-Add New Data Sources
– Yangi ma’lumotlar bazasini qo’shish uchun
ishlatiladi;
-Schema Compare
– Shu loyihada mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazalari
orasidagi barcha bog’liqliklarni ko’rsatib beradi;
-Preview Data
– Shu loyihadagi barcha ma’lumotlar bazalarini qidirish
uchun ishlatiladi;
-Refactor
– Refaktor bandi bilan bog’liqlik o’rnatadi.
8. Format
-Align
– Formaning joylashish koordinatlarini o’rnatish imkonini beradi.
Bunda uning chap,o’ng,o’rta, past va yuqoridan chegaralash mumkin;
11
-Make Same Size
– Formaning o’lchamini berish mumkin.Unda balandligi,
eni qalinligi va chegara qismini berish mumkin;
New-
Yangi loyiha yaratish VS ning eng asosiy amallaridan biri. Bu menyuda
yangi loyiha, web-sayt, file (o’zida kodlarni saqlab turuvchi *.cs fayl), oddiy fayl
yaratish mumkin. VS da bir necha tillar jamlangan.
1.2 Parallel qayta ishlash jarayonida kompyuter qurilmalarining roli.
Ma’lumotlarni taqdim qilinishi va buyruqlarni bajarilishi
Muammolarni paydo bo’lish sababini tushunish uchun dastavval “oddiy”
kompyuter qanday tuzilganligini ko’rib chiqamiz. Biz foydalanuvchi ko’zi bilan
oddiy kompyuterni super kompyuter sifatida ko’ramiz va uning yutuq va
kamchiliklarini ko’rib chiqamiz. Kompyuterdagi eng asosiy ma’lumotli element
so’z hisoblanadi. Har bir so’z o’zida tartiblangan bitlar to’plamini ifodalaydi. So’z
baytlarga bo’linishi mumkin. Bayt tartiblangan 8 bit ga teng. So’zdagi bitlar soni
so’zning uzunligi deyiladi. Muayyan kompyuterlar bir xil so’zga va bir xil so’z
uzunligiga ega bo’ladi. Turli xil kompyuterlar turli xil so’z uzunligiga ega bo’lishi
mumkin. Misol uchun shaxsiy kompyuterlarda so’z bir baytdan iborat bo’lsa,
Sgau-1 kompyuterida so’z 64 bitdan iborat. Agar so’zga qandaydir ma’lumot
yozilsa, bu shuni anglatadiki, so’zning har bir biti qabul qilishi mumkin bo’lgan 0
yoki 1 bilan fikrsirlangan bo’ladi. So’zning barcha bitlarining to’plami so’zning
tashkil etuvchisini aniqlaydi. So’zlarning to’plamini saqlaydigan qurilma xotira
deb nomlanadi. U kompyuter bajaradigan vazifasi, yoki kompyuter tipidan kelib
chiqqan holda oddiy yoki murakkab, bir xil qurilmali yoki turli xil qurilmali
bo’lishi mumkin. Barcha so’zlar o’z nomiga ega bo’ladi. So’zning nomi adres
bilan nomlanadi. Ma’no aniqlagan adres strukturasi xotira strukturasini aks ettiradi.
Har xil so’zlar har xil adreslarga ega bo’ladi. Har bir adres muayyan fizik joy –
xotira bilan bog’langan bo’ladi. Istalgan kompyuterning asosiy vazifasi xotirada
saqlanadigan ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. U alohida so’zdan tuzilgan,
bir xil ma’noli, oddiy funksiya ketma – ketliklari bajarilishi kabi amalga oshiriladi.
Qoida shunday, barcha funksiyalar ko’pi bilan 2 ta argumentdan iborat.
12
Funksiyalar so’zni to’laligicha yoki so’zning qismlarini ishlatishi yoki ularni
o’zgartirishi mumkin. Umumiy holda aytilganda, har xil kompyuterlar har xil
foydalanadigan funksiylar to’plamiga ega bo’loladi.
Biroq ushbu to’plamlar
ko’pincha funksional tomondan qisman yoki butunlay mos tushadi va faqatgina
amalga oshirish texnikasi bilan farqlanadi. Ayniqsa, sonlar ustida oddiy arifmetik
amallar (qo’shish, ayirish, ko’paytirish vahokazo), bitlar ustida mantiqiy
operatsiyalar (konyunksiya, dizyunksiya vahokazo) keng tarqalgan funksiyalardir.
Odatda kompyuter terminologiyasida barcha funksiyalar operatsiyalar deb
nomlanadi, argument qiymati, ba’zan argumentning o’zi ham va hattoki argument
ichidagi so’z adresi operandlar hisoblanadi.
