5
I.NAZARIY QISM
1.1 Microsoft Visual Studio haqida
Microsoft korporatsiyasi o’zining oynalar bilan ishlovchi va dunyoda eng
ko’p tarqalgan va juda ham ko’p foydalanuvchilar tomonidan ma’qullangan
operatsion tizimi Windows uchun ishlab chiqqan Visual Studio (VS) muhiti ham
faqatgina oynalar orqaligina ishlaydi. Unda mavjud barcha dastrulash tillari
oynalarga bo’lingan va shu oynalar yordamida bir biriga bog’langan. VS
yuklash
uchun
пуск->program->Microsoft Visual Studio->Microsoft Visual Studio
ketma ketligini bajarish kerak.VS yuklanganda odatda quyidagi ko’rinishda
bo’ladi. Birinchi navbatda,VS yuklanganda Start Page muloqot oynasi ochiladi.
1-rasm. MS Visual Studio muloqot oynasi.
2-rasm. Bosh sahifa oynasi
6
1.Recent Projects
– avval ishlangan loyihalardan 6 tasi ekranda ko’rsatilgan
bo’ladi, ularni ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marotaba bosish orqali
ishga tushirish mumkin, shu bo’limning pastki qismida Open: Projects va Create:
Projects bandlari bo’lib, open bandi orqali xotirada mavjud bo’lgan loyihani qayta
ochish imkonini beradi, create bandi orqali esa yangi loyiha yaratish mumkin.
2. Getting started
– loyiha yaratish va shu muhit haqida ma’lumot olish
imkonini beradi;
3. Visual Studio Headlines
– bu bo’limda sizning shu muhitda
ishlayotganingiz uchun uning mualliflari tomonidan
bildirilgan minnatdorligi
ko’rsatilgan;
4. Visual Studio Developer News
– bu asosiy
qismda VS ustida qanday
o’zgarishlar olib borilayotgani yoki olib borilgani haqida ma’lumot beradi.
Endi biz yangi foydalanuvchi bo’lganimiz uchun bu muloqot oynasini
yopib, yangi oyna ochamiz. Buning uchun biz menyular
paneli bilan tanishish
kerak.