekord darajada ko‘tarilgan, ya‘ni bir barreli 147 dollardan ortdi.
Pirovard natijada 2007 yil boshida AQShda aholining ipoteka kreditlarini qaytarishi bilan bog‘liq muammo kuchaygan. Banklarning to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan mijozlarning ko‘chmas mulklarini qayta sotuvga qo‘yishi natijasida ipoteka bozoridagi taklif ko‘payib, bozordagi narxlarning keskin pasayishiga olib kelgan.
Ko‘pchilik mutaxassislar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning haqiqiy sabablaridan biri rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati ekanligini, ya‘ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi bilan ham izohlaydilar.
Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini qayd qilish lozim. Ma‘lumotlarga ko‘ra, AQShda muomaladagi pul massasi (naqd, kredit pullar va turli to‘lov vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligi ham hisobga olinsa, uning miqdori pulga bo‘lgan talabdan bir necha o‘n baravar ko‘payib ketganligini anglatadi.
Shu bilan bir qatorda, asosan etakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishining asosiy sabablaridan hisoblanadi[3]:
noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalash stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga aylanishi;
moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi;
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi;
moliyaviy audit va professional etika tamoyillarining buzilishi va soxta audit xulosalari taqdim etilishi;
moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlarga asoslanganligi;
yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning vujudga kelishi va hokazo.
Keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo balansida ijobiy qoldiq o‘sayotgan sharoitda ayrim rivojlangan mamlakatlarda surunkali byudjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri hisoblangan[3].
Rivojlangan mamlakatlar ayniqsa, AQSh davlat tashqi qarzi miqdorining o‘sib borganligi va uning YaIMga nisbatan salmog‘i ortganligi inqiroz kuchayishining asosiy omillaridan biri bo‘lgan Inqiroz boshlangan davrda AQSh va ayrim Mustaqil hamdo‘stlik davlatlari tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan salmog‘i ortib borgan. Xususan, 2008 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i qariyb 90% ni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 37% ni, Qozog‘istonda 102% ni, Ukrainada 64% ni va Qirg‘izistonda 81% ni tashkil etgan.
2008 yilda jahon miqyosida bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining 20% gacha pasayishi jahon yalpi ichki mahsulotining sezilarli kamayishi hamda xalqaro savdo hajmining pasayishi kuzatilgan. Bu dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ishsizlik darajasining ortishi bilan birga borgan.
Xalqaro ekspertlarning qayd qilishlaricha, AQSh ipoteka bozorlarida boshlangan inqirozning avj olib, uning jahon moliyaviy va keyin iqtisodiy inqiroziga aylanib borishining sabablardan biri bu AQShning jahon yalpi ichki mahsulotining asosiy iste‘mol qiluvchisi hisoblanganidir. AQShning jahon yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqishdagi hissasi 20% ni, uning iste‘moldagi ulushi qariyb 40% ni tashkil qilgan. AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin o‘sgan. Natijada bozorda ko‘chmas mulklarga talab ortgan va uy-joy narxlarining qisqa muddat ichida keskin o‘sishi kuzatilgan. Milliy bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQShda vujudga kelgan inqiroz jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamla-katlar iqtisodiyotiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatgan. Natijada, rivojlangan mamlakatlar YaIMning o‘sish sur‘atlari bu davrda sezilarli darajada pasayib ketgan.
Jahon moliyaviy inqirozi MDH mamlakatlarini ham chetda qoldirmadi. Inqiroz Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston iqtisodiyotida o‘zining jiddiy salbiy oqibatlarini namoyon qildi. Rossiyada asosan iqtisodiyotning real sektorida faoliyat yurituvchi etakchi kompaniyalar aktsiyalarining narxlari keskin tushib ketdi. Bu holat birinchi navbatda jahon energetika resurslari bozoridagi nobarqaror konyunkturaning vujudga kelishi natijasida sodir bo‘ldi. Jahon moliyaviy inqirozining o‘ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyot moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o‘tganligidir.
AQSh va Evropa Ittifoqiini inqirozdan qutqarish uchun yirik tijorat banklarining aktsiyalarini sotib olib, ularni byudjet mablag‘lari hisobiga likvidli aktivlar bilan ta‘minlay boshladi yoki tijorat banklari kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanish joriy qilinadi. Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish orqali xususiy sektorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya hukumati banklar va moliyaviy muassasalar aktsiyalariga 37 mlrd. funt sterling mablag‘larini investitsiya qilgan. Germaniya hukumati esa, bank tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya va kreditlar shaklida 500 mlrd. evro ajratgan. Bu davrda Evropaning ko‘pchilik yirik banklari milliylashtirildi, ya‘ni davlat tomonidan sotib olindi
Inqiroz oqibatlarini yumshatish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullaridan keng foydalanish yo‘lga quyilgan. Dunyoning ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlari inqirozni bartaraf qilish uchun yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajrata boshladi. Jumladan, AQSh hukumati sarflagan mablag‘larining hajmi 3539 mlrd. dollar bo‘lib, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25% ni tashkil etadi. O‘zbekiston ham xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi sababli inqiroz oqibatlarining ma‘lum darajada iqtisodiyotimizga o‘z ta‘sirini ko‘rsatishi muqarrar bo‘lgan.
Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, bizda jahon xomashyo bozorlarida talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport tushumlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlarimiz xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘lgan. Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonga ta‘sirining jiddiy bo‘lmaganligini qo‘yidagi omillar bilan izohlash mumkin:
mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon ho‘jaligiga inqiroz oqibatlariga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatadigan darajada integratsiyalashmaganligi, Respublikamizda katta hajmdagi xorijiy kapitalni ushlab turuvchi kompaniya va moliyaviy institutlarning yo‘qligi;
xususiylashtirish mexanizmi va shart-sharoitlari natijasida deyarli barcha ustav fondlarining korxonalarning real xususiy aktivlari bilan ta‘minlanganligi;
ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligi;
davlat bosh islohotchi sifatida mas‘uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi;
O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta‘minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;
oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste‘mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;
davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari kuchliligi.
O‘zbekistonning jami umumiy tashqi qarzi inqiroz davrida ham, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagan, bu ko‘rsatkich esa xalqaro mezonlar bo‘yicha ―o‘rtachadan ham kam baholangan. Bu o‘z navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi to‘lov qobiliyatga egaligini ko‘rsatadi[4].
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalari uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi konyunkturaga keskin bog‘liqligi va moliyaviy inqiroz salbiy oqibatlarining oldi olindi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra
2023-yilning noyabr-oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati:
Sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 98,4 %
Chakana savdo tovar aylanmasi oʻsish surʼati – 101,2 %
Tashqi savdo aylanmasi oʻsish surʼati – 87,6 %
shundan: eksportning oʻsish surʼati – 92,6 %
importning oʻsish surʼati – 84,0 %
Qurilish ishlari hajmining oʻsish surʼati – 109,1 %
Xizmatlar hajmining oʻsish surʼati – 102,2 %
Roʻyxatdan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 424395 ta
Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni – 398771 ta
Roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni – 490 718 ta
Faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 462 584 ta.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, 2008 yilgi global moliyaviy inqiroz uy-joy bozorining qulashi va yirik moliya institutlarining muvaffaqiyatsizligi tufayli yuzaga kelgan jiddiy iqtisodiy tanazzul edi. Bu global retsessiyaga, hukumat yordami va moliyaviy qoidalardagi uzoq muddatli o‘zgarishlarga olib keladigan keng miqyosli oqibatlarga olib keldi. Hukumatlar va markaziy banklar moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Bularga foiz stavkalarini pasaytirish, miqdoriy yumshatish dasturlari va moliya institutlarini mustahkamlash va nazoratni yaxshilashga qaratilgan tartibga solish islohotlari kiradi.
Ishlatilgan adabiyotlar
1. “Iqtisodiy bilim asoslari” Q.Yo'ldoshev, Q.Muftaydinov, Toshkent, “O’qituvchi” 1999 y. (2- nashr)
2. “Bozor iqtisodiyoti asoslari” M.Rasulov. Toshkent, “O’zbekiston” 1999 y.
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan maruzalar matni, U.V.G’afurov, O.A.Norboyev, S.R.Berdiyev, Toshkent 2013 y.
4. “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” o’quv qo’llama, X.M.Mamatqulov, Toshkent 2008 y.
5.Jo'rayev.T.T. Iqtisodiyot nazariyasi (o'zbekcha). Toshkent: Fan va Texnologiyalar, 2018-yil — 352-357 bet. ISBN 978-9943-11-903-1.
6. Brian Duignan „financial crisis of 2007–08“ (inglizcha). britannica.com. Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.
8. Karimov, Islom. JAHON MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZI, O‘ZBEKISTON SHAROITIDA UNI BARTARAF ETISHNING YO‘LLARI VA CHORALARI, O'zbekiston, Toshkent: O'zbekiston, 2009.
9. Wenjie Chen, Mico Mrkaic, and Malhar Nabar (mart 2019–yil). „The Global Economic Recovery 10 Years After the 2008 Financial Crisis“. IMF Working Paper. № WP/19/83. 15-bet. Qaraldi: 7–aprel 2023–yil.
10. www.amerikaovozi.com
11. https://hozir.org
12. https://1ppa.ru
13. https://lex.uz
14. https://review.uz
15. https://xs.uz
16. https://deposit.uz
18. http://uz.m.wikipedia.org
|