Xotiradagi operatsiyalardan tashqari, kompyuter ma’lumotlarni qayta ishlovchi
tashkiliy jarayonlar bilan bog’langan amallarni ham bajarishi kerak.
Kompyuterning mumkin amallari tizimining mashina buyrug’ida yoziladi. Har
qanday ma’lumot, mashina buyrug’i ham so’zlar kabi yoziladi. Buyruq ta’rifi
operatsiya kodlari va operandlarni o’z ichiga oladi.
Bir qancha mashina buyruqlari qat’iy ko’rsatilgan joyda joylashgan (misol uchun
fiksirlangan registr) so’zlar ustida amallar bajaradi. Bunday buyruqlar aniq
ko’rsatilgan operandlar talab qilmaydi. Tizim komandasi quyidagicha ishlaydi,
ya’ni bajarilgan buyruqdan keyin undan keyin keladigan buyruqlarni aniqlab
boradi. Har qanday ma’lumotlarni qayta ishlovchi jarayonlar shu kompyuter uchun
mumkin bo’lgan sonlar, ya’ni aniq mashina buyruqlari jamlanmasi yordamida
ta’riflanadi. Bu jamlanma mashina kodi yoki ichki dasturi kodi deb nomlanadi.
Ta’kidlash joizki, jarayonlar mashina tili buyruqlarida yoziladi, boshqacha bo’lishi
mumkin emas.
Mashina kodining strukturasi doimo kompyuter strukturasiga mos bo’ladi va
foydalanuvchi bajarishi uchun mo’ljallangan amallar strukturasiga umuman
o’xshash bo’lmasligi mumkin. Qoida shunday,fondalanuvchi o’z amallarini yuqori
darajali tillarda yozadi. Kompyuterlar ularni “tushunmaydi”. Shuning uchun, ular
bajarilishi uchun ularning hammasi dastlab ekvivalent mashina kodiga o’girilishi
13
kerak. Kompliyator juda murakkab va u juda katta hajmdagi ishni bajaradi.
Foydalanuvchi
dasturining
unumdorligini
olinadigan
mashina
kodi
va
protsessorening masalani yechish unumdorligi belgilaydi. Mashina kodi
bajarilgunga qadar barcha buyruqlar va kerakli ma’lumotlar xotiraga yuklangan
bo’lishi kerak. Bu kiritish qurilmalari deb nomlangan maxsus buyruqlar orqali
amalga oshiriladi. Ularga misol qilib ma’lumotli disklarni o’quvchi disketlar,
lazerli disklar, skanerlar, klaviaturalar va boshqalarni olish mumkin.
Kompyuterdagi natijalar maxsus buyruqlar yordamida chiqarish qurilmalari orqali
xotiradan chiqariladi. Bularga misol qilib ma’lumotlarni diskka yozuvchi
qurilmalar, printerlar, ekran va boshqalarni olish mumkin. Xotiraga mashina kodi
va ma’lumotlar yuklangandan keyin komyuter o’z ishini boshlashi mumkin.
Bularning barchasini boshqarish qurilmasi amalga oshiradi. U registrlar,
hisoblagichlar va boshqa elementlardan tashkil topgan va u xotira, arifmetik
mantiqiy qurilma, kiritish-chiqarish qurilmasi, kompyuterning boshqa qismalari
orasidagi ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi. Boshqarish qurilmasi 2 ta o’zaro
zid topshiriqni bajarishi kerak. Bir tomondan boshqarish qurilmasi, topshiriqlarni
yechish jarayonlari to’xtab qolmasligi uchun u yetarli darajada tez ishlashi kerak.
Boshqa tomondan esa, boshqarish qurilmasi turli xil qurilmalarni boshqaradi, shu
jumladan, bir vaqtda ishlaydigan va bir-biridan uzoqda ishlaydigan qurilmalarni
ham boshqaradi. Shuning uchun boshqarish qurilmasi iyerarxik va taqsimalangan
arxitektura yordamida tashkil qilinadi. Eng tezkor sath – bu elektron sxema
hisoblanadi. Elektron sxema navbatdagi buyruqlarni rasshifrovka qiladi, operator
adreslarini va operatsiya kodlarini belgilaydi, analiz uchun navbat turgan bitta yoki
bir nechta buyruqlarni tanlaydi. Boshqarish qurilmasining boshqa sathi – bu,
masalan, sxemalar, arifmetik-mantiqiy qurilmadagi jarayonlarni boshqaradi.
Boshqarish qurilmasi, arifmetik-mantiqiy qurilma va tezkor xotira bloki
jamlanmasi markaziy protsessor deb nomlanadi.
|