138
7.
Konteyner turiga ko‘ra.
8.
Konteynerga axborotni o‘rnatish usuli bo‘yicha.
Raqamli steganografik usullarga misol tariqasida LSB-usulni (Least
Significant Bits – eng kichik qiymatli bit)ko‘rsatish mumkin. Ushbu usulga binoan
fayl-konteynerdagi ma’lumotlar baytining bir necha kichik bitlari bekitiluvchi
xabar bitlari bilan almashtiriladi. Ushbu usul amalga
oshirilishining soddaligi,
demak, ushbu usulga asoslangan dasturiy maxsulotning tezkorligi, hamda
yaratilgan steganokanalning yuqori o‘tkazish qobiliyati bilan bog‘liq qator
afzalliklarga ega. Ammo ushbu usuldan yuqori steganobardoshlik talab
qilinmaydigan masalalarni echishda foydalanish mumkin. Chunki LSB – usul
niyati buzuqning aktiv xujumlariga bardosh bera olmaydi.
Xabarni
fayl - konteynerning spektral soxasida bekituvchi usullar
steganobardosh usullar hisoblanadi. Raqamli steganografiyaning spektral usullari
xilma-xil, ba’zilari esa LSB-usul bilan kombinasiyalab ishlatiladi.
Fayl - konteynerdagi ma’lumotlarni chastotali iofdalashda kosinusni diskret
o‘zgartirish, Fureni diskret o‘zgartirish, veyvlet-o‘zgartirish, Karunen-Loev,
Adamar va Xaar o‘zgartirishlar kabi diskret ortogonal o‘zgartirishlardan
foydalaniladi.
Steganografik tizimlarda axborotni himoyalash prinsiplari.
Steganografik
tizimlarni buzuvchi passiv, aktiv va badniyatli bo‘lishi mumkin (5.25- rasm).
Aktiv
Badniyatli
Passiv
- steganokanalni aniqlaydi
- ma’lumotlarni o’qiydi
- qalbaki steganogrammalarni yaratadi
- bekitilgan ma’lumotlarni buzadi
5.25-rasm. Steganografik tizimlarni buzuvchilar turi
Passiv buzuvchi faqat stegokanal mavjudligi faktini aniqlashi va o‘rnatilgan
139
ma’lumotlarni o‘qishi mumkin. Aktiv buzuvchi nafaqat bekitilgan ma’lumotlarni
aniqlashi va o‘qishi, balki ularni to‘laligicha yoki qisman buzishi mumkin.
Badniyatli buzuvchi eng xavfli hisoblanadi, chunki u nafaqat steganogrammani
buzadi, balki qalbaki steganogrammani yaratadi.
Buzuvchi (taxlilchi) u yoki bu taxdidni amalga oshirish uchun quyidagi
xujumlardan foydalanadi:
-
ma’lum to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum. Buzuvchi bir yoki bir
necha steganogrammaga ega va steganokanal
mavjudligi faktini aniqlash, hamda
boshqa steganogrammalarni taxlillash imkoniyati uchun ochiq matnni tiklash yoki
kalitni aniqlash topshirig‘ini bajaradi;
-
ma’lum o‘rnatilgan ochiq matn asosidagi xujum. Buzuvchi bir necha
bekitilgan ochiq matnlar va mos steganogramma namunalari asosida kalitni olish
maqsadida mos taxlilni amalga oshiradi. Bunday xujumlar ko‘pincha intellektual
mulkni himoyalash tizimlariga taalluqli hisoblanadi;
-
tanlangan bekitilgan ochiq matn asosidagi xujum. Bunda taxlilchi
(steganotaxlilchi) shaxsiy ochiq matnlarini taklif qilish va steganogrammalarni
taxlillash imkoniyatiga ega bo‘ladi;
-
tanlangan bekitilgan ochiq matn asosidagi adaptiv xujum. Ushbu
xujum oldingi xujumning xususiy xoli hisoblanadi va taxlilchining avvalgi
steganogrammalarni taxlillash natijalariga bog‘liq xolda tiqishtirish uchun xabarni
adaptiv tanlash imkoniyati bilan xarakterlanadi;
-
tanlangan to‘ldirilgan konteyner asosidagi xujum. Steganoanalitik
steganogramma namunalarini aniqlash maqsadida o‘zi tanlagan ochiq matn uchun
steganogrammani yaratish imkoniyatiga ega;
-
ma’lum bo‘sh konteyner asosidagi xujum. Bunday steganotaxlilchi
ma’lum bo‘sh konteyner bilan nazarda tutilgan steganogrammani taqqoslash bilan
steganokanal mavjudligini har doim aniqlashi mumkin;
-
tanlangan
bo‘sh
konteyner
asosidagi
xujum.
Bunda
steganotaxlilchining xabar jo‘natuvchisini tavsiya
etilgan konteynerdan
foydalanishga majbur etish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart;
140
-
konteynerning yoki uning qismining ma’lum matematik modeli
asosidagi xujum. Bunda xujumchi o‘rnatilgan shubxali ochiq matnning unga
ma’lum modeldan farqini aniqlashga urinadi. Xabar jo‘natuvchisi va xujumchi turli
modellarga ega bo‘lishi mumkin. U holda yaxshi model egasi yutib chiqadi.