• TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
  • Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish




    Download 82,18 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana31.01.2024
    Hajmi82,18 Kb.
    #149510
    Bog'liq
    0cd7006c-39a5-4871-9bd8-30cac5a3921d



    09/05/2023, 15:23
    385-сон 07.11.2002. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
    https://lex.uz/docs/-327307
    1/2
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
    QARORI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
    TO‘G‘RISIDA
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son
    Farmonini
    va Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 6-iyundagi 200-son
    qarorini 
    bajarish yuzasidan hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori
    malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi
    qaror qiladi:
    Oldingi
     tahrirga qarang.
    1. Belgilab qo‘yilsinki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
    universiteti respublikaning aloqa va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, qayta
    tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
    (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son 
    qarori 
    tahririda
    — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 474-modda)
    Oldingi
     tahrirga qarang.
    2. Quyidagilar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari
    universitetining asosiy vazifalari etib belgilansin:
    (2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi
    350-son 
    qarori 
    tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 474-modda)
    aloqa va axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta
    tayyorlash;
    o‘quv jarayoniga o‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil
    etish, ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-metodik ta’minlashga hamda respublika ta’lim tizimi
    uchun yagona axborot-kommunikatsiya makonini yaratishga ko‘maklashish;
    oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim dasturlari va standartlarini ishlab chiqishda va amalga
    oshirishda, o‘quv adabiyotlarini tayyorlashda qatnashish, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida
    o‘quv-metodik qo‘llanmalar elektron kutubxonasi tizimini rivojlantirish;
    xorijiy mamlakatlar o‘quv muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqa va axborot
    texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, xizmatlar va texnologiyalarning yangi turlarini
    joriy etish sohasida hamkorlikni kengaytirish.
    3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
    maxsus ta’lim vazirligining 2003/2004 o‘quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari
    universitetida professor-o‘qituvchilar tarkibining amaldagi soni doirasida akademik litseylar va
    kasb-hunar kollejlari uchun bakalavriat dasturi bo‘yicha pedagoglar tayyorlash uchun maxsus sirtqi
    bo‘lim ochish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
    4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga yuklangan asosiy vazifalardan kelib chiqqan
    holda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
    maxsus ta’lim vazirligi, Universitet rektorati O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy
    muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2002-yil oxirigacha Universitetning yangi tuzilmasini va
    shtatlar ro‘yxatini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
    Oldingi
     tahrirga qarang.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi O‘zbekiston aloqa va
    axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv-
    laboratoriya binolarini qurish va rekonstruksiya qilishni, ularni zamonaviy asbob-uskunalar va
    texnika bilan jihozlashni 2003-yildan boshlab respublika investitsiya dasturiga belgilangan tartibda
    kiritsinlar.


    09/05/2023, 15:23
    385-сон 07.11.2002. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
    https://lex.uz/docs/-327307
    2/2
    (5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-
    fevraldagi 112-son 
    qarori 
    tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 4-son, 42-
    modda)
    O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
    o‘quv-laboratoriya va sport-sog‘lomlashtirish binolarini qurishning loyiha-smeta hujjatlari 2002-yil
    oxirigacha tayyorlanishini ta’minlasin.
    6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish
    agentligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
    uchun 2003-yildan boshlab davlat budjeti, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va
    Toshkent axborot texnologiyalari universitetining budjetdan tashqari jamg‘armalari hamda qonun
    hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga zarur mablag‘ ajratishni nazarda tutsinlar.
    7. Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to‘lash tartibi va
    miqdorlari to‘g‘risida” 2001-yil 17-avgustdagi 344-son 
    qaroriga 
    ilovaning 8-bandidagi “va
    informatika” so‘zlari “informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi” so‘zlari bilan
    almashtirilsin.
    8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
    o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
    Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
    Toshkent sh.,
    2002-yil 7-noyabr,
    385-son
    (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 21-son, 169-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda;
    2017-y., 23-son, 474-modda)

    Download 82,18 Kb.




    Download 82,18 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish

    Download 82,18 Kb.
    Pdf ko'rish