17
Ssh
5-rasm. MPP tizimining strukturasi.
Yuqoridagi ikkala sinf kompyuterlari ko’p hollarda ishchi sinf kompyuteri
mikroprotsessorlari yordamida quriladi.
Hisoblash klasteri va hisoblash tarmog’i
Hisoblash klasteri kommunikatsion muhit bilan bog’langan, ko’plab
tugunlardan tashkil topgan tizim sanaladi. Bunda tugunlar lokal yoki global
tarmoqdagi kompyuter vazifasini bajaradi. Har bir tugun lokal xotiraga ega biroq
umumiy operativ xotira mavjud emas. Klaster tarkibida turli xil unumdorlikdagi va
har xil arxitektura asosida qurilgan tugunlar bo’ladi. Agar tugunlar unumdorligi va
arxitekturasi bir xil bo’lsa bunday klasterlar bir jinsli deyiladi, aks holda esa har xil
jinsli klasterlar deyiladi. Klasterlarning arxitekturasi MPP superkompyuterlar
arxitekturasiga o’xshash bo’ladi.